Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 5 15
2 Bunyodkor 6 13
3 Paxtakor 5 12
4 Navbahor 6 12
5 Nasaf 6 11
6 Buxoro 5 10
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 6 8
10 Dinamo 6 7
11 Andijon 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Qizilqum 5 6
14 OKMK 6 5
15 So‘g‘diyona 6 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor
6-тур Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
6-тур OKMK 1-1 Surxon
6-тур Dinamo 2-1 So‘g‘diyona

Navbatdagi o'yinlar.

09/04/26 Neftchi - Paxtakor
09/04/26 Buxoro - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Aleksandr Xomyakov: Oldindagi tanaffus bizning foydamizga ishlaydi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

Superligada 17-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Andijon" jamoasi bu tur Qarshida "Nasaf" mehmoni bo‘ldi va 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Nasaf"ni ishonchli g‘alaba bilan tabriklayman. Butun o‘yin davomida hammasini nazorat qilishdi. Birinchi bo‘limdagi tezkor gol ortidan urilgan gol g‘alabaga katta hisssa qo‘shdi.

Birinchi davrada "Andijon" juda yaxshi o‘ynadi, ammo ikkinchi davrada biroz pasayish bor?!

Sabablar ko‘p. Hamma ko‘rib turibdi. Aniq biror narsani aytgim yo‘q. Ularni bartaraf etishni hozircha uddalay olmayapmiz. Solishtirishning foydasi yo‘q. Aktivlik kamaygani, ishonch yo‘qolgani va ko‘p gol o‘tkazib yuborayotgani bor gap.

Bugun "Andijon" juda charchagan xolda ko‘rildi?!

Bunday demagan bo‘lar edim. 5-daqiqada gol o‘tkazib yubordik. Ikkita uzatma, ikkita gol. Mutaxassislar hammasini ko‘rib turibdi. Shuning uchun, 2:0 hisobida bunday jamoa bilan kurashish oson emas. Jang qildik, ammo o‘xshamadi. Adolatli natija bo‘ldi. Demak, hammasi shunday bo‘lishi kerak ekan.

"Andijon"dan chempionatda yaxshi ishtirok etishini kutishimiz mumkinmi?

Bizda boshqa variant yo‘q. Bugun ham g‘alabaga qozonish uchun chiqmoqchi edik. Imkoniyatimizdan qat’iy nazar, 3 ochko uchun maydonga chiqdik. Nima evaziga g‘alaba qozonishimiz kerakligini ham yaxshi bilar edik. Afsuski, 5-daqiqada o‘tkazib yubrogan golimiz rejalarimizda yo‘q edi. Bilaman, o‘yinlar oz qolmoqda.

Birinchi davra yakunida eyforiyaga berildik, ammo ikkinchi davrada vaziyat o‘zgarib ketdi. Vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilamiz.

O‘yindagi inqirozni yengib o‘tish uchun "Andijon" autsayderga aylanib qolishidan qo‘rqmaysizmi?

Tanaffus chog‘ida bizda o‘zimizga kelish uchun yetarli vaqt bo‘ladi. Ruhiy xolatimizni yaxshilashga harakat qilamiz. Natija uchun yetmayotgan aspektlarda ishlaymiz. O‘ylashimcha, yuzaga kelayotgan pauza bizni foydamizga xizmat qiladi.

Kiritildi: 07:44, 26.08.2024. O'qildi: 838 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 Сурхон Chinedu Stefan 4
3 Пахтакор Doston Hamdamov 3
4 Нефтчи Alisher Odilov 3
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
6 Нефтчи Zoran Marushich 3
7 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
8 ОКМК Abror Karimov 2
9 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
10 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик