Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Eng ilhombaxsh manba

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Suratga chizgilar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Jan Pyero Gasperini joriy yilga qadar uzoq murabbiylik faoliyatida biror turnirda g‘alaba sururini totmagandi.

«Atalanta» esa naq 61 yilni o‘z ichiga olgan katta davrni sovrinsiz o‘tkazdi yakunlangan mavsumning so‘nggi pallalariga qadar. Boz ustiga, bergamoliklar Italiya kubogi finalida Gasperini rahbarligida 3-marta mag‘lubiyatni tan olishdi. Endi o‘ylang, shu jamoa Bundesligada chempionlikni nishonlagan, 361 kun davomida mag‘lubiyat nima ekanligini bilmagan «Bayer»­ga qarshi YEL finalida qanday imkoniyatga ega edi? Hatto ayrim ekspertlar Gasperini finaldagi yana bir mag‘lubiyatni qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rgani, avvaldan shogirdlari ongiga YEL finali natijasi hech qanday ahamiyat kasb etmasligini singdirganini taxmin qilishgacha borishdi. Ularning yakuniy xulosalariga ko‘ra, «Atalanta»ning Dublin finalida maydonga tushishining o‘zi murabbiy uchun o‘ziga xos g‘alaba hisoblanardi. Lekin amalda Gasperini jamoasi bu safar yengilmadi, aksincha, yengilmas raqibini «tiz cho‘ktirdi» vajohat bilan.

*** 

«Atalanta» 2010 yili Antonio Perkassi mulkiga aylangan payt klub «V» seriyada o‘ynardi, qolaversa, maydon va uning tashqarisida muammolar girdobida qolgandi. Jamoa oldidagi dastlabki vazifa elitaga qaytish va mustahkam joy olish edi. Qizig‘i, Perkassi hozir ham har mavsum arafasida asosiy maqsadi jamoaning quyi ligaga tushib ketmasligini ta’minlash ekanligini bot-bot ta’kidlaydi. Uni tushunish qiyin emas - «Atalanta» ovloq provinsiya jamoasi, stadioni atigi 15000 muxlisga mo‘ljallangan. Qolaversa, jamoa asosan futbolchilar transferi orqali kun ko‘radi, to‘g‘ri, yillik daromadi chamasi 200 mln. yevroga yetadi. Umuman, Bergamo klubi moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Italiyaning o‘zida hatto kuchli 20talikdan ham chetda. Shunga qaramay, «Atalanta» oxirgi 5 yilda 3 marta CHLda qatnashdi va bu safar YEL g‘olibiga aylandi tarixda ilk marta. Eng hayratlanarli va e’tirofga loyiq tomoni, Gasperini jamoasi o‘ta dadil, hujumkor o‘yin uslubi evaziga muvaffaqiyat marrasiga qadam qo‘ydi.

*** 

2016 yil oktyabr. «Atalanta»ning «Krotone»ga qarshi o‘yini arafasida klub boshqaruvini qo‘lga olganiga ko‘p bo‘lmagan Jan Pyero Gasperini o‘z uyi yonida notanish kishiga duch keladi. Murabbiy dastlabki 5ta o‘yinda 4ta mag‘lubiyat qayd etilganini nazarda tutib, undan ayovsiz tanqidiy fikrlar kutadi. Lekin o‘sha kimsadan mutlaqo qarama-qarshi fikrlar eshitadi: «G‘oyalaring menga yoqdi. 5ta o‘yindayoq bu yerda muvaffaqiyat qozonishingga amin bo‘ldim». Gasperini keyinchalik o‘z intervyularidan birida bu voqeani alohida eslagandi: «Ochig‘i, o‘sha odam maqtovini kalaka o‘rnida qabul qilgandim. Har holda, u ustimdan kulayotgandek tuyulgandi». «Atalanta» esa «Krotone» ustidan 3:1 hisobida ustun keladi. Gasperinining aytishicha, ayni shu g‘alaba uni muqarrar iste’fodan saqlab qolgandi. Asosiysi, murabbiy shu asnoda chin do‘st topadi: «Keyinchalik o‘sha kishini tasodifan yana uchratdim, u meni mehmondorchilikka chaqirdi va mo‘’jazgina uyida lazzatli rizotto bilan siyladi. Hozir Paolo eng yaqin do‘stlarimdan».

Umuman, Gasperinining samarali faoliyatida muxlislar va Perkassi oilasining qo‘llab-quvvatlashi muhim rol o‘ynadi. Albatta, murabbiyning o‘ziga yuksak ishonchi, tanlagan futbol falsafasiga og‘ishmay amal qilishi ham tahsinga loyiq. Bergamoliklar yakunlangan mavsum «A» seriyada yetakchi beshlikdan joy olib, CHL yo‘llanmasini naqd qildilar. Shuningdek, Italiya kubogida finalgacha ko‘tarilib, «Yuventus»ga 1tagina gol farqi bilan imkoniyatni boy berdilar. Bu - atigi 29 mln. yevroga teng maosh jamg‘armasi bilan faoliyat yuritayotgan tejamkor jamoa uchun o‘ta yaxshi natija. Taqqoslash uchun, «Yuventus»da maosh xarajati 74,1 mln. yevroni tashkil etdi.

*** 

Murabbiyning o‘zi ham qayta-qayta ta’kidlaydi: «Atalanta»ning yuksak parvozi Perkassilar oilasi ko‘magisiz amalga oshmasdi». Oila boshlig‘i to‘qimachilik va kosmetika sanoatida samarali faoliyat yuritayotgan badavlat inson. Biroq 24 yoshida futboldan majburan ketgan sobiq himoyachining hamyoni qimmatbaho futbolchilarni sotib olishni ko‘tarolmaydi. Perkassi barchasini nazarda tutgan holda, o‘ta ehtiyotkorlik va puxta hisob-kitob bilan ish yuritadi. Hozirda futbol klubini shu qadar omilkorlik bilan boshqarish bobida uning oldiga tushadigan funksioner nafaqat Italiya, balki butun Yevropada ham yo‘q. «Atalanta» aynan Perkassining sa’y-harakatlari evaziga uzoq yillardan buyon foyda bilan chiq­yapti, deylik, o‘z stadioniga ham ega bo‘ldi. «A» seriyada atigi 5ta klubda shaxsiy arenasi borligini aytsak, bu katta ish ekanligi oydinlashadi. Perkassi esa endi stadionni UYEFA talablariga javob beradigan darajaga olib chiqishga urinmoqda, ta’mirlash ishlari yangi mavsum boshlanishi arafasida nihoyasiga yetadi. Shu tariqa arena 25000 muxlisni qabul qiladigan holatga keladi.

*** 

Oddiy savol: «Atalanta» cheklangan resurslar sharoitida muvaffaqiyatga qanday erishmoqda? Asosan, yosh iqtidorlarni izlab topish va rivojlantirish evaziga! Italiya­ning boshqa biror klubi transferlar bozorida «Atalanta»chalik sifatli ishlay olmaydi. Perkassi klub prezidenti lavozimida ish boshlagach, avvalo, klubda yosh iqtidorlar uchun zarur shart-sharoit va yaxshi muhit yaratish maqsadida «Komo»dan ko‘pchilikka notanish Fermo Favinini jalb etgandi. O‘sha vaqt bu tanlovga hech kim e’tibor ham qaratmagani rost. Hozir esa Favini boshqaruvidagi «Atalanta» akademiyasi Italiyada eng sermahsul bilim o‘chog‘i hisoblanadi. Gasperini ham klub imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanishga odatlangan. Frank KessiYE, Andrea Konti, Roberto Gal­yardini, Mattia Kaldara va Alessandro Bastoni kabi jamoa sharafini munosib himoya qilgan futbolchilar vaqtida transfer qilingan va bundan g‘aznaga katta mablag‘ tushgan. Shuning barobarida jamoa muhim o‘yinlarda maydonga tushishga ulgurmagan yosh iqtidorlarni pullashga ham usta. Bunga misol tariqasida Deyan Kulushev­ski va Amad Diallo transferini aytish mumkin. Shuningdek, «Atalanta» transferlar bozoridagi aniq ish tizimi ortidan ham katta foyda ko‘radi. Misol uchun, 2022 yilning avgust oyida Avstriyaning «Shturm» klubidan 17 mln. yevroga xarid qilingan Rasmus Xoylund atigi 1 mavsumdan so‘ng «MYU»ga sotildi asl qiymatidan naq 4 baravar qimmatroq bahoda. 

*** 

«Atalanta»ning YELdagi tarixiy zafari klub tizimida shakllangan  uyushqoqlik va omilkorlikdan dalolat, albatta. Asosiysi, dadil uslub bilan rasmiylashtirilgan ulkan g‘alaba futbol olami e’tiborini Bergamoga burib yubordi. Bu «Atalanta» nihoyat, qit’aning eng sara klublari qatoridan joy olganini anglatadi. Gasperinini endi Xosep Gvardiola, Yurgen Klopp va Karlo Anchelotti qatorida e’tirof etishmoqda. Bunda «Atalanta» va «Manchester Siti», «Liverpul» yoki «Real»ning moliyaviy imkoniyatlari ham taqqoslanmoqda. Xullas, «Atalanta» futbol pulga ko‘milgan davrda ulkan kubokni qo‘lga kiritish asnosida barchaga namuna uslubni namo­yish etdi. Ha, qalovini topsang, qor ham yonadi!

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:27, 30.06.2024. O'qildi: 814 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.