Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ruben Sanches: «O‘zbekiston hayotiga to‘liq moslashganmiz...»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Xorijiy legionerlar / O‘ynayotgan futbolchilar
Rukn: Intervyular
A A A

Ispaniyalik futbolchi Ruben Sanches 2022 yilning iyulida o‘z faoliyatining yangi bosqichini O‘zbekistonda boshladi.

Markaziy Osiyoning markazida joylashgan diyorimiz haqida ko‘proq ma’lumot olish maqsadida FIFA rasmiy sayti Toledoda tug‘ilgan Rubendan intervyu oldi. Sanches ham yo‘lboshchi rolini o‘ynashdan va O‘zbekistonga — katta turnir (14 sentyabrdan 6 oktyabrgacha futzal bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati o‘tkaziladi)ga kelishni rejalashtirgan muxlislarga maslahat berishdan xursand edi. «Toledo», «Sporting Xixon», «Rekreativo Granada» va «Rayo Maxadaonda» klublarida o‘ynagan 29 yoshli forvard o‘tgan yilning yanvarida Termizning «Surxon» klubiga ko‘chib o‘tdi va u yerda 6 oy faoliyat yuritdi. So‘ngra Olmaliqning OKMK klubiga o‘tib, mana hozirgacha shu yerda o‘ynab kelmoqda.

— Ruben, 2022 yildan beri O‘zbekistonda o‘ynab kelyapsiz. Demak, bu mamlakatni ancha yaxshi bilsangiz kerak?

— Albatta. Poytaxt Toshkent ajoyib joy, chunki bu yerda an’anaviy va zamonaviy madaniyat birlashtirilgan. Shaharda chiroyli binolar va bog‘lar bilan birga juda ajoyib mahallalar mavjud. Bunga Toshkent shahar parkini misol qilib keltirsak bo‘ladi, u juda katta va tunda yoritilgan binolarga ega. Shuningdek, yaqinda u yerda Markaziy Osiyodagi eng yirik savdo markazini qurishdi. Mamlakat bo‘ylab yetarlicha sayohat qiloldim, chunki futboldan ortish qiyin. Lekin, shunday bo‘lsa-da, Samarqandni chetlab o‘tish mumkin emas. Agar siz O‘zbekistonga tashrif buyursangiz, bu shaharga albatta tashrif buyurishingiz kerak. Chunki u mamlakatning eng tarixiy shaharlaridan biri va qadimiy Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim to‘xtash joylaridandir. Poytaxtdan tashqarida siz ko‘proq «haqiqiy» shaharlarni topishingiz mumkin. Odamlari juda muloyim va har doim sizga yordam berishga tayyorlar.

— Uch milliondan ortiq aholisi bo‘lgan Toshkent shahridan nimani kutishimiz mumkin?

— Poytaxt sizni hayratda qoldiradi! Bu juda sayohatbop shahar va uning markazida Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Ukraina, Serbiya kabi ko‘plab mamlakatlardan odamlar kelib yashashadi. Markazdan tashqarida «Chorsu» bozori kabi ko‘plab an’anaviy oziq-ovqat bozorlarini topishingiz mumkin, men buni astoydil tavsiya qilaman. Siz bu yerda istalgan turdagi restoranni ham topa olasiz. Mahalliy xalq juda ko‘p choy ichishadi, hattoki jazirama issiq kunlarda ham, lekin qahvani kamroq ichishadi.

— Qanday mahalliy taomni tavsiya qila olasiz?

— Ularning o‘ziga xos taomi palov hisoblanadi. Tarkibi quyidagicha: guruch, qo‘y gushti, sabzi, piyoz, mayiz va ziravorlar. Somsa ham borki, u ko‘proq bizning empanadalarimiz (achchiq pishirilgan mahsulotlar)ga o‘xshaydi va maydalangan qo‘y yoki tovuq go‘shti, shuningdek kartoshka, pishloq va piyoz bilan to‘ldirilgan. Shuningdek, shashlikni ham tavsiya qila olaman. U sixga o‘tkazilgan kubikli go‘sht bo‘laklaridan iborat. Odatda mahalliy aholi qo‘y go‘shtidan tayyorlangan shashlikni afzal ko‘rishadi, garchi ta’bga qarab mol yoki tovuq go‘shti variantlarini ham tanlash mumkin. Sho‘rvalari ham juda keng tarqalgan. Mahalliy non esa juda qiziqarli. Ammo kundalik hayot haqida gap ketganda, men supermarketlardan Ispaniyadagi kabi xaridlarni amalga oshiraman.

— Futzal bo‘yicha jahon chempionatini katta ishtiyoq bilan kutayotgan o‘zbekistonliklar haqida biroz gapirib bera olasizmi?

— Mini-futbolning eng katta musobaqasini qabul qiladigan shaharlardan biri bo‘lgan Andijonda futbolni juda yaxshi ko‘rishadi. Katta futbol bo‘yicha milliy terma jamoalari o‘ynaganida esa stadion ishtiyoqli muxlislarga to‘ladi. O‘yinlar ko‘proq poytaxtning «Bunyodkor» klubi foydalanadigan «Milliy» stadionida o‘tkaziladi. Aytgancha, bir vaqtlar bu klub uchun Rivaldo o‘ynagan va Luis Felipe Skolari murabbiylik qilgan.

— Mahalliy aholi Ispaniya­ga alohida mehr qo‘yishini tushunamiz, chunki ularning murabbiyi yana ham ispaniyalik — Venansio Lopes. U sport tarixiga kirgan shaxs...

— Yaqinda u bilan Ispaniya konsuli tomonidan tashkil etiladigan uchrashuvlardan birida kechki ovqatni birga qildim. U yonimga o‘tirdi va O‘zbekistonning jahon chempionatidagi maqsadlari haqida gapirdi. Shuningdek, Osiyo Kubogidagi sarguzashtlari haqida ham gapirib berdi, uning jamoasi 3-o‘rinni egalladi. Demak, ularda top darajada o‘ynash uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar borligi aniq. Venansioning aytishicha, maqsadi jahon chempionatida 1/8 finalga chiqish yoki undan ham uzoqroqqa borish — shunda u O‘zbekistonning eng yaxshi natijasiga erishishi mumkin ekan.

— 2022 yili O‘zbekistonga ilk kelgan kunlaringizda, bu mamlakat haqida ko‘p narsa bilmagan bo‘lsangiz kerak...

— Aslida men Ispaniya klubi bilan shartnoma imzolamoqchi edim. Lekin u yerda bo‘lgan ispan murabbiyi orqali «Surxon» klubidan taklif oldim. Avvaliga shokka tushdim, chunki men hatto O‘zbekistonni xaritaga joylashtira olmasdim. Yaxshiyamki, allaqachon u yerda ispanlar o‘ynashgan va men ular bilan bog‘landim. Menga Toshkent, men yashaydigan shahar haqida gapirib berishdi va tavakkal qilib kelaverdim. O‘zimni Ispaniyadan tashqarida sinab ko‘rmoqchi edim va haqiqat shundaki, bu to‘g‘ri qaror edi. Bugun men ham, Toshkentdagi xalqaro universitetda ishlaydigan sherigim ham baxtlimiz. Ikkimiz ham bu mamlakat madaniyatiga juda yaxshi moslashdik. O‘zbeklar sayyohlarga juda yaxshi munosabatda bo‘lishadi. «Surxon»ning loyihasi tugagach, qolgan ispanlar ketishdi, lekin men boshqa klubdan taklif oldim. Bizni bu yerda hamma narsa qoniqtirardi va baxt­li edik, shuning uchun qolishga qaror qildik. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekis­ton hayotiga to‘liq moslashganmiz.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:48, 03.06.2024. O'qildi: 1381 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик