Yevropa Ligasining 1-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 26 sentyabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Roma” ilk turda “Atletik”ni qabul qildi. Uchrashuvning 32-daqiqasida Artyom Dovbik rimliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim 1:0 hisobi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda ham Rim jamoasi ustunlik qildi. Biroq 85-daqiqada esa Paredes hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa uchrashuv 1:1 hisobi bilan yakunlandi.
Qayd etib o‘tish joiz, 81-daqiqada Eldor Shomurodov Dovbik o‘rniga maydonga tushirildi.