Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Buxoro» Superliga o‘yinlarini qaysi stadionda qabul qiladi?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Stadionlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Joriy yilning 4 sentyabr sanasida Buxoro futbol assosiasiyasi Ligaga murojaat qilib, Buxoro shahri, Hamid Olimjon MFY, Alpomish ko‘chasida joylashgan Buxoro viloyati futbol akademiyasi maydonida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishishni so‘ragan, keyinchalik «Buxoro» futbol klubi mazkur arenada Proliga uchrashuvlarini qabul qilish istagida ekanini ma’lum qilgandi.

«Buxoro» ishtirokidagi o‘yinlar Buxoroga qaytish arafasida

10 sentyabr kuni Liga rahbariyati Buxoroda bo‘lib, yangi bunyod etilgan stadionni atroflicha o‘rgangan va u Proliga bellashuvlarini qabul qilishi uchun qanday ishlar amalga oshirilishi lozimligi, Superliga uchun esa shu yilning 15 dekabr sanasiga qadar nimalar ko‘zda tutilishi kerakligini batafsil kelishgandi.

16 sentyabr kuni Liga stadionda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar batafsil tushuntirilgan xatni Buxoro viloyati hokimligiga, nusxasini esa Sport vazirligi hamda Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga yuborgan. Unda quyidagi masalalar sanab o‘tilgan:

Xavfsizlik nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda:

• 10 ming o‘ringa mo‘ljallangan stadion tribunalari alohida sektorlarga ajratilishi va har bir sektor maxsus to‘siqlar bilan chegaralanishi hamda raqamlashtirilishi;

• Alpomish ko‘chasidan stadionning ikki darvozalari orti bo‘ylab VIP sektorlar tomon mashinalar harakatlanishi uchun yo‘llar bunyod etilishi, mazkur yo‘llarning VIP sektorlar joy olgan tribunalarga chegaradosh qismlari maxsus to‘siqlar bilan to‘silishi (bunda birinchi yo‘ldan ro‘yxat asosida VVIP mashinalar, ikkinchi yo‘ldan esa VAR, KTS hamda jamoalar avtobuslari kiritilishi uchun sharoit yaratilishi);

• VIP sektorlar hududida joylashgan hamda tashrif buyuruvchilar foydalanishi ko‘zda tutilgan hojatxonalarga eltadigan yo‘laklar hamda texnik hudud orasi maxsus to‘siq bilan ajratilishi lozim.

Sport prinsiplaridan kelib chiqqan holda:

• stadion hududi 15 maxsus belgilangan nuqtaning har biri 5 xil rakursdan o‘lchanganida minimum 2 000 lyuks yoritish tizimini taqdim eta oladigan projektorlar bilan jihozlanishi;

• har ikki zaxira o‘rindiqlari yonida joylashgan va muxlislar uchun mo‘ljallangan zinalar buzib tashlanib, ular texnik zona hududidan 10-15 metr uzoqlikda qayta qurilishi;

• texnik zona hududini o‘rab turgan maxsus to‘siq olinishi, mazkur to‘siq har ikki taraf tribunalari uchun umumiy belgilanishi, bunda ikki darvozalar orti bo‘ylab VIP sektorlar tomon mashinalar harakatlanishi uchun yo‘llar hamda darvoza ortida joylashgan texnik hudud o‘rtasida muxlislar harakatlanishi uchun alohida to‘siqli yo‘laklar hosil qilinishi;

• texnik zonaning futbolchilar harakatlanadigan barcha hududlariga maxsus sun’iy qoplama to‘shalishi;

• texnik zonaning darvoza orti hududi (zaxira o‘rindiqlariga yaqin taraf) futbolchilar mashg‘ulot olib borishi uchun minimum 5x20 metrli alohida yumshoq sun’iy qoplama bilan jihozlanishi;

• maydon hududining chekka qismlaridan joy olgan maxsus quduqlarga maxsus yopqichlar hamda sun’iy qoplamalar o‘rnatish;

• futbolchilar va hakamlar maydonga chiqib keladigan hudud xavfsizlik chorasi sifatida qo‘shimcha ko‘chma tonnel bilan jihozlanishi;

• futbolchilar va hakamlar kiyim almashtirish xonasiga yo‘l olishi uchun tribuna ortida tashkil etilgan eshiklar atrofi tonnelli qilinishi;

• qurilish loyihasi chizmasida ko‘rsatilgan hakamlar va komissar xonasi hududi Liga taqdim etgan reja asosida o‘zgartirilishi;

• futbolchilar kiyim almashtirishi uchun mo‘ljallangan 4 ta xona bir-biridan mustaqil faoliyat olib borishi uchun qurilish loyihasi chizmasida kichik o‘zgarish qilish va yo‘laklar o‘rnini o‘zgartirish lozim.

Teletranslyasiya jarayoniga qulaylik yaratish maqsadida:

• stadionning VIP tribunalari ort qismida VAR mashinasi hamda KTS (ko‘chma televizion stansiya) mashinasi uchun alohida joy hozirlash;

• VAR hamda KTS texnikasi ulanishi uchun maxsus elektr energiya qutilari o‘rnatish, mazkur qurilmalar zaxira hakami, barcha kameralar joy oladigan nuqtalar va ikki darvoza ort qismlari bilan uzilishsiz ulana olishi uchun sharoit yaratish;

• texnik zonaning VAR va KTS ishlaydigan nuqtalari uchun alohida-alohida, shuningdek, asosiy kamera nuqtasida, media tribunada, VVIP zonada alohida internet tizimi tashkil etish;

• offsayd kameralar uchun ikki alohida, VIP tribunaning qarama-qarshi tarafida bitta alohida hamda VIP tribuna hududida joylashadigan asosiy kamera uchun alohida shohsupali nuqtalar qurish, mazkur nuqtalarni yomg‘ir va quyosh nuridan himoya qilish uchun to‘sish lozim.


Marketing yo‘nalishi talab etilgan ko‘rinishda faoliyat olib borishi uchun:

• Alpomish ko‘chasiga yaqin tribuna hamda maydonni ajratib turgan to‘siq reklama shitlari to‘g‘ri yo‘nalishda joylashishi uchun o‘zgartirilishi;

• stadionga zamonaviy tablo o‘rnatilishi;

• maydon perimetri bo‘ylab reklama shitlari qurish va o‘rnatish (2026 yildan e’tiboran elektron reklama shitlari) lozim.


VVIP mehmonlar uchun sharoit yaratish maqsadida:

• VVIP zonaga chiqish uchun alohida tashqi zinapoya tashkil qilish va uning ustini yog‘ingarchilikdan himoya qiluvchi to‘siqlar bilan yopish;

• VVIP zonani oynavand alohida xonaga aylantirish, uni isitish va sovutish tizimi bilan ta’minlash, ichini to‘liq jihozlash lozim.

OAV xodimlari uchun sharoit yaratish maqsadida:

• VVIP yuqori qismida joylashgan balkonni uch alohida qismga ajratish: media tribuna (minimum 20 kishi uchun), VIP nuqta (minimum 10 kishilik 2 ta), asosiy kameralar nuqtasi (minimum 4 ta kamera ishlashi uchun), shuningdek, ularning har birini jihozlash;

• komissar xonasining ort qismida matbuot anjumani uchun mo‘ljallangan zal bunyod qilish va uni jihozlash;

• OAV xodimlari faoliyat olib boradigan uch nuqta: matbuot anjumani zali, media tribuna hamda fotograflar nuqtasi internet yo‘nalishi bilan ta’minlanishi lozim.

Ma’lumot uchun, Superliga ishtirokchisi 25 dekabr sanasiga qadar o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan stadionni Liga ro‘yxatidan o‘tkazishi lozim. Mazkur sanaga qadar stadioni tayyor bo‘lmagan futbol klubi Superliga talabiga javob beruvchi boshqa stadion bilan uch tomonlama shartnoma imzolashi va uni Liga ro‘yxatidan o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Buxoroda esa eng asosiy masala — projektor mavzusi hozircha ochiq qolmoqda.

Kiritildi: 16:37, 20.12.2024. O'qildi: 1489 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.