Fabio Kapelloning fikricha, Massimiliano Allegri juda ko‘p tanqidlarga uchradi. “Yuventus” “Atalanta” bilan Italiya kubogi finalida g‘alaba qozonganidan so‘ng, uning xatti-harakatidan norozi bo‘lgani uchun murabbiyni ishdan bo‘shatdi.
O‘yin oxirida Allegri kurtkasini yirtib, zaxira hakamiga baqirgan, qizil kartochkadan keyin esa hakamni olqishlagan.
“Uni hatto g‘alabali yillarda ham tanqid qilishgan, ammo so‘nggi paytlarda juda ko‘p tanqidlar bo‘lmoqda. Haqiqat shundaki, uning qilgan ishlari uning uchun gapiradi. Allegri hurmatga loyiq.
Uning o‘yin oxiridagi xatti-harakati meni hayratda qoldirdi. Ehtimol, buning chuqurroq ma’nosi bor edi. Jiuntoli kelishi bilan "Yuventus"dagi muhit o‘zgardi va u buni his qildi.
Joriy mavsumda “Yuvemtus” “Inter” va “Milan”ga imkoniyatni boy berdi. Ilgari buni qilmagan o‘yinchilar bilan nimadir yutish juda muhim. G‘alabalar yangi mentalitetni yaratadi.
Biroq saviyani ko‘tarish uchun "Yuventus" pul sarflashi kerak bo‘ladi. Jamoaga 3-4 nafar kuchli futbolchi kerak", - deydi “Milan” va “Yuventus”ning sobiq murabbiyi.