Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Shunchaki, "aytdim-qaytdim" o‘yinimi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Xavining qarori qanday o‘zgardi? «Barselona» bosh murabbiyi Xavi yanvar oyidan buyon mavsum yakunida ketishi haqida e’lon qilgan bayonotida qat’iy turgan bo‘lsa-da, yakunda fikrini o‘zgartirdi.

Eslatma, klub afsonasi «Vilyarreal» bilan o‘yinda kuzatilgan og‘riqli mag‘lubiyatdan keyin ishdan ketishini e’lon qilgandi. Qarangki, shu bayonot ta’siridami, «Barsa»ning qiyofasi birdan o‘zgardi, ayniqsa, natijalar keskin yaxshilandi. Buning ortidan murabbiyga iste’fo bo‘yicha qarori yuzasidan tez-tez savol bera boshlashdi, u esa har safar qat’iy javob berayotgandi: «Yo‘q, fikrimdan qaytmayman». Endi esa birdan «Barsa»dagi missiyasini davom ettiradigan bo‘ldi. Qiziq, o‘zi klubda nima o‘zgardi? Quyidagi maqolada Xavi ijrosidagi «aytdim-qayt­dim»ning qisqacha xronologiyasi va sabablari bayon etilgan.

Xavi nega qolishni istab qoldi?

Birinchidan, «Barselona» prezidenti Joan Laporta va unga yaqin rahbarlar murabbiyni birdek qo‘llab-quvvatlashmoqda. To‘g‘ri, ta’kidlanishicha, sport bo‘limida Xavini qoldirish masalasida qarama-qarshi fikrlar yangragan, lekin yakuniy so‘z Laportada edi. Vise-prezident Rafa Yuste ham Xavi g‘oyalarini yoqlamoqda. Ikkinchidan, jamoa rivojlanmoqda. Ha, mavsum Kataloniya drujinasi uchun yaxshi boshlanmadi, lekin Xavining ketish haqidagi bayonotidan keyin vaziyat butunlay o‘zgardi. Oddiy aytganda, murabbiy endi qo‘l ostidagi jamoa yanada ko‘prog‘iga qodir ekanligini ko‘rmoqda. Uchinchidan, Xavi joriy mavsum hech vaqo yutmadi. Demak, u keyingisida barchasini to‘g‘rilashni xohlaydi. Qolaversa, klub akademiyasidan olingan yosh iqtidorlar ishonchni mustahkamlashmoqda. Tushunarliki, begona murabbiyning kelishi «La Masiya» yulduzchalaridagi rivojlanish sur’atiga salbiy ta’sir qilishi hech gap emas. Xavi esa Lamin Yamal va Pau Kubarsi kabi yigitlarning katta doiraga chiqishlari faqat o‘zi bilan bog‘lanishini istaydi, albatta.

Asosiysi, hozirgi «Barselona» - uzoq muddatli loyiha. Ha, klub hamon moliyaviy in­qiroz holatida. E’timolki, rahbariyat Xavini qoldirish asnosida murabbiy masalasini ko‘p yillarga yopishni rejalashtirayotgandir. Ikkinchi tomondan, «Barselona» Nike kompaniyasi bilan yangi shartnoma tuzishga yaqin turibdi. Agar kelishuv rasmiylashtirilsa, klub nisbatan yengil tin oladi. Har holda, yirik kelishuv La Ligada amalda bo‘lib turgan moliyaviy cheklovlardan qutulishga imkon beradi. Shu tariqa Xavi yozda tarkibni kuchaytirishi ham mumkin. Yana bir variant: Xavi ehtimol, boshidan ketish niyatida bo‘lmagan va o‘z bayonoti bilan shunchaki, futbolchilarga tushayotgan kuchli bosimni olib tashlashni o‘ylagandir. Balki bu g‘oya ish berayotganini ko‘rgach, illyuziyani saqlab qolishda davom etgandir. Ya’ni murabbiy faqat «qoqilish» yuz bergach, qo‘lidagi qartalarni ochib, qolishini ma’lum qilgan bo‘lishi ham mumkin.

Xavi endi nima demoqda?

«Barselona» bosh murabbiyi ketish fikridan qaytganini oddiygina izohladi: «Tushuning, shu klub odamiman, buni hamma biladi. Eng muhimi, klub haqida qayg‘urish. Hozir yanada kuchli ishonchni his qilyapman. Bosh fakt - «Barselona»ni qattiq yaxshi ko‘raman. Hozirgi loyihamiz esa hali yakunlangani yo‘q. To‘g‘ri, bu yil hech qanday sovrin yutmasmiz, lekin reja bo‘yicha ishlashda davom etishimiz shart. Chunki bu g‘alaba keltiradigan loyiha. Yanvar oyida ketsam, jamoaga yaxshiroq bo‘lishi haqida o‘ylagandim, endi esa vaziyat o‘zgardi. Klub prezidenti bilan gaplashdim va atigi 3 daqiqa ichida bir-birimizni tushundik. Juda xursandman va minnatdorman. Oddiy aytganda, prezident, direktorlar kengashi va Deku hamda Boyan boshchiligidagi sport bo‘limi qo‘llab-quvvatlovini yaqqol his qilyapman». Shunaqa gaplar, nima derdik, Xaviga omad...

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:31, 06.05.2024. O'qildi: 1428 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик