Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbekiston o‘q otish, gandbol va suzish federasiyalariga yangi rahbarlar saylandi

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A

Milliy Olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston o‘q otish, gandbol va suzish federasiyalarining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Federasiyalarga yangi rahbar saylanib, yangi Olimpiya sikli uchun rejalar ko‘rib chiqilgan mazkur tadbirda Sport vaziri Adham Ikramov, Otabek Umarov boshchiligidagi MOQ rahbariyati, mamlakat o‘q otish, gandbol hamda suzish federasiyasi mutasaddilari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘q otish sport turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 381-son qaroriga muvofiq federasiya faoliyati yanada takomilashtirilib borilmoqda. Shundan kelib chiqqan holda konferensiya ishtirokchilari O‘zbekiston o‘q otish federasiyasi raisligiga Mudofaa vaziri, general-mayor Xalmuxamedov Shuxrat G‘ayratdjanovich nomzodini ilgari surishdi. Nomzod delegatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi va SH.Xalmuxamedov mamlakat o‘q otish federasiyasi raisi lavozimiga saylandi.

Tadbirda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”ning bosh direktori, O‘zbekiston Qahramoni Sanoqulov Quvondiq Sanoqulovich nomzodi O‘zbekiston gandbol federasiyasi raisi lavozimiga ilgari surildi. O‘z navbatida, Sport vaziri Adham Ikramov sport sohasida ham ulkan tajribaga ega bo‘lgan, bir necha yillar davomida mamlakat suzish federasiyasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan Quvondiq Sanoqulovich haqida iliq fikrlar bildirib o‘tdi. Delegatlar ushbu nomzodni bir ovozdan ma’qullashdi va Q.Sanoqulov mamlakat gandbol federasiyasi raisi lavozimiga saylandi.

Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi tomonidan so‘nggi yillarda hududlarda suv sporti turlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Namangan viloyati va Toshkent shahrida jahon standartlariga mos keladigan 50x25 metr o‘lchamdagi havzalar foydalanishga topshirildi. Qashqadaryoda ayni paytda navbatdagi ob’ekt – zamonaviy suv sport turlari saroyi qad rostlayotgan bo‘lsa, Toshkent viloyatida yana bir suzish havzasi qurilishi loyihalashtirilyapti.

Federasiyaning avvalgi rahbari Q.Sanoqulov mamlakat gandbol federasiyasi boshqaruviga o‘tgani va yuqoridagi jihatlarni inobatga olgan holda, suzish federasiyasi rahbari lavozimiga O‘zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi raisi Rafikov Qudratilla Mirsagatovich nomzodi ilgari surildi. Tadbirda qatnashgan delegatlar ushbu nomzodni bir ovozdan ma’qullashdi va Q.Rafikov mamlakat suzish federasiyasi raisi etib saylandi. 

Shundan so‘ng, O‘zbekiston o‘q otish, gandbol va suzish federasiyalarining Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik rejasi ko‘rib chiqildi. Unda sportchilarimizni lisenzion musobaqalarga tayyorlash, terma jamoa moddiy texnik-bazasini yanada yaxshilash borasida tavsiyalar ilgari surilib, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

Kiritildi: 18:07, 24.12.2024. O'qildi: 753 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик