Bugun 13 noyabr, 2025 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 31
2 Barselona 12 28
3 Vilyarreal 12 26
4 Atletiko 12 25
5 Betis 12 20
6 Espanyol 12 18
7 Atletik Bilbao 12 17
8 Xetafe 12 17
9 Sevilya 12 16
10 Alaves 12 15
11 Elche 12 15
12 Rayo Valyekano 12 15
13 Selta 12 13
14 Real Sosyedad 12 13
15 Malyorka 12 12
16 Osasuna 12 11
17 Valensiya 12 10
18 Jirona 12 10
19 Levante 12 9
20 Real Ovyedo 12 8

O'tgan o'yinlar.

12-тур Elche 1-1 Real Sosyedad
12-тур Jirona 1-0 Alaves
12-тур Sevilya 1-0 Osasuna
12-тур Atletiko 3-1 Levante
12-тур Espanyol 0-2 Vilyarreal
12-тур Atletik Bilbao 1-0 Real Ovyedo
12-тур Rayo Valyekano 0-0 Real Madrid
12-тур Malyorka 1-0 Xetafe
12-тур Valensiya 1-1 Betis
12-тур Selta 2-4 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 Valensiya - Levante
22/11/25 Alaves - Selta
22/11/25 Barselona - Atletik Bilbao
22/11/25 Osasuna - Real Sosyedad
23/11/25 Vilyarreal - Malyorka
23/11/25 Real Ovyedo - Rayo Valyekano
23/11/25 Betis - Jirona
23/11/25 Xetafe - Atletiko
24/11/25 Elche - Real Madrid
25/11/25 Espanyol - Sevilya

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 9966 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3090 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Rafinya: «Barselona»ning minimal vazifasi – CHL kubogi!»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Barselona» CHLning yangi mavsumini Fransiyada «Monako»ga qarshi o‘yin va mag‘lubiyat bilan boshladi.

La Ligadagi yorqin start esa Kataloniya klubi nihoyat, avvalgi darajasi sari dadil qadam tashlay boshlaganidan dalolat, baribir. Tabiiyki, bunda yangi bosh murabbiy Xans-Diter Flikning xizmati katta. Germaniyalik mutaxassis klub boshqaruvini qo‘lga olishi bilan umidli, lekin oxirgi mavsumlar o‘yin bobida umidsizlikka tushgan bir qator futbolchilarning ishlari yurishib ketdi. Jumladan, birdan samarali o‘ynab ketgan braziliyalik vinger Rafinya Dias La Liganing avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. RAC1 telekanali jurnalistlari jiddiy ko‘tarilishni inobatga olgan holda, Rafinyani suhbatga chorlashdi hamda ijobiy o‘zgarish negiziga qiziqishdi...

«Barselona»dan ketish xayoli

- Tan olishim kerak, orada «Barselona»dan ketish haqida o‘ylaganim rost. Zero, klubdagi dastlabki 6 oy nafaqat men, balki oilam uchun ham juda murakkab o‘tdi. Faqat JCH-2022dan keyin barchasi biroz osonlashdi va o‘sha mavsumni nisbatan yaxshi yakunladim. Shu tariqa xotirjamlik keldi, lekin boshida rosa qiynaldim, ayniqsa, yangi muhitga moslashish masalasida. Aslida nima qilish kerakligini bilardim, lekin hammasi shu darajada murakkab tus olishi mumkinligini sira o‘ylamagandim. Buning ta’sirida ma’lum muddat miyamni ketish haqidagi xayollar chulg‘ab oldi. Tushunarliki, «Barselona» - grand jamoa. Shunday ekan, yangi futbolchining klub tizimiga birdan kirishib ketishi qiyin, albatta. Qisqasi, boshida ayrim muammolarga sira ko‘nikolmadim, muhimi, qiyinchiliklar tezda chekindi. Ha, joriy mavsum boshida ham jamoadan ketishim haqida mish-mishlar tarqaldi, lekin bu oddiy holat. Zero, zamonaviy futbolda har kuni turli yangiliklar paydo bo‘ladi, asossizlari esa oxir-oqibat, hammani zeriktiradi. Ayni payt faqat «Barselona»dagi istiqbolim haqida bosh qotiryapman. Har mavsum avvalgisiga nisbatan yaxshiroq ishlash va shu jamoada uzoq yillar o‘ynashga qodir ekanligimni isbotlashni xohlayman. Tushunarliki, boshqa klublardan yetarlicha takliflar oldim, lekin hozirda men uchun eng maqbul variant - bu «Barselona»ning ajralmas qismiga aylanish. 

Sardorlik bog‘ichi 

- OAVda nogahon jamoadan ketayotganingiz, chunki rahbariyat sizga ortiq ishonmayotgani haqida o‘qiysiz. Yoki matbuotda siz haqingizda qandaydir salbiy fikrlar yozishadi. Shularni nazarda tutgan holda, «Barselona»da sardorlar qatoriga qo‘shilishim mumkinligini aslo o‘ylamagandim. Amalda shunday maqomga munosib ko‘rildim - bu juda hayajonli va menga katta ishonch bag‘ishladi.

Flik vs Xavi

- Hozir jismoniy tayyorgarlikka biroz ko‘proq vaqt ajratilyapti. Umuman, har bir murabbiyda o‘ziga xos ish uslubi bor. Xavi ham aniq g‘oyaga ega edi, ya’ni to‘p nazoratiga ko‘p e’tibor qaratardi. Flikning yondashuvi esa biroz boshqacha. Uning fikricha, kuchli jismoniy faollik jamoaga ko‘proq foyda keltiradi va natija ham beradi.

Yangi mavsum uchun vazifalar

- Minimal vazifa - CHLda g‘alaba qozonish. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas. «Barselona»da o‘ynash maqsadingiz barcha sovrinlarni qo‘lga kiritish ekanligini anglatadi. Agar shunday klubda bo‘lsangiz va g‘alabalar haqida o‘ylamasangiz, unda o‘sishga erisholmaysiz.

Futbolchilikning murakkab tomoni

- Yashirmayman, ba’zi paytlar hammasidan voz kechish, futboldan butunlay ketish va oddiy odamlardek yashashni xohlaganman. Binobarin, bu yo‘nalish katta sabr talab etadi. Deylik, kechqurun charchagan holda uyga qaytasiz va ertasi kuni yana mashg‘ulotlarga borishingiz kerak, shunda boshqa ishlarga vaqt ajratolmasligingizni o‘ylab, beixtiyor siqilasiz. Yashirmayman, bunday holatlarda ko‘p marta  yig‘laganman, hattoki, «Barselona»da ham. Hozirgacha ruhshunos bilan ishlayman, chunki bu juda muhim. Axir tushkunlikka tushib, hammasidan voz kechib yuborish hech gap emas…

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:45, 27.09.2024. O'qildi: 1020 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 7
3 Атлетико Xulian Alvares 7
4 Леванте Karl Etta-Eyong 6
5 Мальорка Vedat Muriki 6
6 Барселона Ferran Torres 5
7 Бетис Kucho Ernandes 5
8 Сельта Borxa Iglesias 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.