Bugun 8 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 08.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Sassuolo
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • -:-
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Yuventus
  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • -:-
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • -:-
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Betis
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Brentford
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Superliga: 12-tur bahsli vaziyatlari yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Hakamlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Joriy yilning 22 iyun sanasida Superliga 2024 yilgi mavsumning 12-turi yakuniga yetdi. O‘zbekiston futbol hakamlari markazi tur yakunlariga ko‘ra, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. 12-tur doirasida o‘tkazilgan o‘yinlarda jami 10 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi.  

Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin.

1-vaziyat: «Surxon» - «Metallurg» o‘yini: qizil kartochka.

«Surxon» - «Metallurg» bahsining 45+2-daqiqasida termizliklarning 19-raqamli futbolchisi bekobodliklarning 4-raqamli a’zosiga qarshi juda qo‘pol harakat qilgan. Bosh hakam Firdavs Norsafarov darhol futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatdi va uni maydondan chetlatdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu vaziyatda futbolchi raqibining oyoq himoyalanmagan qismiga butsasining tag qismi bilan oyog‘ini bosgan. Shu sabab hakamlarning qizil kartochka bo‘yicha chiqargan qarori to‘g‘ri, deb topildi.

2-vaziyat. «Surxon» - «Metallurg»  to‘qnashuvi: bahsli penalti.

«Surxon» - «Metallurg» uchrashuvining 83-daqiqasida nominal mezbonlarning 77-raqamli futbolchisi raqibi darvozasi tomon hujum amalga oshirdi. U mezbonlar himoyachisini aldab o‘tayotgan chog‘da himoyachi uning oyog‘ini bosib oldi. Bosh hakam Firdavs Norsafarov nuqtaga ishora qildi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda mehmonlar himoyachisi hujum qilayotgan futbolchini qo‘pollik bilan to‘xtatib qolgan. Penalti belgilash uchum asos yetarli va shu sabab, komissiya tomonidan hakamlarning qarori to‘g‘ri, deb hisoblandi.

3-vaziyat: «Nasaf» - «Neftchi» qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.

«Nasaf» - «Neftchi» uchrashuvining 9-daqiqasida mezbonlarning 10-raqamli futbolchisi darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib borayotganda farg‘onaliklarning 2-raqamli himoyachisi tomonidan to‘xtatib qolindi. Bosh hakam Akobirxo‘ja Shukurullayev dastlab futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatdi. Ammo VAR hakami uni monitor yoniga chaqirdi va shundan so‘ng referi sariq kartochkani bekor qilib, himoyachini maydondan chetlatishga qaror qildi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to‘g‘ri aralashgan. Futbolchining sariq kartochkasi bekor qilinib, so‘nggi umid foli uchun qizil kartochka bilan jazolangani to‘g‘ri qaror va Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to‘g‘ri, deb hisoblaydi.

4-vaziyat. «Nasaf» - «Neftchi» uchrashuvi: bahsli penalti.

«Nasaf» - «Neftchi» bahsining 37-daqiqasida maydon egalarining 10-raqamli futbolchisi bergan zarbadan so‘ng to‘p mehmonlar a’zosining qo‘liga tegdi. Bosh hakam Akobirxo‘ja Shukurullayev  dastlab o‘yinni davom ettirdi. Biroq VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach, qarorini o‘zgartirdi va nuqtaga ishora qildi. Shuningdek, referi qo‘li bilan o‘ynagani uchun «Neftchi» vakiliga sariq kartochka ko‘rsatdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu holatda VAR vaziyatga to‘g‘ri aralashdi. Mehmonlar himoyachisining qo‘li tabiiy holatda emas va u darvoza tomon ketayotgan to‘pni qo‘li bilan qaytarib qolgan. Penalti belgilash va sariq kartochka ko‘rsatish uchun asos yetarli.  Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

5-vaziyat. «Bunyodkor» - «Olimpik» to‘qnashuvi: bahsli penalti.

«Bunyodkor» - «Olimpik» uchrashuvining 20-daqiqasida mezbonlar burchak zarbasini amalga oshirish imkoniga ega bo‘ldi. Burchak zarbasidan so‘ng mehmonlarning 64-raqamli vakili maydon egalarining 14-raqamli a’zosini oyog‘ini bosib, unga qo‘pollik ishlatdi. Bosh hakam Abdurashid Xudoyberganov VARda vaziyatga aniqlik kiritgach, nuqtaga ishora qildi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to‘g‘ri aralashdi. Mehmonlar himoyachisi hujum qilayotgan futbolchining oyog‘ini bosgan va uning yiqilishiga sababchi bo‘lgan. Penalti belgilash uchun asos yetarli va shu sabab, komissiya tomonidan hakamlarning qarori to‘g‘ri, deb hisoblandi.

6-vaziyat: «Bunyodkor» - «Olimpik» o‘yini: qizil kartochka.

«Bunyodkor» - «Olimpik» bahsining 42-daqiqasida mezbonlarning 8-raqamli futbolchisi mehmonlarning 15-raqamli vakiliga nisbatan o‘ta qo‘pol harakat qildi va oyoqning himoyalanmagan qismiga zarba berdi. Bosh hakam Abdurashid Xudoyberganov darhol futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatdi va uni maydondan chetlatdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur holatda futbolchi to‘p uchun harakat qilmagan va raqibiga qarshi juda keskin harakat qilgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarori to‘g‘ri ekanini ma’lum qiladi.

7-vaziyat: «Bunyodkor» - «Olimpik»: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

«Bunyodkor» - «Olimpik» bellashuvining 90+2-daqiqasida mehmonlar hujum uyushtirayotgan vaqtda to‘p maydon egalari jarima maydonida himoyachining qo‘liga tegdi. Bosh hakam Abdurashid Xudoyberganov 11 metrlik jarima zarbasiga ishora qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur holatda himoyachining qo‘li notabiiy tarzda edi. Bu kabi hollarda penalti belgilanishi lozim. Hakamning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

8-vaziyat: OKMK - «Paxtakor»: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

OKMK - «Paxtakor» bellashuvining 11-daqiqasida mehmonlarning 17-raqamli futbolchisi uzatmasidan so‘ng to‘p olmaliqliklar jarima maydonidagi 7-raqamli futbolchiga tegdi. Bosh hakam Rahimbek Karimov VARga borib, holatni o‘rgandi va 11 metrlik jarima zarbasiga ishora qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur holatda VAR vaziyatga aralashib, to‘g‘ri qildi. Himoyachi to‘p yo‘nalishiga ta’sir qilgan. Shuningdek, uning qo‘li notabiiy tarzda turibdi. Penalti uchun asos yetarli. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarori to‘g‘ri ekanini ma’lum qiladi.

9-vaziyat: OKMK - «Paxtakor»: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

OKMK - «Paxtakor» bellashuvining 76-daqiqasida mehmonlarning 3-raqamli himoyachisi maydon egalarining 10-futbolchisini o‘z jarima maydonida yiqitdi. Bosh hakam Rahimbek Karimovni VAR hakami monitor yoniga chaqirdi va referi nuqtaga ishora qildi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur holatda VAR vaziyatga to‘g‘ri aralashdi. Himoyachi raqibiga nisbatan ochiqchasiga qo‘pollik ishlatgan. Bu kabi vaziyatlarda penalti belgilanishi lozim. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

10-vaziyat: «Dinamo» - «Andijon» qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.

«Dinamo» - «Andijon» uchrashuvining 87-daqiqasida mezbonlarning 35-raqamli futbolchisi darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib borayotganda andijonliklarning 28-raqamli himoyachisi tomonidan to‘xtatib qolindi. Bosh hakam Farrux Yansupov dastlab uchrashuvni davom ettirdi. Ammo VAR hakami uni monitor yoniga chaqirdi va shundan so‘ng referi himoyachini maydondan chetlatishga qaror qildi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to‘g‘ri aralashdi. Futbolchi so‘nggi umid foli uchun qizil kartochka bilan jazolandi. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to‘g‘ri, deb hisoblaydi.

Manba: uzfhm.uz
Kiritildi: 11:47, 24.06.2024. O'qildi: 2660 marta. Fikrlar: 33 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик