Bugun 13 oktyabr, 2025 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 53
2 Neftchi 24 51
3 Paxtakor 24 46
4 Dinamo 23 44
5 OKMK 24 40
6 Bunyodkor 24 40
7 Navbahor 24 37
8 Qizilqum 24 29
9 So‘g‘diyona 24 28
10 Qo‘qon-1912 24 26
11 Andijon 23 25
12 Surxon 24 25
13 Mash’al 24 23
14 Xorazm 24 21
15 Buxoro 24 21
16 Sho‘rtan 24 12

O'tgan o'yinlar.

24-тур Xorazm 1-1 Navbahor
24-тур OKMK 0-1 Qo‘qon-1912
24-тур Buxoro 0-4 Paxtakor
24-тур Surxon 0-2 Dinamo
24-тур Bunyodkor 2-2 Nasaf
24-тур Neftchi 2-0 Andijon
24-тур Sho‘rtan 1-2 So‘g‘diyona
24-тур Qizilqum 1-0 Mash’al

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 6320 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2587 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 13.10.2025

      06:25 Д/ф "Марадона Кустурицы".
      08:00 Чемпионат Турции. "Самсунспор" - "Фенербахче".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Палмейрас".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Фламенго".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Спорт Ресифи".
      16:00 Чемпионат Турции. "Самсунспор" - "Фенербахче".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Палмейрас".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Фламенго".
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Спорт Ресифи".
      00:00 Чемпионат Турции. "Самсунспор" - "Фенербахче".
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Палмейрас".
      04:00 Д/ф "Арсен Венгер. Непобедимый".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 13.10.2025

      06:40 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway".
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. Betboom Кубок чемпионов в Москве. Финал.
      10:10 "Небесная грация".
      10:30 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 1.
      12:00 Лёгкая атлетика. Чемпионат мира в Японии.
      15:35 "Команда мечты".
      16:05 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway".
      16:55 Спортивная гимнастика. Fonbet Чемпионат России в Сириусе. Мужчины. Команды. Финал.
      20:00 "Непобедимый".
      20:30 Бильярд. Betboom Кубок чемпионов в Москве. Финал.
      22:45 "География спорта". Камышин.
      23:15 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 1.
      00:40 "Команда мечты".
      01:10 Лёгкая атлетика. Чемпионат мира в Японии.
      04:35 Спортивная гимнастика. Fonbet Чемпионат России в Сириусе. Мужчины. Команды. Финал.
  • MATCH-TV
    • Sana: 13.10.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Баскетбол. Единая лига ВТБ. "Зенит" (Санкт-Петербург) - УНИКС (Казань).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Всё о главном".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Лица страны". Анастасия Логунова.
      11:25 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. 11-й тур. ЦСКА (Москва) - "Спартак" (Москва).
      12:30 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "География спорта". Камышин.
      16:55 "Тайны звёзд спорта".
      17:25 Новости.
      17:30 LIVE Громко. Прямой эфир.
      18:25 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. "Авангард" (Омск) - "Автомобилист" (Екатеринбург). Прямая трансляция.
      21:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:25 LIVE Футбол. Лига Пари. "КАМАЗ" (Набережные Челны) - "Урал" (Екатеринбург). Прямая трансляция.
      23:30 LIVE Профессиональный бокс. "Бетсити. IBA. Pro 10". Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      04:00 Д/с "Фабрика грёз: Бенфика".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 13.10.2025

      05:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Лэйк-Плэсиде, США. Мужчины. Даунхилл.
      07:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Лэйк-Плэсиде, США. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      08:15 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Лэйк-Плэсиде, США. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      09:45 Триатлон. supertri League. Этап 4 в Тулузе, Франция.
      11:30 Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. Обзор.
      12:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Лэйк-Плэсиде, США. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      13:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Лэйк-Плэсиде, США. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      15:00 Велошоссе. Чемпионат Европы в Ардеше, Франция. Женщины. Групповая гонка.
      16:30 Велошоссе. Чемпионат Европы в Ардеше, Франция. Мужчины. Групповая гонка.
      18:25 LIVE Велошоссе. Кубок Италии. Кубок Бернокки. Прямая трансляция.
      20:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Лэйк-Плэсиде, США. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      20:30 Скалолазание. Чемпионат мира в Сеуле, Южная Корея. Женщины. Болдеринг. Финал.
      22:00 Велошоссе. Кубок Италии. Кубок Бернокки.
      23:00 Конный спорт. Конкур. Лига наций. Финал в Барселоне, Испания.
      00:30 Велошоссе. Кубок Италии. Кубок Бернокки.
      01:30 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      03:30 Велошоссе. Кубок Италии. Кубок Бернокки.
      04:30 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 13 в Вене, Австрия.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xristo Stoichkov: «Yoxan bilan har kuni qiyin edi...»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Moziy yulduzlari
Rukn: Intervyular
A A A

Bolgariyalik Xristo Stoichkov 1990 yili Sofiyaning SSKA klubi safida to‘p surib, «Oltin butsa» sovrinini yutadi, keyin to‘g‘ri «Barselona»ga yo‘l oladi.

1992 yili esa kataloniyaliklar bilan Yevropa Chempionlar kubogi turnirida zafar quchadi. Xristo yana 2 yildan so‘ng «Oltin to‘p» laureatiga aylanadi. Bolgariya futboli afsonasi faoliyatining yakuniy qismida Saudiya Arabistoni, Yaponiya va AQSH kabi mamlakatlar ligalarida to‘p suradi. Yo‘q, u futbol darajasi nisbatan past o‘lkalarga shunchaki, «hordiq chiqarish» uchun bormagandi. Oddiy aytganda, Stoichkov har uch ligada eng yuqori saviyada o‘ynab, 3ta kubok yutadi. Asosiysi, u Yoxan Kroyff shakllantirgan unutilmas «Orzu jamoasi»ning muhim murvati hisoblangan. Har holda, Xristo o‘sha «Barsa» hujumida «xanjar uchi» rolini bajarib, himoyachilar ko‘ngliga hamisha qo‘rquv solardi. Yana bir salmoqli fakt: Bolgariya milliy jamoasining AQSHda bo‘lib o‘tgan JCH-94da 4-o‘rinni egallaganida aynan Stoichkov bosh rolni bajargandi. Deylik, u mundialning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun Romario va Roberto Badjo bilan raqobatlashgan edi. Bolgariya va Barselonada sobiq hujumchini hamon birdek hurmat qilishadi. Binobarin, Stoichkov shunchaki, oddiy futbolchi emasdi, u hayot va kroyffizm mohiyatini kurash orqali ochib bergan benazir ijrochi sanalgan...

- Bundan 33 yil oldin Bolgariyadan to‘g‘ri Barselonaga yo‘l olgan edingiz. Ortda qolgan vaqt davomida Bolgariya ko‘proq o‘zgardimi yoki Barselona?

- Menimcha, Bolgariyada yaxshi tomonga o‘zgarish darajasi kattaroq. Ilgari yopiq kommunistik mamlakat fuqarosi edik, bemalol sayohatga chiqolmasdik, bizda yana xohlagan joyda o‘ynash imkoni yo‘q edi. Keyinchalik «Barselona» menga shunday imkoniyat taqdim etdiki, buning uchun Yaratganga shukrona keltiraman.

- Sochlarini beligacha o‘stirib yuradigan o‘sha yovqur Xristodan hozir nima qoldi?

- Bunday soch turmagi faqat Bolgariyada urf bo‘lgandi - boshning old tomoni qisqa, orqa tarafi uzun... To‘g‘ri, bunday yurish menga yarashmasligini tezda anglagan va sochimni darhol qisqartirgandim. Umuman, hayotimda ko‘p narsa o‘zgardi. Hal holda, 33 yil - bu uzoq muddat, shunday emasmi? Albatta, yorqin xotiralar, yoqimli sarguzashtlar, quvonchli damlar yetarli. Shuningdek, alamli taassurotlar ham bor. Ortga nazar solsam, ko‘pincha, 1991 yili «MYU»ga qarshi finalni boy berganimiz, «Uembli»dagi o‘yin va «Saragosa» bilan bahsda jarohatlanganimni eslayman. Lekin buyuk futbolchilar, buyuk shaxs, buyuk oilani birlashtirgan «Barselona» kiyinish xonasini ko‘proq xotirlayman. O‘sha vaqt barchamiz asosan 23-25 yoshda edik va har birimiz qandaydir buyuk orzu bilan yashardik. Deylik, mening miyamda faqat bitta narsa charx urardi - g‘alaba, g‘alaba va yana g‘alaba qozonish fikri...

