Bugun 23 may, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 22.05.2026 23:45
      • Fiorentina
      • 1:1
      • Atalanta
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jorjinyo: «Futboldan abadiy qarzdorman»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Moziy yulduzlari
Rukn: Intervyular
A A A

Jorjinyo (Jorje de Amorim Oliveyra Kampos) «Bavariya» libosini kiygan jahon darajasidagi braziliyalik yulduzlar orasida «qaldirg‘och» hisoblanadi.

 Rio-de-Janeyro ko‘cha futbolidan jahon chempionati taxtigacha yo‘l - ajib futbol sayohati! Buni kuzatganlar futbol Jorjinyo uchun oddiy o‘yin emas, hayot mazmuniga aylanganini yaxshi bilishadi. 17 avgust kuni 60 yoshini nishonlagan buyuk chempion yubileyidan sal oldin «51» jurnaliga katta intervyu berdi. Suhbat jarayonida jumladan, Germaniya va Frans Bekkenbauer braziliya­-lik chapani yigitni qay yo‘sinda abadiy shakllantirgani haqida so‘z bordi.

- Jorjinyo, «Bavariya» muxlislari 1994 yilning may oyida urgan golingizni nishonlashda vafot etganiga ko‘p bo‘lmagan «Formula-1» chempioni Ayrton Sennani xotirlaganingizni hali ham eslashadi. O‘shanda bu g‘oya o‘z-o‘zidan tug‘ilganmidi yoki...?

- Sennaning o‘limi shaxsan meni qattiq qayg‘uga solgandi. Axir u barcha braziliyaliklar uchun chin kumir edi. Lekin o‘sha oqshom «Shalke» darvozasiga gol urishni o‘ylamagandim. Har holda, o‘yingacha ham zarba yo‘llashdan ko‘ra, uzatma berish ustida ko‘proq ishladim. Kechagidek esimda, raqib Bruno Lubbadiya zarbasiga «blok» qo‘ygach, to‘p shundoq oyog‘im ostiga tushdi. Shunda biroz ikkilandim, lekin zaifroq sanalgan chap oyog‘imda zarba yo‘lladim, baribir. Muhimi, hammasi chiroyli chiqdi va to‘p darvoza burchagiga bordi. Keyin birdan Ayrton Sennani esladim va uning sharafiga qarsak chaldim.

- Hozir «Bavariya» haqida o‘ylaganingizda, miyangizda qanday tasvirlar aylanadi?

- Birinchi navbatda, ko‘z o‘ngimga Frans Bekkenbauer qiyofasi keladi. U mavsum-1993|1994ning ikkinchi yarmida murabbiy sifatida ishga kirishgandi - unutilmas davrlar! Frans darhol barchasini butunlay o‘zgartirdi. Xususan, kiyinish xonasi muhiti birdan keskin yaxshilandi. Qisqasi, Bekkenbauer qo‘l ostida maydonda chinakamiga yayraganmiz. Shuning uchun faoliyatimning «Bavariya»da o‘tgan 2,5 yilini eslasam, avvalo, xayolimga Kayzer bilan 6 oy birga ishlaganim keladi.

- «Bavariya»da 30 yil oldin javlon urgansiz. Myunxen grandiga hozir qanday munosabatdasiz?

- O‘tgan yili turmush o‘rtog‘im bilan ikki haftacha Myunxenda bo‘ldik. Aloqalar uzilmagan, asosan Stars4Kids jam­g‘armasi tufayli. Ayni payt «Bavariya»dan tashqari, Germaniyaning boshqa ko‘plab klublari ham bu ishimizni qo‘llab-quvvatlamoqda. Umuman, har doim aytaman: Germaniya - bu men uchun ikkinchi vatan.

- Rio-de-Janeyrodagi uyin­gizda hali ham charm shimingiz bormi?

- Yo‘q, lekin o‘sha davrdan suratlar qolgan - ajoyib xotira. Avvaliga charm shim kiyish biroz g‘alati tuyulgan, lekin keyinchalik unda o‘zimni juda qulay his qilganman.

- Nemis tilini yoddan chiqarmabsiz...

- Mahalliy tilni o‘rganishim muhim edi. Shuningdek, Germaniya madaniyati bilan tanishish ham. Umuman, nemislar yurtida ko‘p narsa o‘rgandim, chunki nafaqat jamoadoshlar, balki oddiy insonlar bilan ham muloqotga kirishishni xush ko‘rardim. Qisqasi, ko‘plab germaniyaliklarning uylarida bo‘ldim, qanday yashashlarini ko‘rdim. Bu dunyoqarashimni kengaytirdi. Ayniqsa, nemislar urushdan keyin mamlakatni qanday tiklashgani meni hayratda qoldirdi. Ushbu bukilmas mentalitet nemis futbolida ham aks etadi. 1993 yili Braziliya termasi safida bundestimga qarshi o‘ynaganman. Tanaffusga 3:0 hisobida chiqqandik, ammo yakunda 3:3 bo‘ldi. Bu - nemischa xarakter!

- Rio-de-Janeyroda murakkab sharoitda ulg‘aygansiz. Futbol hayotingizni butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkinligini o‘ylaganmidingiz?

- Ha, faqat futbol tufayli shu darajaga yetdim. Ham futbolchi, ham murabbiy sifatida katta muvaffaqiyatlarga erishdim. Ammo futbol menga asosiysi g‘alaba emasligini ham ko‘rsatdi. Deylik, murabbiylikda futbolchilarga maydondan tashqaridagi hayot uchun ham nimadir berishim juda muhim. Xuddi Bekkenbauer menga bergani kabi. Ba’zan u meni quchoqlab, qulog‘imga shivirlardi: «Nima haqda o‘ylayapsan, qanday muammong bor?» Har bir futbolchi faoliyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan muhim shaxs bo‘ladi. Men barchasini Bekkenbauerdan o‘rgandim, u hayotimda chuqur iz qoldirdi. Afsuski, o‘limidan oldin oldiga boroldim. Frans kamdan-kam holatda qattiqqo‘l bo‘lardi.

- Aynan qaysi paytda?

- Masalan, «Shalke» bilan o‘yin arafasida yuz bergan voqelikni aytishim mumkin. U kiyinish xonasida menga g‘azabnok nigoh tashladi, chunki bir necha kun oldin xalqaro o‘yin uchun Braziliyaga borgandim garchi murabbiy Myunxenda qolishimni xohlagan bo‘lsada. Safardan juma kuni kechqurun holdan toygan holatda qayt­dim va Frans shanba kuni meni zaxirada qoldirdi. 20-daqiqada Diter Frey jarohatlangach, murabbiy maydonga tushishimni buyurdi. Shunda faoliyatimdagi eng esda qolarli golni urdim.

- Agar futbol bo‘lmaganida, Jorjinyo nima qilardi?

- Otam 10 yoshimda vafot etgan, akalarimdan biri ichkilikka ruju qo‘ygan, ikkinchisi giyohvand edi. O‘zim ham yoshligimda ancha-muncha noo‘rin ishlarga qo‘l urganman. Masalan, 15 yoshda chekishni boshlagandim, xayriyatki, 2 yildan keyin butunlay tashlaganman. Hamon aniq esimda, karnavaldan keyin o‘sha vaqtdagi mahbubam, hozirgi turmush o‘rtog‘imga boshqa hech qachon labimga sigareta olmaslik haqida va’da bergandim. Futbolchi bo‘lish ishtiyoqidan kuch olib, yomon illatlardan qutulganim - ayni haqiqat. Futbol tufayli yana intizomni ham o‘rgandim.

- «Bavariya»da, shundaymi?

- Ha, Erix Ribbek har doim bizni o‘yindan keyingi kuni atigi 5 daqiqada 1 kilometr yugurishga majburlardi. Bir safar e’tiroz bildirdim: «Murabbiy, yo‘q, bunchalik tez yugurolmayman. O‘zi kecha ko‘p ter to‘kdim, juda charchadim». Ammo Ribbek hamma bir xil sharoitda ekanligini aytib, yengillik bermadi. Shu asnoda intizomni o‘rgandim, qolaversa, boshqalarga hamisha hurmat bilan qarashni ham. Yana mashaqqatsiz g‘alaba kelmasligi, mag‘lubiyatdan ke­yin ham yo‘lingizda davom etishingiz kerakligini angladim. Endi Rio-de-Janeyroda ochilgan shaxsiy jamg‘armam vositasida bolalar va yoshlarga ayni shularni yetkazishga harakat qilyapmiz. Uning nomi - Bola pra Frente, ya’ni «To‘p bilan oldinga». 6-17 yoshli 500 nafar bola turli kurslarga qatnaydi. Maqsad - bolalarni giyohvand moddalar va jinoyat olami domidan asrash. Yoshligimda ko‘plab do‘stlarimni yo‘qotganman, shuning uchun bu loyiha yuragimga juda yaqin.

- Kurslarga yozilgan bolalar futbol bilan ham shug‘ullanishadimi?

- Albatta, ammo jamg‘armamizning asl vazifasi futbolchilar emas, balki odamlarni rivojlantirishdir.

- Xo‘sh, kelajakni qanday ko‘ryapsiz?

- Hali nafaqaga chiqmoqchi emasman. Yaqinda Tailandning «Buriram» klubi bilan chempionlikka erishdim. Mutlaqo sog‘lomman va kun kelib, Germaniyada ham murabbiy sifatida ishlash orzusidaman.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:30, 31.08.2024. O'qildi: 2078 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик