Bugun 4 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 22 55
2 Real Madrid 22 54
3 Atletiko 22 45
4 Vilyarreal 21 42
5 Betis 22 35
6 Espanyol 22 34
7 Selta 22 33
8 Real Sosyedad 22 28
9 Osasuna 22 26
10 Alaves 22 25
11 Atletik Bilbao 22 25
12 Jirona 22 25
13 Elche 22 24
14 Malyorka 22 24
15 Sevilya 22 24
16 Xetafe 22 23
17 Valensiya 22 23
18 Rayo Valyekano 22 22
19 Levante 21 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

22-тур Espanyol 1-2 Alaves
22-тур Real Ovyedo 1-0 Jirona
22-тур Osasuna 2-2 Vilyarreal
22-тур Levante 0-0 Atletiko
22-тур Elche 1-3 Barselona
22-тур Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
22-тур Betis 2-1 Valensiya
22-тур Xetafe 0-0 Selta
22-тур Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
22-тур Malyorka 4-1 Sevilya

Navbatdagi o'yinlar.

19/02/26 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Badbaxt" to‘purarlar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Rekordlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

JCH-1994da 6tadan gol urgan Xristo Stoichkov va Oleg Salenko turnirning eng yaxshi to‘purari unvonini qo‘lga kiritishgandi.

Biroq ular to‘p surgan jamoalarning ishtiroki turlicha bo‘ldi. Bolgariya guruh bosqichida finalchini, «pley-off»da avvalgi mundial g‘olibini mahv etib, yarim finalga yetib borgan. Stoichkov esa 7ta o‘yinning 5tasida Gresiya darvozasiga 2ta, Argentina, Meksika, Germaniya va Italiyaga bittadan gol urgan.

Braziliya, Shvesiya va Kamerun bilan bir guruhdan joy olgan Rossiya terma jamoasi pley-off bosqichiga chiqa olmadi. Oleg o‘zining ilk golini 2-turda Shvesiya darvozasiga urdi. Lekin bahs Skandinaviya vakilining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 1-turda Braziliyadan yengilgan Rossiya o‘zi kabi «pley-off»dan umidini uzmagan Kamerunga qarshi o‘yinda 6:1 hisobida zafar quchdi. Salenko esa 5ta gol urib, jamoani 3-o‘ringa olib chiqdi. Biroq Rossiya boshqa guruhlardagi 3-o‘rinni egallagan jamoalar ichida eng yaxshi natijaga erishgan to‘rtlikdan chetda qoldi. Agar Belgiya o‘z guruhida Saudiyani mahv etganida, ruslar 1|16 finalga chiqardi. Lekin o‘sha bahs qit’adoshlarimiz foydasiga (1:0) hal bo‘ldi. Xullas, Rossiya maqsadga erisha olmagan bo‘lsada, Salenko Stoichkov bilan mundialning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Hikoyamiz omadsiz jamoalardan chiqqan omadli merganlar haqida.

Milosh Milutinovich

YECHK turnirining dastlabki turnirida eng yaxshi to‘purar unvoni Belgradning «Partizan» klubi hujumchisiga nasib etdi. jamoa atigi 4ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsada, Milosh raqib jamoalarga 8ta gol hadya etdi.

1955 yilning 4 sentyabrida «Partizan» Lissabonda «Sporting»ga qarshi UYEFA bayrog‘i ostidagi ilk yevrokubok musobaqasida maydonga tushdi. Chinakam otishmaga aylangan bahsda 3:3 hisobiy qayd etildi. Milutinovich esa dublni rasmiylashtirdi. Lekin javob uchrashuvida «Partizan» o‘z ustunligini namoyish etib, nomdor raqibini 5:2 hisobida taslim etdi. Milosh bu gal pokerga erishdi.

Chorak finalda jamoa bo‘lajak chempion tomonidan to‘xtatildi - Madriddagi bahsda «Real» javobsiz 4ta gol urdi. Lekin Belgradda mezbonlar 3:0 hisobida zafar quchishdi, Milosh yana dublni qayd etdi.

Luis Adriano

Braziliyalik snayper 2014|2015 yillar mavsumida 9ta gol urib, Tomas Myuller, Karim Benzema, Luis Suares, Edison Kavani va Karlos Tevesdan o‘zib ketdi. Yetakchi o‘rinlarni band etgan Ronaldu, Messi va Neymar undan atigi bitta gol ko‘proq urishgandi. Lekin «Real» yarim finalga chiqqan, «Barsa» esa turnirda g‘olib chiqqan bo‘lsa, «Shaxtyor»ga hech bo‘lmaganda mavsum kashfiyoti unvoni ham berilmadi.

«Portu», «Atletik» va BATE guruhidan joy olgan Mircha Lucheski rahbarligidagi «Konchilar» kurashni ishonchli boshlay olmadilar. Bilbaodagi nursiz durang ortidan, jamoa o‘z uyida «Portu» bilan bitimga (2:2) imzo chekdi. Vaholanki, Adrianoning golidan keyin jamoa 89-daqiqagacha 2:0 hisobida oldinda edi.

Eng qiziq voqea «ekvator»­da, «Shaxtyor» BATEga duch kelganida yuz berdi. Borisov klubi startni safarda «Portu»dan 0:6 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilish bilan boshlagan, keyin o‘z uyida «Atletik»ni 2:1 hisobida yenggandi. Ya’ni, 2 turdan ke­yin BATE «konchilar»dan oldinda edi. Shu sababli o‘zaro bahsda ko‘pchilik mezbonlar g‘alabasini kutgandi. Biroq u «Shaxtyor»ning 7:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi, Adriano 5ta gol urdi. 4-turda raqiblar Lvovda kuch sinashdilar. Bu safar «konchilar» 5ta javobsiz gol bilan, Luis xet-trik bilan kifoyalandilar. 1|8 finalni o‘z uyidagi nursiz durang bilan boshlagan «Shaxtyor» Myunxenda «Bavariya»dan 7ta gol o‘tkazib yubordi. Jamoa turnirni barvaqt tark etgan bo‘lsada, Adriano eng yaxshi merganlarning biri bo‘ldi.

Vlodzimej Lyubanski

Lyubanski Polsha futbolining afsonasi. U 17 yil terma jamoa safida to‘p surgan, 1972 yilda Olimpiada chempioni bo‘lgandi. 1969|1970 va 1970|1971 yillar mavsumida «Vlodek» «Gurnik» safida KEK turnirining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan. Lekin klub avval finalga chiqqan bo‘lsa, keyingi mavsumda chorak finalda kurashni to‘xtatgandi. Qatorasiga ikki marta to‘purarlar bahsida g‘olib chiqqan «Vlodek» 7ta o‘yinning 6tasida maydonni golsiz tark etmaganligi alohida e’tiborga molik.

Ivan Mraz

Bu snayper 1964|1965 yillar mavsumida Praganing «Sparta» klubi safida KEK turnirida to‘p surgan. Klub 2-raunddan o‘ta olmadi. Lekin bu omadsizlik hujumchining 6ta gol urishi «Lozanna»dagi kasbdoshi Pyer Kerkxoffs bilan 1-o‘rinni bo‘lishib olishiga xalal bermadi. 1-raundda «Sparta» «vazn toifasi» mos bo‘lmagan Kiprning «Anortosis» klub darvozasini 10 marta ishg‘ol etdi, Ivan esa penta-trikni rasmiylashtirdi. Javob uchrashuvida «Sparta» 6ta gol urdi.

2-raundda Praga klubini «Vest Xem» to‘xtatdi. Londonda 2:0, Pragada 1:2. Lekin to‘purar o‘z gollari sonini 6taga yetkazib, Pyerga tenglashib oldi.

Marko van Basten

UYEFA Kubogi turnirining 1984|1985 yillar mavsumida «Ayaks» tarkibida maydonga tushgan taniqli niderlandiyalik hujumchi 5ta gol muallifi bo‘lgandi. Qizig‘i, ularning barchasi Amsterdamda, mezbonlarning 14:0 hisobidagi aqlga sig‘maydigan zafarli o‘yinida Lyuksemburgning «Red Boyz Differdanj» klubi darvozasiga urilgandi. Boshqa bir ajablanarli fakt shuki, bu jamoalarning dastlabki bellashuvida hisob ochilmagandi! Biroq 2-raundda «Ayaks» Praganing «Bogemians-1905» klubini yenga olmadi. Tomonlar uy uchrashuvlarida 1:0 hisobida g‘olib chiqishgan, penaltilar seriyasida omad pragaliklarga kulib (4:2) boqqandi.

O‘sha turnirda «Jeleznichar» hujumchisi Edin Baxtich va «Videoton» vakili Yojef Sabo 7tadan, ya’ni, Markodan 2ta ko‘proq gol urib, eng yaxshi to‘purar bo‘lishgandi. Biroq ularning jamoalari «Ayaks»ga nisbatan samaraliroq to‘p surishgandi - «Jeleznichar» yarim finalga chiqib, aynan «Videoton»ga imkoniyatni boy bergandi.

Alan de Karvalyo

YELning 2014|2015 yillar mavsumida Romelu Lukaku va Alan de Karvalyo eng sermahsul o‘yinchi bo‘lishdi. Lekin ularning jamoalari hal qiluvchi bosqichga chiqa olishmadi. Romeluning o‘sha paytdagi jamoasi «Everton» o‘z guruhida «Volfsburg», «Krasnodar» va «Lill»ni osonlik bilan mahv etdi, 1|16 finalda «Yang Boyz»ni yengdi. Biroq 1|8 finalda Kiyevning «Dinamo»sidan yengildi. O‘z uyida 2:1 hisobida zafar quchgan jamoa safarda ham 2ta gol urgan bo‘lsada, o‘z darvozasidan 5 marta to‘p olib chiqdi. Karvalyo «Zalsburg» tarkibida to‘p surgan. Taajjubki, o‘sha yillarda Avstriya futbolining yetakchisida ajabtovur «an’ana» paydo bo‘lgandi. Jamoa YECHL saralash bosqichida saviyasi past jamoalarga imkoniyatni boy berib, YELda guruh bosqichini muvaffaqiyatli (2009, 2013 va 2018 yillarda 100 foizli natija) o‘tkazib, 1|16 yoki 1|8 finalda turnirdan chiqib ketardi.

2014|2015 yillar mavsumida shunday voqea takrorlandi. Avstriya chempioni «Qorabog‘» to‘sig‘idan bir amallab (1:2, 2:0) o‘tdi. Lekin pley-off bosqichida «Malmyo» uni yengib (1:2, 3:0), YELga tushirib yubordi. Bu turnirda «Zalsburg» o‘z guruhida «Seltik», Zagrebning «Dinamo»si va Ruminiyaning «Astra» klubi bilan kuch sinashdi. 1-turda «Seltik» bilan jangovar durangga (2:2) imzo chekkan jamoa qolgan 5ta uchrashuvni g‘alaba bilan yakunladi! Qo‘shimchasiga, yuqori sermahsullikni namoyish etdi - 6ta o‘yinda 21ta gol. Gollarning 8tasi Karvalyoga tegishli.

Alan Yevropa maydonlarida sermahsullikni yanada oshirishi mumkin edi. Biroq u 2015 yil yanvarida Xitoyning «Guanchjou Evergrand» klubiga o‘tib ketdi. Alansiz qolgan «Zalsburg» esa 1|16 finalning ikkala uchrashuvida umumiy 2:5 hisobida «Vilyarreal»dan yengilib, musobaqani tark etdi.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:38, 16.12.2024. O'qildi: 1534 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 22
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 10
5 Барселона Robert Levandovski 9
6 Барселона Lamin Yamal 9
7 Вильярреал Alberto Moleyro 8
8 Барселона Rafinya 8
9 Бетис Kucho Ernandes 8
10 Сельта Borxa Iglesias 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.