- Xo‘sh, «Barselona»da o‘ynash hayotingizni nechog‘li o‘zgartirdi?

- Sofiyaning SSKA klubida o‘ynardim va xorijga chiqish uchun variantlar ko‘p edi. Misol uchun, «Panatinaikos» vakillari katta pul va tayyor shartnoma bilan oldimga kelishgandi. Men esa boshidan «Barsa»ga o‘tishni ixtiyor etganman. Ammo o‘sha payt Bolgariya yopiq mamlakat sanalardi, bizning chetda o‘ynashimizga umuman ruxsat berishmasdi. Faqat Bolgariya bilan alohida shartnoma tuzgan Malta, Kipr, Shvesiya kabi mamlakatlarga chiqa olardik, xolos. Shunda ham futbolchi 28 yoshga to‘lishini kutishga majbur bo‘lardi.

- Sizda esa «Barselona»da o‘ynash imkoniyati tug‘ildi...

- Asosiysi, «Barsa» tarixi haqida tezda ma’lumot to‘pladim: Kubala, Manchon, Bioska, buyuk darvozabon Ramalyets, Luis Suares (Luis Suares Miramontes - «Barselona» safida «Oltin to‘p» yutgan birinchi futbolchi, 1961 yil). Ha, o‘sha Luis Suares! Yana nega «Kamp Nou» stadionini qurishganini bilib oldim. Shuningdek, Yoxan Kroyff, Neeskens, Krankl, Simonsen, Lineker haqida o‘qidim. Keyin Alesanko jamoaning birinchi yirik xaridi bo‘ldi, ortidan Subisarreta keldi. O‘sha payt tarkibda Chiki, Bakero, Xulio Salinas, Mikael Laudrup, Kuman kabi ijrochilar to‘planishgandi. Xullas, barchasini o‘ylab, beixtiyor o‘zimga pichirladim: «Voy, shunday futbolchilar o‘ynagan va o‘ynayotgan klub safiga qo‘shilish orzu-ku...». Aytgancha, shartnomaga Barselonaga yo‘l olishdan deyarli bir yil oldin imzo chekkandim, lekin kutishimga to‘g‘ri keldi. Zero, jamoada 3 nafar legioner bor edi. Xullas, Aloizioning ketishini kutdim.

- Kroyff sizga SSKA tarkibida «Barselona»ga qarshi o‘yindagi harakatlaringizni ko‘rganidan keyin mahliyo bo‘lgandi. Uning o‘sishingizga ta’sirini tavsiflay olasizmi?

- Inson sifatida katta ta’sir ko‘rsatdi, futbolchi sifatida esa yanada kuchliroq. «Barsa»da avvalo, murabbiy mehrini tuydim. Ishoning, agar murabbiy futbolchiga mehr bersa, bu unda boshqacha iqtidor borligini anglatadi. To‘g‘ri, Kroyff menda aynan nimani payqaganini bilmayman. Umuman, Yoxan bilan ishlash oson emasdi, har kuni murakkab mashg‘ulotlarda ko‘p ter to‘kardik. Yaxshi tomoni, bunga ko‘nikib ulgurgandim. Axir armiya jamoasi sanalgan SSKAda talablar o‘ta baland edi. Esimda, bir safar chempionlik yo‘lida atigi 1ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchraganimiz Bolgariyada rosa muhokama qilingandi - «SSKA nima uchun yutqazdi? Bunga qanday yo‘l qo‘yish mumkin?» Hattoki, jazo tariqasida qamab qo‘­yishardi. 3 kundan 1 haftagacha qamoq... Bunaqada yutqazishga haqqingiz yo‘qligini tezda tushunasiz!

- O‘yinlardan birida 3ta gol urolmaganingiz ortidan Yoxanga garovda yutqazib qo‘ygan ekansiz. Bu esingizdami?

- Albatta. O‘shanda u shunchaki, mendan 100 ming peset o‘g‘irlagandi! Aslida Tenerifedagi o‘yin oldidan murabbiyga 2ta gol urishimni aytdim. Bunga amin edim, chunki o‘ta hujumkor futbol ko‘rsatardik: o‘ng tomonda Goyko, Bakero, Chiki va Eysebio, orqada Pep, Amor, Kuman... Ikkinchi bo‘lim boshida 2:0 hisobida oldinda edik va gol urdim. Oradan atigi 30 soniya o‘tib esa, Kroyff to‘satdan meni almashtirdi va turib oldi: «Qani, hoziroq 100 ming to‘la». Qisqasi, ikkinchi golni urishimga imkon qoldirmay, garovda g‘irromlikka qo‘l urgandi...

- Qiziq, 100 mingni to‘ladingizmi?

- Albatta. Olmasa, tinch qo‘ymasdi ham. Lekin Kroyff­-dan juda minnatdorman. Ha, u bilan tez-tez urushib qolardim, endi o‘ylasam, barchasi mening foydamga ishlagan. Qolaversa, yosh edim va murabbiyga quloq solishim kerak edi. Oddiy misol, meni doim o‘ng tomonga qo‘yardi. Bir kuni dadillashib, e’tiroz bildirdim: «Janob, axir chapaqayman». U esa xotirjam javob qaytardi: «Yo‘q, chapda qiynalasan, o‘ngda o‘ynayver, shunda ko‘proq gol urasan». Chindan ham, yetarlicha gol urardim. Xullas, oxir-oqibat, Kroyff har doim haq bo‘lib chiqardi. Bordiyu, unga nohaqligini aytsam, yakuni yo‘q janjal boshlanardi. Shuning uchun murabbiy fikrini ma’qullash eng maqbul yo‘l edi. Asosiysi, u yakunda haq bo‘lib chiqaverardi. 1992 yili «Oltin to‘p»dan quruq qolganimni sira unutmayman. Chunki sovrin yutishga amin edim. Kroyff esa oldimga kelib, alohida ogohlantirdi: «Eshit, «Oltin to‘p» yutishing uchun sen bilan boshqacha ishlashim kerak». Yakunda bu mukofotni jamoadoshlarim tufayli qo‘lga kiritdim, ularsiz hech nima qilolmasdim.

- Siz ko‘rgan eng yaxshi «Barselona» qaysi? Gvardiola tomonidan tuzilganimi?

- Ha, eng yaxshisi, albatta. O‘sha vaqt jamoa futbolchilari o‘yinda 3ta gol urishlarini aytishardi, amalda esa raqib darvozasini 4 marta nishonga olishardi. Gollar o‘z yo‘liga, o‘yinning o‘zi rohat bag‘ishlardi.

- Aytishlaricha, hammadan ko‘ra, Romario bilan yaxshi chiqishgansiz, shundaymi?

- Do‘stligimiz hamon saqlanib qolgan. Axir o‘g‘lining cho‘qintirgan otasiman. O‘ylaymanki, ikkimiz «Orzu jamoa­si»da katta rol bajarganmiz. O‘zi ayniqsa, yarim himoya va hujumimiz dahshatli edi: Serxi, Chapi, Nadal, Xuan Karlos, Kuman... Umuman, yagona raqibimiz o‘zimiz edik. Ya’ni agar yaxshi o‘ynasak, hech qaysi klub oldimizga tusholmasdi. 

- O‘sha payt «Barselona»ga eng katta xavf tug‘dirgan raqib qaysi - «Deportivo»mi yoki «Real»?

- Qaytaraman, o‘zimiz! Agar o‘yinga to‘g‘ri yondashsak, hech biriga yutqazmasdik.

- Ammo shaxsan sizga aynan «Madrid» ustidan qozonilgan g‘alaba ko‘proq yoqardi...

- Yo‘q, shunchaki, duch kelgan raqibni yengishni istardim. To‘g‘ri, afsonaviy qarama-qarshilik nuqtai nazaridan qarasak, «Real»ni yengish yoqimliroq bo‘lgandir ehtimol. O‘sha payt «Madrid» gegemoniyasini buzib, Ispaniya chempionatida 5 marta zafar quchganimiz ko‘p narsani anglatadi. Aslida men uchun har bir o‘yin final hisoblanardi. Hattoki, mashg‘ulotlar ham.

- Sizningcha, ko‘pchilik ayt­ganidek, hakamlar har doim «Madrid»ga yon bosishganmi?

- Yo‘q. Ba’zi o‘yinlarda bizning foydamizga ham adashishgan, albatta. Umuman, agar raqibdan kuchliroq bo‘lsangiz, hakamning yordamiga ne hojat? Ikkinchi tomondan, ba’zi hakamlar «Madrid» tarafdorlari ekanliklarini yaqqol sezdirib qo‘yishardi.

- «Barselona» Afinada o‘tgan yevrokubok finalida «Milan»ga 0:4 hisobida yutqazgandi. Ko‘pchilik «Orzu jamoasi» o‘sha bahsda tarixga cho‘mganini ta’kidlaydi. Siz uchun «Barsa»dagi eng yomon kun ham shumi?

- Yo‘q, aniqrog‘i, bu butun futboldagi yo‘limda kuzatilgan eng yomon kun! Chunki hammasi shunchaki, vaziyat taqozosi bo‘yicha sodir bo‘lgan. O‘shanda hattoki, g‘azablanmagandim ham.

- Kroyff ketgach, «Barsa» boshqaruvi Robson qo‘liga o‘tdi. O‘sha davrdan nimalarni eslaysiz?

- O, ser Bobbi Robson! Ism-familiyasining o‘zi hammasini aytib turibdi. Unutmaylik, u futboldagi ishlari uchun Angliyada ser maqomini olgan. Juda yaxshi inson, haqiqiy jentlmen!

- O‘sha vaqt Romario mash­g‘ulotlarga bepisand qaray boshlagani rostmi?

- Yo‘q. Bu - aslida nima bo‘layotganini bilmaydigan odamlar tomonidan to‘qilgan afsona. Romario futbolni chinakamiga yaxshi ko‘rardi. Oddiy misol, siz Romario bilan necha marta ko‘rishgansiz, suhbatlashgansiz? Necha marta? Xo‘sh, Romario spirtli ichimlik ichayotgani yoki chekayotganini biror marta ko‘rganmisiz? U asosan apelsin sharbati ichardi yoki «Koka-Kola». Ha, Romario raqs tushish va ko‘ngilxushlikni yaxshi ko‘rardi. Ammo hech qachon spirtli ichimlik qabul qilmagan. Qolaversa, har doim o‘ynashga 100 foiz tayyor turardi.

- Robsonga tarjimonlik qilgan Joze Mourinyo bilan munosabatingiz qanday edi? Hozirchi?

- O‘rtamizda fantastik munosabatlar bor. Bu - haqiqiy do‘stlik. O‘sha vaqtda ham ko‘p gaplashardik. Mourinyo meni qattiq hurmat qilardi, «Oltin to‘p»ni bejiz yutmaganimni aytardi, Yevropa Chempionlar kubogidagi g‘alabada hissam katta ekanligini e’tirof etardi, terma jamoada rekord o‘rnatganimni ham. O‘ylaymanki, bugun ham menga nisbatan hurmati pasaymagan. O‘z navbatida, vaqt o‘tishi bilan menda ham Jozega hurmat hissi yanada oshdi. U hamisha ochiq-oshkora gaplashardi. Umuman, Mou hammasini yuzingizda ro‘y-rost aytadiganlar toifasidan.

- «Barselona»ning bugungi ahvoli sizni xavotirga solmayaptimi?

- Moliyaviy holatni o‘ylasak, ha. Bu juda og‘ir masala. Axir qarz miqdori 2 milliarddan oshdi. Qo‘shimchasiga stadionga bog‘liq chiqim ham bor - 1,2 milliard. Eng yomoni, qarz har yili o‘sib bormoqda.

- Joan Laporta klubni to‘g‘ri yo‘lga olib chiqishiga ishonasizmi?

- Laporta - «Barsa» prezidenti. Javobim oddiy: agar u biror gap aytsa va odamlar ishonishsa, yaxshisi, oxirigacha ishonishsin...

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:07, 12.05.2024. O'qildi: 2568 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 16
2 Насаф Husayn Norchayev 13
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 13
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 8
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.