Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • -:-
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • -:-
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Superliga va Pro liga oxirgi turidagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi: 6 ta to‘g‘ri, bitta noto‘g‘ri qaror (video)

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Hakamlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Joriy yilning 28 sentyabr sanasida Superliga 2024 yilgi mavsumning 20-turi yakuniga yetdi. Shuningdek, 24 sentyabr sanasida Pro ligada 21-tur nihoyasiga yetdi. O‘zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur uchrashuvlar tugagach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Bu bellashuvlarda Superligada jami oltita, Pro ligada esa bitta bahsli vaziyat yuzaga keldi.  

Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin:

1-vaziyat. Pro liga, «Do‘stlik» - «Mash’al» bahsi: bahsli penalti.

«Do‘stlik» - «Mash’al» uchrashuvining 90+4-daqiqasida mezbonlarning 17-raqamli a’zosi raqib jarima maydoniga yorib kirdi va himoyachi tomonidan to‘xtatib qolindi. Bosh hakam Rustam Choriyev bu vaziyatda bahsni davom ettirdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur holatda futbolchiga nisbatan qo‘pollik ishlatilgan. Himoyachi to‘pga emas, raqibining oyog‘iga o‘ynagan. Bu kabi hollarda penalti belgilanishi lozim. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini noto‘g‘ri, deb hisoblaydi.



2-vaziyat. «Andijon» - «Neftchi» qarama-qarshiligi: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.


«Andijon» - «Neftchi» uchrashuvining 35-daqiqasida mezbonlar qulay vaziyatga ega bo‘ldi. Mazkur holatda to‘p dastlab mehmonlarning 99-raqamli vakilining son qismidan 55-raqamli futbolchining qo‘liga borib tegdi va maydonga qaytdi. Bosh hakam Nayim Qosimov vaziyat penalti uchun yetarli emasligini qayd etdi va bahsni davom ettirdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashmasdan to‘g‘ri qilgan. To‘p futbolchining jamoadoshining son qismidan kelgan. Qolaversa, qo‘l tabiiy va tanaga yopishgan tarzda turibdi. Bu kabi hollarda 11 metrlik jarima zarbasi belgilanmaydi. Shu tufayli, Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

3-vaziyat. «Dinamo» - «Surxon» qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.

«Dinamo» - «Surxon» uchrashuvining 44-daqiqasida mehmonlarning 7-raqamli futbolchisi samarqandliklarning 10-raqamli a’zosiga qarshi qo‘pol harakat qildi. Bosh hakam Ahrol Risqullayev dastlab futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatdi. VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach esa referi qarorni qizil kartochkaga o‘zgartirdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to‘g‘ri aralashgan. Futbolchi butsasining tag qismi bilan raqib oyog‘ining himoyalanmagan qismiga zarba berdi. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to‘g‘ri, deb topdi.



4-vaziyat: «Dinamo» - «Surxon» o‘yini: bahsli penalti.


«Dinamo» - «Surxon» uchrashuvining 90+4-daqiqasida mezbonlarning 10-raqamli a’zosi raqib jarima maydoniga yorib kirdi, so‘ng himoyachilar tomonidan zararsizlantirildi. Bosh hakam Ahrol Risqullayev bu vaziyatda penalti yo‘qligini qayd etdi va bahsni davom ettirdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashmasdan to‘g‘ri qilgan, himoyachi raqibga nisbatan qo‘pollik ishlatmagan. U raqibiga qarshilik ko‘rsatgan, ammo bu muvozanat yo‘qotish uchun yetarli emas. Penalti belgilash uchun asos yo‘q. Komissiya hakamlarning qarori to‘g‘ri ekanini ma’lum qiladi.



5-vaziyat. OKMK - «Lokomotiv» qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.


OKMK - «Lokomotiv» uchrashuvining 90+4-daqiqasida mezbonlarning 18-raqamli futbolchisi toshkentliklarning 6-raqamli a’zosiga nisbatan qo‘pol harakat qildi. Bosh hakam Doston Mirzarayimov dastlab futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatdi. VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach esa referi qarorni qizil kartochkaga o‘zgartirdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to‘g‘ri aralashgan. Futbolchi butsasining tag qismi bilan raqib oyog‘ining himoyalanmagan qismiga zarba berdi. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to‘g‘ri, deb topdi.



6-vaziyat. OKMK - «Lokomotiv» to‘qnashuvi: mehmonlarning goli.


OKMK - «Lokomotiv» uchrashuvining 90+7-daqiqasida mehmonlar gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq bosh hakam Doston Mirzarayimov monitor orqali holatni o‘rgangach, fol qayd etilganini ma’lum qildi va golni inobatga olmadi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashib, to‘g‘ri qilgan. Mehmonlarning 4-raqamli futbolchisi o‘zaro kurashdan so‘ng jamoadosh darvozaboni bilan himoyachiga qo‘pol tarzda harakat qildi. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori to‘g‘ri, deb topildi.



7-vaziyat. «Bunyodkor» - «Nasaf» qarama-qarshiligi: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.


«Bunyodkor» - «Nasaf» uchrashuvining 58-daqiqasida mehmonlar qulay vaziyatga ega bo‘ldi va shu holatda to‘p mezbonlarning 6-raqamli futbolchisiga tegib, o‘yinga qaytdi. Bosh hakam Olim To‘ychiboyev monitor yoniga borib, holatni o‘rganganidan so‘ng to‘p qo‘lga tekkanini qayd etdi va nuqtaga ishora qildi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashib, to‘g‘ri qilgan. Qo‘l tabiiy tarzda turgani yo‘q va zarba berilgandan so‘ng to‘pga nisbatan harakat bo‘lgan. Shu tufayli, Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

Manba: uzfhm.uz
Kiritildi: 15:35, 30.09.2024. O'qildi: 2144 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик