Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

U23 Osiyo kubogi. “Oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi (prevyu)

Baho:
+ | -
OSIYO / Qit’a chempionatlari / Yoshlar (U23) OCh
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bugun, 3 may sanasida Osiyo kubogi final uchrashuvida Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv oldidan ikki jamoa haqida batafsil to‘xtalamiz.

Finalga yo‘l

Yaponiya saralash bahslarida "D" guruhidan o‘rin oldi. Guruhda yaponlarga qarshi Falastin, Bahrayn va Pokiston Olimpiyachilari qarshilik qildi.

Dastlabki uchrashuvda Pokistonni yirik hisobda (6:0) mag‘lub etgan Yaponiya ikkinchi uchrashuvda Falastin darvozasiga bir bora yo‘l topdi. Guruhning so‘nggi o‘yinida Yaponiya Bahrayn bilan nursiz durangga imzo chekib, 7 ochko bilan guruh yetakchisi sifatida Osiyo kubogi final bosqichiga yetib keldi.

Qatarda o‘tkazilayotgan musobaqada “samuraylar” B guruhidan joy oldi. Yaponiya birinchi turda Xitoyni kichik hisobda (1:0) mag‘lubiyatga uchratdi. Ikkinchi turda BAA Olimpiyachilarini mag‘lub etgan yaponlar, so‘nggi turda Janubiy Koreya termasiga (0:1) mag‘lub bo‘lib, ikkinchi o‘rin bilan chorak final bahslariga yo‘l oldi.

Chorak final bahsida Yaponiya Qatar bilan to‘qnashdi. Asosiy vaqtda durang (2:2) qayd etgan jamoalar qo‘shimcha daqiqalarga yo‘l oldi. Ekstra taymlarning birinchisida Hosoya hisobni 3:2 ko‘rinishga olib kelgan bo‘lsa, 113-daqiqadagi Uchinoning goli uchrashuv taqdirini hal qildi — 4:2.

Yarim finalda yaponlar xuddi O‘zbekiston kabi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yaponiyaga mag‘lub bo‘lgan Iroq termasi musobaqada uchinchi o‘rinini egallab to‘g‘ridan to‘g‘ri Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqdi.

To‘purarlar

Guruh o‘yinlari, chorak va yarim finallarni qo‘shib hisoblaganda jamoa 9 bora raqiblar darvozasiga yo‘l topdi. Jamoaning faol a’zolari Hosoya hamda Kimura hisobida ikkitadan gol bor. Qolgan futbolchilar bir bora raqiblar darvozasiga yo‘l topgan.

Natijalari

Yaponiya Olimpiya terma jamoasi 2013 yildan beri o‘tkazilayotgan Osiyo kubogi musobaqalarning barchasida qatnashgan. Jamoa 2016 yil bo‘lib o‘tgan musobaqa finalida Janubiy Koreyani mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.

Bosh murabbiy fikri:

"Biz turnir davomida yetarlicha golli vaziyatlar yaratdik deb o‘ylaymiz. Ammo afsuski, gollar soni ko‘p emas. O‘ylaymanki, o‘yindan o‘yinga kuchaymoqdamiz va umid qilamanki, finalda gol urib g‘alaba qozonamiz.

Finalga o‘tganimizdan xursandmiz va doimgidek bor e’tiborimizni o‘yinda g‘alaba qozonishga qaratganmiz. Bu so‘nggi o‘yinimiz va unga yaxshi tayyorgarlik ko‘rganmiz deb o‘ylayman. Albatta, ikki yil oldingi o‘yinni eslaymiz, ammo bu o‘yin boshqa o‘yin. Biz yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik va O‘zbekiston terma jamoasini tahlil qildik.  O‘yinda g‘alaba qozonishga tayyormiz”, — deydi Yaponiya Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi.

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi o‘z tarixida uchinchi bor musobaqaning final bosqichiga yetib keldi. Jamoa bir bora finalda g‘alaba qozongan va bir bora Toshkent mezbonlik qilgan musobaqada Saudiyaga mag‘lubiyatga uchragan edi. Agar O‘zbekiston Olimpiya termasi finalda g‘alaba qozonsa, bosh sovrinni ikki bor qo‘lga kiritgan birinchi jamoaga aylanadi. Xuddi shunday imkoniyat Yaponiyada ham bor.

Finalga yo‘l

O‘zbekiston Olimpiya jamoasi Osiyo Kubogi saralashi doirasidagi barcha uchrashuvda g‘alaba qozondi. Birinchi turda Afg‘oniston 8:1 hisobida taslim etildi. Ikkinchi turda O‘zbekiston Olimpiyachilari o‘z tarixidagi eng yirik g‘alabaga erishdi — 10:0. Eron bilan so‘nggi uchrashuv kurashlarga boy bo‘ldi. Abbosbek Fayzullayevning 47-daqiqada urgan goli terma jamoaning 9 ochko bilan guruh o‘yinlarini birinchi o‘rin bilan yakunlashiga zamin yaratdi.

