Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kodi Gakpo: «Liverpul»ning eng katta omadi – Salohga egaligi»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Intervyular
A A A

2022 yilning dekabr oyida PSV klubidan «Liverpul»ga transfer qilingan Niderlandiya milliy jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Kodi Gakpo hozirga qadar «qizillar» uchun 105ta o‘yinda 32ta gol urdi.

Shundan naq 10tasi joriy mavsumga to‘g‘ri kelayotgani futbolchining Arne Slot qo‘l ostida maftunkor o‘ynayotgan ansamblga rosa mos kelganidan dalolat. Harqalay, Gakpo nafaqat sermahsullik namoyish etyapti, balki o‘yinni o‘ziga olish masalasida ham alohida ajralib turibdi. U Yangi yil bayramida ham davom etadigan Angliya chempionati o‘yinlarida «qizillar» bilan muvaffaqiyatli yurishini davom ettirmoqchi.

- «Liverpul»ga kelganingizga 2 yil bo‘ldi. Shu vaqt ichida hayotingizda nimalar o‘zgardi? Umuman, yangi shaharda o‘zingizni qanday his qilyapsiz?

- Liverpulda o‘tayotgan har bir daqiqadan o‘zgacha zavqlanyapman. Bu yerda 2 yil juda tez o‘tib ketdi. Chunonchi, ortda qolgan vaqt davomida hayo­timda juda ko‘p muhim voqeliklar kuzatildi. Asosiysi, salbiy emas, ijobiy xotiralar ko‘proq, albatta. Hozir jamoa safiga qo‘shilgan har qanday yangi yigit meni anchadan buyon «Enfild»da o‘ynayotgan futbolchidek ko‘rishi tayin. Vaholanki, «Liverpul» oilasiga bor-yo‘g‘i 2 yilcha oldin keldim. Ayni payt jahonning eng kuchli klublaridan birida ekanligimdan bag‘oyat xursandman. Umidvormanki, bu yerda hali uzoq vaqt faoliyat olib boraman. Nazarimda, «Liverpul» joriy mavsum jamoa sifatida yuqori darajada shakllandi. Tabiiyki, bu jarayonga hissa qo‘shayotganimdan mamnunman. 

- Endi «Tottenxem»ga qarshi kechgan va gollar shousiga aylangan o‘yin taassurotlari bilan o‘rtoqlashsangiz...

- O‘sha o‘yin biz uchun o‘ta muhim ahamiyat kasb etdi. Chunonchi, chempionat doirasidagi ketma-ket 2ta durangdan ke­yin g‘alaba qozonishimiz shart edi. Qolaversa, asosiy raqobatchi - «Chelsi»ning ochko yo‘qotganini bilgan holda maydonga tushdik. Demoqchimanki, turnir jadvalida ustunlikni oshirish imkoniyati yuzaga kelgandi. «Tottenxem» o‘z uyida o‘ynashini hisobga olsak, mezbonlar nazariy jihatdan ustunroq ko‘ringani bor gap. Muhimi, maydonda bor kuchimizni sarflab, yakunda ko‘zlangan g‘alabani tantana qildik. O‘ylaymanki, muxlislar ham chiroyli futboldan chinakamiga yayrashdi. Xullas, butun vaqt davomida yetarlicha qulay vaziyatlar yaratdik va yakunda haqli ravishda kerakli natija qayd etdik.

- Hujum nuqtai nazaridan qaraganda, «Liverpul» shu kuni fantastik o‘yin ko‘rsatdi. Ammo qo‘yib yuborilgan 3ta gol himoyada muammolar borligidan dalolat berayotgandek...

- Ha, haqsiz, 6ta gol urdik, ammo darvozamiz oldidagi hujumlarni bartaraf etishda ancha oqsadik. Menimcha, birinchi golni shunchaki, omadsizlik ortidan qabul qildik. «Tottenxem»ning keyingi gollari esa himoyaga e’tiborni susaytirganimiz oqibatida yuzaga keldi. O‘sha uchrashuv ko‘rsatib berdiki, mudofaa masalasida hali yanada yaxshiroq shug‘ullanishimiz kerak. To‘g‘ri, «Tottenxem» istalgan raqibga qarshi bahsda xavfli vaziyatlar yaratadigan, hujumkor futbolchilarga ega yaxshi jamoa hisoblanadi. Buni bizga qarshi o‘yinda ham to‘liq isbotladi. Ammo tan olishim kerak, agar diqqatni jamlab o‘ynaganimizda, raqib darvozamizni 3 marta ishg‘ol qilolmasdi. 

- «Shporlar»ga qarshi uchrashuvdagi gollari evaziga «Liverpul» tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida 4-o‘ringa ko‘tarilib olgan jamoadoshingiz Muhammad Salohni e’tirof etish masalasida qandaydir yangi gap topish mushkul...

- Ochig‘i, men ham Salohga qanday ta’rif berish kerakligini bilmayman. Hammamiz guvohi bo‘layotgan o‘ziga xos hodisa - yorqin iste’dod aslida nimalarga qodirligini tobora baralla ko‘rsatmoqda. Uning gollari soni, samarali uzatmalari miqdori, jamoadoshlari uchun qanday imkoniyatlar yaratayotgani... Shunchaki, fantastika! Umuman, Salohda o‘yinga oid barcha harakatlar aql bovar qilmas darajada! Umid qilamanki, hali uzoq vaqt birga o‘ynash nasib etadi. Ayni damda «Liverpul»ning eng katta omadi - bu Salohdek benazir ijrochiga egaligi. Shunday yorqin futbolchi bilan jamoa­dosh ekanligimiz va unga rekord ortidan rekord o‘rnatishda yordam berayotganimizdan chinakamiga faxrlansak bo‘laveradi.

- Saloh «Tottenxem» bilan uchrashuvda ham «Gol+pas» tizimi bo‘yicha 3 ball ishladi...

- Hozirgi sport formasini nazarda tutsak, tabiiy natija. Raqib futbolchilari o‘sha kuni Saloh hujumning markaziy qismidan joy olganini tezda payqashdi va uning yo‘llarini yopishga urinishdi. Biz esa bunga qarshi tez-tez pozisiya almashib harakatlandik. O‘rtamizdagi «rokirovka» ham o‘yin dinamikasiga o‘ziga xos rang-baranglik bag‘ishladi va shuning ortidan «Tottenxem» himoyachilariga yetarlicha xavf tug‘dirdik. Saloh shuning barobarida jarima maydoni ichida naqadar xavfli ekanligini yana bir bora ko‘rsatib qo‘ydi. Yaxshi tomoni, Saloh bilan bir-birimizni juda yengil tushun­yapmiz, deylik, qaysi pallada pozisiya almashish zarurligini bilamiz.

- Navbatdagi turda hamyurtingiz Ruud van Nistelroy boshqaruvidagi «Lester»ga qarshi o‘yin kutib turibdi. PSVda bu murabbiy qo‘l ostida o‘ynagan niderlandiyalik sifatida bo‘lajak uchrashuv siz uchun alohida ahamiyat kasb etsa kerak.

- Ha, albatta. O‘z mamlakatimda van Nistelroy qo‘l ostida ishlab, juda ko‘p narsalar o‘rgandim va undan bag‘oyat minnatdorman. Ayniqsa, PSVdagi oxirgi mavsum davomida Ruud ko‘p jihatdan shakllanishimga katta yordam berdiki, buni hech qachon esimdan chiqarmayman. Bir so‘z bilan aytganda, afsonaviy hujumchidan ta’lim olish men uchun sharaf edi («Liverpul» -«Lester» o‘yini 3:1 hisobida yakunlandi, jumladan, Kodi Gakpo ham 1ta gol muallifiga aylandi)

 - «Liverpul» uchun eng yaxshi motivasiya - o‘yinlarda g‘alaba qozonib, turnir jadvalida ustunlikni yanada mustahkamlash. Ehtimol, sizga qo‘shimcha motivasiya ham kerak emasdir...

- Har hafta maydonga tushish onlarini sabrsizlik bilan kutamiz. Asosiy maqsad - g‘alabalarni ko‘paytirish asnosida chempionlik sari dadil qadam bosish. To‘g‘ri ta’kidladingiz, bo‘lajak bahslarda shaxsan menga qo‘shimcha motivasiya kerak emas. Chunki joriy mavsumga belgilangan maqsadimiz nimaligini yaxshi bilaman. Chempionlik vazifasi esa imkon qadar har bir o‘yinda 3 ochko olishimiz lozimligini anglatadi. 

- Angliyada ikkinchi marta bayram kunlari maydonga tushasiz...

- Ha. Lekin bu muammo emas, hamisha yuqori ritmda bo‘lishni ma’qul ko‘raman. Shubhasiz, hozir ajoyib sport formasidamiz va buni bilgan holda maydonga tushish yanada kuchliroq zavq bag‘ishlaydi. Menimcha, har qanday futbolchi jamoasining g‘olibona yurishi davomida imkon qadar ko‘proq o‘ynashni istasa kerak.

 M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:01, 09.01.2025. O'qildi: 971 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.