Bugun 17 yanvar, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 16.01.2026 00:45
      • Komo
      • 1:3
      • Milan
      • 17.01.2026 00:45
      • Piza
      • 1:1
      • Atalanta
      • 17.01.2026 19:00
      • Udineze
      • -:-
      • Inter
      • 17.01.2026 22:00
      • Napoli
      • -:-
      • Sassuolo
      • 18.01.2026 00:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Yuventus
      • 18.01.2026 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Jenoa
      • 18.01.2026 19:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Fiorentina
      • 18.01.2026 22:00
      • Torino
      • -:-
      • Roma
  • AFC U-23
      • 16.01.2026 16:30
      • Yaponiya
      • 1:1
      • Iordaniya
      • 16.01.2026 20:30
      • Vyetnam
      • 3:2
      • BAA
      • 17.01.2026 16:30
      • O‘zbekiston
      • -:-
      • Xitoy
      • 17.01.2026 20:30
      • Avstraliya
      • -:-
      • Janubiy Koreya
  • La-liga
      • 17.01.2026 01:00
      • Espanyol
      • 0:2
      • Jirona
      • 17.01.2026 18:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Levante
      • 17.01.2026 20:15
      • Malyorka
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 17.01.2026 22:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 18.01.2026 01:00
      • Betis
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 18.01.2026 18:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Valensiya
      • 18.01.2026 20:15
      • Atletiko
      • -:-
      • Alaves
      • 18.01.2026 22:30
      • Selta
      • -:-
      • Rayo Valyekano
  • APL
      • 17.01.2026 17:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 17.01.2026 20:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Brentford
      • 17.01.2026 20:00
      • Lids
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.01.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Byornli
      • 17.01.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.01.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Vest Xem
      • 17.01.2026 22:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Arsenal
      • 18.01.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Nyukasl
      • 18.01.2026 21:30
      • Aston Villa
      • -:-
      • Everton
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 20 46
2 Milan 20 43
3 Napoli 20 40
4 Yuventus 20 39
5 Roma 20 39
6 Komo 20 34
7 Atalanta 21 32
8 Bolonya 20 30
9 Lasio 20 28
10 Udineze 20 26
11 Sassuolo 20 23
12 Torino 20 23
13 Cremonese 20 22
14 Parma 20 22
15 Jenoa 20 19
16 Kalyari 20 19
17 Lechche 20 17
18 Fiorentina 20 14
19 Piza 21 14
20 Verona 20 13

O'tgan o'yinlar.

21-тур Piza 1-1 Atalanta

Navbatdagi o'yinlar.

17/01/26 Udineze - Inter
17/01/26 Napoli - Sassuolo
18/01/26 Kalyari - Yuventus
18/01/26 Parma - Jenoa
18/01/26 Bolonya - Fiorentina
18/01/26 Torino - Roma
19/01/26 Milan - Lechche
19/01/26 Cremonese - Verona
20/01/26 Lasio - Komo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Matteo Gabbiya: "Milan" - bu oilam, bolaligimdan tanish chehralar"

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Milan» himoyachisi Matteo Gabbiya joriy mavsum arafasida ijara kelishuvi asosida Ispaniyaning «Vilyarreal» klubiga yo‘l olgandi.

Lekin «rossonerlar» qishda uni muddatidan oldin ortga qaytarishdi. Chunki jamoada jarohatlanmagan himoyachi qolmagandi hisob. Yo‘q, shunday bo‘lsada, «Milan» 24 yoshli iqtidorni majburlikdan qaytarganini aytish noo‘rin. Binobarin, Matteo qisqa muddatda La Liga va yevroarenalarda o‘zini chinikamiga namoyon eta oldi va milanliklarni qayta o‘ylab ko‘rishga undadi. Mana, Gabbiya hozirgacha «Milan»ning barcha o‘yinlarida alohida ajralib turibdi. U bu oraliqda faqat «Empoli»ga qarshi «A» seriya 28-tur o‘yinida dam oldi. Asosiysi, himoyada to‘p surayotganiga qaramay, 3ta gol va 1ta assist rasmiylashtirishga ulgurdi. Xullas, Gabbiya «Milan» klubi rasmiy saytiga bergan intervyusida asosan Pireney yarim orolida olgan tajribasi bilan o‘rtoqlashdi, yana chempionlik mavsumini esladi va shaxsiy hayoti haqida gapirdi.

- «Mettyu Keyj» - bu laqabingiz qachon va qanday paydo bo‘ldi?

- Menimcha, ijtimoiy tarmoqlardan chiqqan bo‘lsa kerak. Hozirda muxlislar ko‘pincha futbolchilarga shunday laqablarni «yopishtirishadi». Jamoamizda Fikayo Tomori va Ruben Loftus-CHik kabi inglizlar bor va kiyinish xonasida ular bilan laqab vositasida hazillashish yoqimli.

- Umuman, ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zingizga taalluqli yozuvlarga qanday qaraysiz?

- Ochig‘i, oldin turli gap-so‘zlar va «ta’rif»lardan azob chekardim, buning ortidan esa jamoaga talab darajasida naf keltirolmasdim. Endi tushundimki, har narsaga e’tibor qarataverish shunchaki, kuchimni tortib olar ekan. Xullas, hozirda chetdagi gaplarga chalg‘ib qolmaslikka urin­yapman. Deylik, oxirgi 2 yilda bu masalada muvozanatni topdim, menimcha. Oddiy aytganda, hozirda ijtimoiy tarmoqlarga deyarli qaramayman, qarasam ham, turli gap-so‘zlarga aslo ahamiyat bermayman. Professional faoliyat uchun o‘zingizni ba’zi narsalardan cheklashni bilishingiz muhim. Ijtimoiy tarmoqlar hozirda men uchun ko‘ngilochar manbadan boshqasi emas.

- «Vilyarreal»da ijara muddatini o‘tab qaytdingiz. Xo‘sh, joriy mavsum siz uchun qanday o‘tdi?

- Juda g‘alati. O‘tgan yoz ketishim kerakligini bilardim, murabbiy bilan ham bu masalada gaplashdim. Shunga qaramay, «Milan» oilasidan ayrilish oson bo‘lgani yo‘q. Boz ustiga, hammasi nisbatan mavhum edi. Ya’ni «Milan» bilan AQSH safariga hozirlanayotgandim. Faqat parvoz kuni shaxsiy agentim «Vilyarreal» bilan kelishuvga erishgani va qolishim zarurligini aytdi. Biroq jamoa direktor Furlani hali ayrim nyuanslar borligi, hammasi hal etilishiga qadar «Milan» ixtiyorida shug‘ullanishimni ma’lum qildi. Xullas, tomonlar kelishuv bo‘yicha batamom bir to‘xtamga kelishlarigacha 2-3 kun Los-Anjelesda mashg‘ulot o‘tadim, keyin ortga qaytdim. Aslida transfer nisbatan tez amalga oshdi. Muhimi, ushbu safar o‘zimga rosa yoqdi. Gap shundaki, salohiyatimni bosh­qa mamlakat va ligada sinab ko‘rishni xohlayotgandim. Ispaniyada o‘ynash yoqimli bo‘ldi, hattoki, 6 oy qanday o‘tib ketganini bilmay qoldim. Keyin qaytish taklifini katta mamnuniyat bilan qabul qildim.

- Boshida ispancha hayot tarziga ko‘nishikishda qiynalgandirsiz...

- Albatta, oson bo‘lgani yo‘q. Axir u yerga borishdan oldin 4-5 yil o‘zim uchun o‘ta qulay muhitda o‘ynadim. Shu joyda aytishim kerak, «Milan» men uchun - oila, bolaligimdan tanish chehralar. Bundan holatda boshqa mamlakat, yangi shaharga ko‘chib o‘tishingiz, sizning tilingizni tushunmaydigan jamoadoshlar davrasiga tushish qiyin, albatta. Lekin Ispaniya safaridan ham futbolchi, ham shaxs sifatida juda ko‘p narsa oldim. Birinchidan, «Vilyarreal»da hamma yaxshi kutib oldi, jamoada samimiy va mehribon yigitlar yig‘ilishganini ko‘rdim. Shuningdek, murabbiyning ijobiy ta’siri ham katta rol o‘ynadi. Agar sog‘lom muhit bo‘lsa, qolgani futbolchining shaxsiy yondashuviga bog‘liq. Qisqasi, ishga to‘g‘ri munosabatda bo‘lib, o‘zimni ko‘rsatishga harakat qildim. Darvoqe, Pepe Reyna va Raul Albiolning italyan tilida gapira olishlari ham qo‘l keldi. Shu tariqa atigi bir necha hafta ichida hammasi izga tushdi va o‘zimni xuddi uydagidek his qila boshladim.

- Qiziq, samaradorligingiz nimaning hisobiga shunchalik oshdi?

- Fikrimcha, o‘yinimda ko‘p narsa o‘zgargani yo‘q. Shunchaki, o‘z ustimda jiddiyroq ishladim, xususan, kamchiliklarni bartaraf etishga e’tibor qaratdim, yana ortiqcha kuch oladigan harakatlardan tiyilishni o‘rgandim. Shuni tushundimki, yechim har doim ham ko‘p ishlash emas, balki sifatli ishlashda. Oldin ba’zi detallarga haddan ortiq ko‘p e’tibor qaratardim va bildimki, bu imkoniyatlarimni bir muncha pasaytirgan. Deylik, gohida tarkibdan chetda qolasiz va yaxshi sport formasida ekanligingizni isbotlashga zo‘r berasiz. Biroq me’yoridan ko‘p shug‘ullanish hamisha ham samara bermaydi. Mana, mashg‘ulotlar va ish hajmini rejalashtirish nuqtai nazaridan o‘zim uchun eng ma’qul me’yorni topdim. Shuning natijasi o‘laroq, Ispaniyada yetarli vaqt o‘ynadim va barqarorlik - izchillikka yuz burdim.

- Ispaniyada jumladan, «Barselona»ga qarshi bahsda o‘ta zo‘r o‘ynadingiz...

- Ajoyib o‘yin, hech esimdan chiqmaydi. Ha, yakunda 3:4 hisobida yutqazdik, lekin «Vilyarreal»da «kambek» va «kontrkambek»lar ham bo‘ldi. Xususan, o‘sha uchrashuvda barchamiz borimizni berdik. «Barselona» - ob’ektiv kuchli jamoa. Individual tomondan aql bovar qilmaydigan darajada juda kuchli sanalgan yosh futbolchilari gollarni rosa oson urishdi. Men esa ular oldida o‘zimni qariyadek his qildim. Chunki 2007 yili tug‘ilgan, ya’ni mendan 8 yosh kichik yigitchaning maydonda qanday hunarlar ko‘rsatganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. «Barsa» yoshlari meni ham ancha qiynashdi. Levandov­skimi? Juda kuchli ijrochi. Bir qarashda, Robertni to‘liq nazorat ostida ushlab turgandek bo‘lasiz, lekin u oniy lahzada to‘pni o‘ziga bo‘ysindirish yoki zarba yo‘llash orqali sizni dog‘da qoldirishi hech gap emas. Esimda, Levandovski o‘sha uchrashuvda kerakli vaqt kerakli joyda paydo bo‘lishi hisobiga mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan gol urgandi.

- Endi skudetto qo‘lga kiritilgan mavsumni birrov esga olsak...

- Zlatan bilan bog‘liq bir voqea. «Sassuolo»ga qarshi o‘yindan bir haftacha oldin jamoamizda ba’zi italyancha xurofotlar boshlandi. O‘shanda chempionlikdan bir qadam narida edik. O‘zi odatda kuchli raqiblar  futbolkalarini yig‘ishni yaxshi ko‘raman. Qisqasi, Zlatandan formasini so‘radim. O‘yinda g‘alaba qozonishimiz va maqsadga erishish-erishmasligimizni bilmasdik. Ibra esa formasiga «Skudetto uchun katta rahmat» yozuvini tushirib, qo‘limga tutqazdi. O‘yindan 1 hafta oldin! Ana, ishonch. Lekin men uni yigitlarga ko‘rsatishga botinolmadim va o‘yingacha yashirib qo‘ydim.

- Biror narsadan qo‘rqasizmi?

- Futbolda hech nima jiddiy qo‘rquv solmaydi. Umuman, qo‘rquv faqat salbiy yakunga yetaklaydi. Yaxshisi, maydonda o‘zingizga bog‘liq ishlarni sifatli bajarishga intiling, shunda natijasini ko‘rasiz. Hayotda esa boshqacha: odatda akulalar va okean tubidan qo‘rqaman.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:00, 24.05.2024. O'qildi: 635 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 10
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Ювентус Kenan Yildiz 7
4 Верона Gift Orban 7
5 Милан Rafael Leau 7
6 Болонья Rikkardo Orsolini 7
7 Интер Xakan Chalxanoglu 7
8 Наполи Rasmus Xeylund 6
9 Удинезе Nikolo Dzanyolo 6
10 Рома Matias Soule 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.