Qatardagi musobaqada D guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston olimpiyachilari birinchi tur o‘yinini Malayziyaga qarshi o‘tkazdi. Uchrashuvda Jaloliddinov va Hoshimovlar o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Ikkinchi turda O‘zbekiston Kuvayt ustidan yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yakuniy turda Vyetnam taslim etildi. Bu safar Odilovning dubli va Jiyanovning goli evaziga O‘zbekiston 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, guruhni birinchi o‘rinda yakunladi. Chorak finalda Saudiya Arabistoni taslim etildi. Birinchi taymga qo‘shib berilgan vaqtda Norchayev chiroyli tarzda gol urib hisobni ochdi. Rahmonaliyevning 84-daqiqadagi goli uchrashuvning yakuniy hisobi 2:0 bo‘lishini ta’minladi.

Yarim final bosqichida musobaqaning debyutanti hisoblangan Indoneziya O‘zbekiston Olimpiyachilariga raqiblik qildi. Jamoaning ishonchli hujumchisiga aylanayotgan Husayn Norchayev 68-daqiqada hisobni ochdi. Ketma-ket hujumlardan so‘ng Arhan 86-daqiqada o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi. Shunday qilib jamoa o‘z tarixida uchinchi bor final bosqichiga yo‘l oldi.

E’tiborlisi, O‘zbekiston Olimpiya jamoasi hozirgacha o‘z darvozasidan to‘p olib chiqmadi.

To‘purarlar

O‘zbekiston Olimpiadachilari guruh o‘yinlarida 10 bora, chorak va yarim final o‘yinlarida 4 bora raqiblarini ranjitdi. Husayn Norchayev o‘z hisobidagi gollar sonini uchtaga yetkazgan va musobaqa to‘purari  bo‘lish uchun yaxshi imkoniyatga ega. Odilov hisobida ikkita gol mavjud. Qolgan 8 golga 8 ta futbolchi mualliflik qildi. O‘zbekistonliklar hisobidagi bir gol raqiblar tomonidan kiritildi.

Natijalar

O‘zbekiston Olimpiya termasining eng yaxshi natijasi ham chempionlik hisoblanadi. Jamoa 2018 yilda Xitoyda o‘tkazilgan musobaqada Ravshan Haydarov boshchiligida g‘oliblikni nishonlagan.

Olimpiya jamoasi 2022 yilda Toshkentda o‘tkazilgan musobaqalarning finalida mag‘lubiyatga uchragan.

Bosh murabbiy fikri

— Ertaga qiziqarli uchrashuv kutib turibdi. Bir biriga munosib ikki jamoaning o‘yiniga guvoh bo‘lamiz. 2 yil avvalgi Osiyo kubogida ular kabi biz ham yosh tarkib bilan harakat qilgan edik. Shuningdek, finalga yetib kelgani va Parij—2024 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgani bilan Yaponiya jamoasini qutlayman.  Ikkala jamoa bir-birini yaxshi biladi. Ularning o‘yinlarini tahlil qilib chiqdik. Final uchun tayyorlagan rejamiz bor va shunga asosan o‘yin ko‘rsatamiz.

Biz Olimpiya yo‘llanmasini qo‘lga kiritganimizdan juda ham xursandmiz. Zero, futbolimiz tarixida dastlabki Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqdik. Bizgacha jamoalarimiz harakat qilgandi. Lekin qaysidir pallada ularga omad yetishmagan. Olimpiada lisenziyasi kuchimizga yanada kuch qo‘shmoqda. Ertangi finalda yanada yaxshi o‘ynashga harakat qilamiz.

Agar legionerlarimiz finalda ham ishtirok etishganida, boshqacha bo‘lar edi. Lekin biz Qatarga 11 ta emas, 23 ta futbolchi bilan tashrif buyurganmiz. 3 nafar o‘yinchi ketgani bilan u qadar katta o‘zgarish bo‘lmaydi. Har bir o‘yinimiz ko‘rsatdiki, jamoada ularning o‘rnini to‘ldira oladigan yigitlar bor va ular buni bildirmaydi. Fursatdan foydalanib, mezbonlarga ajoyib tashkilotchilik va mehmondo‘stlik uchun jamoam nomidan minnatdorlik bildirib qolaman, — dedi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining bosh murabbiyi Temur Kapadze.

So‘nggi o‘yin natijalari

O‘zbekiston — Yaponiya 2:0 (Osiyo kubogi musobaqasi, 22 iyun, 2022 yil)

Yaponiya — O‘zbekiston 0:4 (Osiyo kubogi, 19 yanvar, 2018 yil)

Yaponiya — O‘zbekiston 2:2 ( M-150 kubogi, 15 dekabr, 2017 yil)

O‘zbekiston — Yaponiya Olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi final bahsi, bugun 3 may kuni “Jassim bin Hamad” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:00, 03.05.2024. O'qildi: 2531 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик