Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Selta 0-0 Malyorka
25-тур Xetafe 0-0 Sevilya
25-тур Vilyarreal 0-0 Valensiya
25-тур Barselona 0-0 Levante
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Salomon Rondon: "JCH chiptasi - katta natija, shubhasiz"

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«El-Gladiador» laqabi bilan tanilgan Salomon Rondon Venesuela milliy jamoasi bilan JCH-2026 saralashidan muvaffaqiyatni o‘tib, mamlakat futboli tarixiga kirishdan umidvor.

35 yoshli tolmas hujumchi ayni payt 43ta goli bilan La Vinotinto(Venesuela termasi laqabi) hayotidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi. U jumladan, JCH uchun kvalifikasion o‘yinlarda raqiblar darvozasini 13 marta nishonga olgan (bunisi ham Venesuela futbolida eng yuqori natija). Venesuelaliklar 15 oktyabr kuni Braziliya milliy jamoa­sini qabul qilishdi. Mamlakat futbolining afsonaviy hujumchisi shu murakkab va muhim o‘yin oldidan FIFA rasmiy saytining intervyu bo‘yicha so‘rovini rad etgani yo‘q. Rondon suhbat davomida bu safar jamoa­si bilan jahon futbol forumiga yo‘l olishga jiddiy bel bog‘laganini dangal tilga oldi. Binobarin, Janubiy Amerikadagi saralash guruhida 10ta ishtirokchi orasida 7-o‘rinni band etgan jamoada ham har to‘rt yillikning asosiy musobaqasiga yo‘llanma olish imkoniyati saqlanib qoladi. 

- Venesuela milliy termasi o‘z tarixida ilk marta JCHga chiqish uchun chinakamiga kurashayotgan pallada jamoa yetakchisi sifatida qanday his-tuyg‘ularga egasiz?

- Albatta, jahon chempionatiga yo‘l ochish barchamiz uchun azaliy orzu sanaladi. Jumladan, o‘tmishda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan faxriylar ham bizdan mundial chiptasini kutishmoqda. O‘ylaymanki, jahon arenasiga chiqishimiz kelajak avlodga ham yaxshigina turtki beradi. Shuning uchun terma jamoamiz JCHda ilk marta qatnashishini ta’minlash yo‘lida borimizni berishimiz shart. Ha, oldin ham jamoamiz saralash bosqichida yaxshi natijalarga erishgan, ba’zan mundialga juda yaqin kelgan, ammo haligacha marraga yetolmaganmiz. Menimcha, dunyodagi eng murakkab kvalifikasion guruh KONMEBOL hududida. Bosim juda baland, shunga qaramay, nihoyat, muvaffaqiyat qozonishimizga ishonyapman. Yigitlarimiz azaliy orzudan og‘ishmasa, bas. Hozir chindan ham, kuchli hayajondamiz, zero, JCH-2026 chiptasini qo‘lga kiritish uchun real imkoniyatga egamiz.

- Yoshlarga namuna va chin yetakchi sifatida zimmangizga katta mas’uliyat olgansiz. Bu g‘alabalardan zavqlanishni cheklab qo‘ymayaptimi?

- Ma’lum vaqtdan buyon terma jamoa safida eng ko‘p o‘ynagan faxriy futbolchilardan biriman. Ha, mas’uliyat katta, lekin yaxshi lahzalardan boricha rohatlanishga o‘rganganman. Bunday yoshda futbolda siz uchun vaqt juda oz qolganini tabiiy ravishda tushunasiz va har bir yoqimli lahzani boshqacha qadrlaysiz o‘z-o‘zidan. Vaqt hech kimni kutib turmasligini esa to‘g‘ri qabul qilish muhim. Aks holda, ruhiy tang­lik sizni qiyin ahvolga solib qo‘yishi hech gap emas. To‘g‘ri, o‘yinlarda katta mas’uliyat yuki yaqqol sezilib turadi. Deylik, yoshlar oldida to‘pni yo‘qotish yoki qandaydir xato qilishga umuman haqqingiz yo‘q. Ayniqsa, Janubiy Amerika hududidagi saralash kampaniyasi juda shafqatsiz. Kichik bir xato ham qimmatga tushadi. Xayriyatki, o‘yinlar orasida biroz chalg‘ish imkoni bor, ammo mashg‘ulotlar har doim qizg‘in. Bu jarayonga shunchaki, moslashishingiz kerak, aks holda, izdan chiqib ketasiz. Muhimi, shunday murakkabliklar aro tajriba to‘plash barobarida g‘alabalardan zavqlanishni o‘rganasiz. Lekin hamisha tezda e’tiborni keyingi o‘yinlarga qaratish talab etiladi, chunki guruh taqvimi juda tig‘iz.

- Xuan Arango, Xorxe Alberto Roxas va Luis Vallenilya - bular hech qachon jahon chempionatini ko‘rmagan mamlakat qahramonlari. Shunday ekan, sizlarda mundial chiptasini yutib, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirish imkoni ham bor.

- Qaytaraman, nafaqat o‘zimiz, balki bizdan oldin o‘ynaganlar va kelajak avlod uchun ham Venesuela termasini jahon chempionatiga olib chiqishimiz darkorligini yaxshi anglab turibmiz. Ha, Venesuela tarixida katta obro‘ orttirgan chin afsonaviy futbolchilar bor. Bir tomondan, mamlakatimiz yulduzlarining sa’y-harakatlari shu vaqtga qadar hamma kutgan natija keltirmaganidan afsuslanish mumkin. Lekin hozir bularni o‘ylab, siqilib o‘tirishdan zarracha naf yo‘q. Yaxshisi, marradan ko‘z uzmasdan olg‘a borishga intilish kerak. Xullas, JCH yo‘llanmasi - biz uchun eng katta ambisiyalardan biri. Agar menga mundialda o‘ynash nasib etsa, bu faoliyatim uchun tort ustiga qo‘yilgan olcha kabi bo‘lardi. Umuman, jahon chempionatiga chiqish va  final raundida dunyoning eng kuchli milliy jamoalariga qarshi maydonga tushish mamlakatimiz futboli uchun misli ko‘rilmagan yutuq sanaladi. Bunga birinchi bo‘lib erishgan futbolchilar esa xotiralarda uzoq yashashadi, shubhasiz.

- Saralash bosqichi yakuniga qadar 8ta tur qolgan pallada Venesuela termasi JCH-2026ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma beruvchi 6-o‘rindagi jamoadan 2 ochko ortda qolmoqda. Voqealar rivojini qanday tasavvur qilyapsiz?

- Ha, ixtiyorimizda hali yana 8ta o‘yin bor. Hozirgi holat bo‘yicha qit’alararo «pley-off» hududiga chiqishimizga atigi 1 ochko yetishmayapti. Muhimi, hammasi oldinda. Ke­yingi ikki turda avvaliga Braziliya termasi bilan o‘z uyimizda uchrashamiz, keyin Chiliga boramiz. Avvalo, shu ikki uchrashuvda imkon qadar ijobiy natija qayd etishga e’tibor qaratish zarur. Umuman, har bir o‘yinda g‘alabani ko‘zlash muhim, chunki jahon chempionatiga borishning yagona yo‘li shu. Ha, bunga qadar Braziliyadan bebaho ochko bilan qaytdik, ammo agar qolgan 8ta uchrashuvning 4-5tasida g‘alaba qozonmasak, oldingi o‘yinlar va to‘plangan ochkolar miqdori hech narsani anglatmaydi. Oddiy aytganda, har bir o‘yinda maksimal ochko yo‘lida jang qilishimiz va jadvalda iloji boricha yuqoriga ko‘tarilishimiz darkor.

- Braziliya termasiga qar-shi o‘yinni qo‘shib hisoblasak, o‘z maydoninglarda yana 4ta bahs bor. Joriy saralashga qarasak, «Monumental de Maturin» stadio­nida hali mag‘lubiyatga uchramadinglar. Demak, arenadagi muhit ham sizlarga o‘zgacha quvvat bag‘ishlamoqda...

- «Monumental»dagi atmosferani ta’riflashga til ojiz. Muxlislarimiz butun saralash kampaniyasi davomida bizni chinakamiga qo‘llab-quvvatlab keldilar - bu chindan ham, juda muhim va ta’sirchan. Endi muxlislar ishonchini yanada mustahkamlashimiz shart. To‘g‘ri, o‘z maydonimizda hali yutqazmadik va yagona golni ham so‘ng­gi uchrashuvda qo‘yib yubordik. Ammo statistikaga yopishib olish yaramaydi. Qolaversa, uy uchrashuvlari natijalarining o‘zi bilan ish bitmaydi. Demoqchimanki, safar bahslarida ham raqobatlashish darajasini oshirish va g‘alaba qozonishimiz zarur. Hozir KONMEBOL zonasida turli qiyinchiliklarga yuz tutgan jamoalar bor va bundan jo­yida foydalanib qolishimiz talab etiladi. Ha, o‘z maydonimizda qaysi raqiblar bilan o‘ynashdan qat’iy nazar, 100 foizlik natija ko‘rsatishimiz muhim, lekin safar bahslarini ham unutmaslik kerak. Boya aytganimdek, jahon chempionatiga chiqishning yagona yo‘li bor - o‘yinlarda imkon qadar ko‘proq g‘alaba qozonish. Venesuelaga keladigan har bir jamoani xuddi Chili termasini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratganimiz kabi murakkab holatga solib qo‘yish qo‘limizdan kelishini bilamiz. Shunday muvaffaqiyatlar jamoaga ruhiy rag‘bat berishi tayin.

- Umuman, aytinchi, JCHda ishtirok etish shaxsan o‘zingiz uchun nimani anglatadi?

- Shaxsiy darajada gapirsak, JCHda o‘ynash har qanday futbolchi uchun eng yuqori marra hisoblanadi. Venesuela termasining tarixda bu turnir yuzini hali ko‘rmaganini hisobga olsak, chipta men uchun bebaho ekanligi tayin.

- Oxirgi savol: jahon chempionatiga daxldor eng yoqimli xotiralaringiz qanday?

- Braziliya termasi g‘olib chiqqan JCH-2002 lahzalari miyamga abadiy muhrlangan. O‘shanda ayniqsa, Ronaldo kuchli taassurot uyg‘otgandi. «So‘yloq»ning finalda urgan 2ta golini hali ham kechagidek eslayman...

------------------------------------------

Izoh: Venesuela - Braziliya o‘yini 1:1 hisobida yakunlandi. Salomon Rondon uchrashuvda 81-daqiqaga qadar to‘p surdi. Venesuelaliklar durang evaziga ochkolar soni bo‘yicha 7-o‘rindagi Boliviya termasiga bilan tenglashib olishdi. 

Manba: fifa.com, 

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:33, 26.11.2024. O'qildi: 1039 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Атлетико Aleksandr Serlot 9
10 Вильярреал Alberto Moleyro 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.