Bugun 15 may, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
  • La-liga
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • 1:1
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Superliganing 16-jamoasi bo‘lish uchun endi "Xorazm" klubi harakat qilib ko‘radi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Superligada ishtirok etmasligi aniq bo‘lgan "Metallurg" klubining o‘rnini "Superliga va Proliga reglamenti" da ko‘rsatilgan ketma-ketlik bo‘yicha "Olimpik" klubi egallashi mumkin edi. Mazkur masalani "Olimpik" 5-yanvar sanasiga qadar hal qilishi lozim edi.

Yakuniga yetgan mavsumni elitada 12-o‘rinda yakunlab, keyinchalik pley-off bosqichida avvaliga "Sho‘rtan", undan so‘ng "Metallurg" bilan o‘yinda mag‘lub bo‘lgan "Olimpik" 5-yanvar sanasiga qadar Superligadagi faoliyatini davom ettirish yuzasidan yuborilgan so‘rovga javob qaytarmadi. Shundan kelib chiqib, reglament bo‘yicha ketma-ketlikda chempionatning so‘nggi ishtirokchisi bo‘lish uchun "Xorazm" harakat qiladi.

So‘nggi uch mavsumda klubda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf qilib kelgan "Xorazm", 2024-yilning yanvar-aprel holatiga ko‘ra litsenziyalash talablarini muvaffaqiyatli bajara oldi va o‘z tarixida ilk bor OFK litsenziyasini qo‘lga kiritdi. Shundan kelib chiqqan holda Proligada 5-o‘rinni egallagan klub emas, balki musobaqani 6-o‘rinda yakunlagan "Xorazm" klubiga kerakli hujjatlarni topshirish uchun vaqt taqdim etiladi. Proliganing dastlabki to‘rt pog‘onasidan joy olgan klublarning barchasi Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritib ulgurgan.

"Xorazm" klubi o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan stadion maydoni, uning drenaj va sug‘orish tizimi, shuningdek, stadion yoritish tizimi Superliga talablariga javob bermaydi. Shundan kelib chiqib, "Xorazm" Superligada to‘p surish uchun kerakli hujjatlarni joriy yilning 21-yanvar sanasiga qadar Assotsiatsiya hamda Liga ro‘yxatidan o‘tkaza olsa, u holda klub o‘z uy uchrashuvlarini Superliga talabiga javob beruvchi boshqa viloyatdagi stadionda o‘tkazib turadi. Avvalroq "Surxon" klubi bilan ham xuddi shunday holat kuzatilgandi.

Assotsiatsiya va Liga rahbariyatining kecha — 6-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvida "Xorazm" futbol klubiga qarashli futbol maydoni masalasi ham muhokama qilindi. Hudud bilan bog‘liq ekologik holat va boshqa faktorlardan kelib chiqib, Nukus hamda Xorazm shaharlaridagi bosh stadionlarga FIFA talabiga javob beruvchi eng sifatli sun’iy qoplama o‘tkazish masalasida fikr almashilindi. Tabiiy yoki gibrid maydonning mazkur hududlar uchun kafolati, shuningdek, uning parvarishi bilan bog‘liq muammolar va albatta uning xarajati nuqtai nazaridan olib qaralsa, FIFA me’yorlariga to‘g‘ri keluvchi sifatli sun’iy maydon nisbatan maqbulroq variant hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, Xorazmdagi stadion yuqorida sanab o‘tilgan masalalarda o‘zgarishlarni amalga oshirsa, u Superliga bellashuvlarini qabul qilishi mumkin bo‘ladi. Unga qadar esa yuqorida qayd etilganidek, o‘z uy uchrashuvlarini boshqa arenada o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi.

Endilikda "Xorazm" Superligada ishtirok etish uchun 21-yanvar sanasidan kechikmagan holda Assotsiatsiya bilan kelishilgan va keyinchalik o‘z homiy tashkiloti tomonidan tasdiqlangan yillik xarajatlar smetasini Liga ro‘yxatidan o‘tkazishi lozim. Klub mazkur muddatga qadar buning uddasidan chiqa olmasa, 22-yanvar kuni "Lokomotiv" futbol klubining Superligada ishtirok etish masalasi kun tartibiga kiritiladi. Boisi, mazkur holatda "Lokomotiv" OFK litsenziyasiga ega so‘nggi klub hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, "Xorazm" futbol klubi o‘tgan yilning 28-noyabr kuni Assotsiatsiya 2025-yilgi xarajatlar smetasi loyihasini muhokama uchun taqdim etishi lozim edi. Endilikda klub mazkur loyihani Superliga uchun moslashtirishi va albatta homiy tashkilot tomonidan uni tasdiqlab ulgurishi talab etiladi.

Kiritildi: 13:41, 07.01.2025. O'qildi: 2669 marta. Fikrlar: 25 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик