Italiya chempionatining 4-turi doirasida «Milan» o‘z maydonida «Venesiya»ni qabul qilib, yarim soat ichida o‘yin taqdirini hal qilib qo‘ydi.
Bahsning 2-daqiqasidayoq Teo Ernandes hisobni ochgan bo‘lsa, 16-daqiqada Fofana farqni oshirdi. Uchrashuvning 25 va 29-daqiqalarida belgilangan penaltilarni Pulishich va Abraxam aniq amalga oshirib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘yishdi.
Uchrashuvning qolgan daqiqalarida muxlislar gol ko‘rishmadi. Shu tariqa, "Milan" mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi va o‘z ochkolarini 5 taga yetkazib, jadvalda vaqtincha bo‘lsa-da 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Milan – Venesiya 4:0 (4:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 2 Teo, 2:0 – 16 Fofana, 3:0 – 25, penalti Pulishich, 4:0 – 29, penalti Abraxam.
Milan – Menyan, Teo, Pavlovich, Gabbiya, Emerson, Loftus-CHik, Fofana (Dzeroli, 79), Reynders (Okafor, 63), Pulishich (Chukvueze, 79), Rafael Leau (Morata, 64), Abraxam (Musa, 74).
Venesiya – Yoronen, Dzampano (Karboni, 89), Kandela, Idzes, Svoboda, Shingtiyenne, Buzio (Andersen, 79), Nikolussi-Kavilya, Dankan (Dumbiya, 64), Oristanio (Yeboa, 64), Poxyanpalo (Raymondo, 79).
Ogohlantirishlar: Shingtiyenne (28), Gabbiya (38), Nikolussi-Kavilya (67).
Chetlatish: Nikolussi-Kavilya (73).