Bugun 29 mart, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Shahzod Ubaydullayev: "Hali o‘zimni ko‘rsatadigan paytlar keladi"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Metallurg»dagi o‘yinlari bilan bekobodlik muxlislar mehrini qozongan kosonsoylik Shahzod Ubaydullayev mavsum so‘ngiga sanoqli kunlar qolganida jamoa bilan kelishmovchilik tufayli klub lagerini tark etgandi.

Kelasi mavsumni Namangan shahri bosh jamoasida o‘tkazishi ma’lum bo‘lgan futbolchi biz bilan suhbatda «Metallurg»da yuzaga kelgan vaziyat, «Navbahor»da o‘ynash orzusi va kelgusi rajalari haqida so‘zlab berdi.

- Suhbatimizni ortda qolgan mavsum taassurotlari hamda «Metallurg»ning Superligadagi ishtirokiga oid fikrlaringiz bilan boshlasak...

- O‘tgan mavsum «Metallurg» uchun eng ayanchlisi, men uchun esa faoliyatimdagi eng omadsiz yil bo‘lganligini ayta olaman xolos.

- «Metallurg»da avvalgi mavsum ham ko‘ngildagidek natija qayd eta olmagan xorijlik murabbiylar shtabiga yana ishonch bildirilganiga qanday munosabatdasiz? Ehtimol boshqaruv posti boshqa mutaxassislarga topshirilganda vaziyat bu darajada chigallashib ketmasmidi...

- Ispaniyalik murabbiylar jamoada yaxshi faoliyat olib borishdi, deb o‘ylayman. Ular o‘tgan yilgi og‘ir kechgan mavsumda ham «Metallurg»ni Superligada olib qolishning uddasidan chiqishgandi. Joriy yil boshidagi salbiy natijalarda esa faqatgina ma’lum shaxslar emas, balki butun bir klubning aybi bor.

- Bunday olib qaraganda jamoani tark etgan futbolchilar yaxshi klublar bilan shartnoma imzolashmoqda. Ularga Bekobodda o‘zlarini ko‘rsatishlari uchun nima to‘sqinlik qildi, deb o‘ylaysiz?

- «Metallurg»da hamisha yaxshi futbolchilar to‘p surib kelgan. Ular jamoa manfaatlari uchun qo‘llaridan kelganicha harakat qilishganiga shubham yo‘q. Nima uchun o‘zlarini ko‘rsata olmaganliklari haqidagi savolingizni esa ochiq qoldirganim ma’qul.

- Mavsum yakuniga yetishiga sanoqli kunlar qolganida «Metallurg»ni kelishmovchilik tufayli tark etganingiz oydinlashdi. Aslida bunga nima sabab bo‘lgandi?

- Avvaliga barchasi yaxshi ketayotgandi, biroq mavsum yakuniga kelib murabbiylar menga ishonmay qo‘yishdi. Shuningdek, mashg‘ulotlarda zaxiradagi o‘yinchilarga umuman boshqacha munosabatda bo‘lindi. Imkon berish haqida esa o‘ylab ham ko‘rishmadi. O‘zini ko‘rsatish, nimalarga qodirligini isbotlash uchun astoydil ter to‘kayotgan ijrochilar e’tibordan chetda qoldi. Shu bois, mashg‘ulotlarda nimalar qilayotgani qiziq bo‘lmay qolgan futbolchi rasmiy o‘yinlarda ham kerak bo‘lmaydi degan fikrda «Metallurg» rahbarlari bilan gaplashib, jamoadan ketdim. Oddiy aytganda, klubda qadrim qolmagan edi. Buning ortidan ruhiy nuqtai nazardan o‘zimga bo‘lgan ishonchimni yo‘qotayotgandim. Mayli, o‘tgan ishga salovot. Nasib qilsa hali hammasi oldinda. Ishonamanki, o‘zimni ko‘rsatadigan paytlar ham keladi!

- Kelasi yildan «Metallurg» Superligada ishtirok etmasligini eshitgach, xayolingizdan nimalar o‘tdi?

- Bu kabi ma’lumotlarni men ham matbuotda o‘qidim. Nima uchun bunday qarorga kelinganidan mutlaqo xabarim yo‘q. Boshqa hech nima deya olmayman.

- Futbolchi sifatida qaysi jamoadagi faoliyatingiz noto‘g‘ri qaror bo‘lgan, deb o‘ylaysiz. Agar shunday bo‘lsa tafsilotlarga to‘xtala olasizmi?

- Nima bo‘lgan bo‘lsa o‘tdi-ketdi. Vaqtni orqaga qaytarishning esa ilojisi yo‘q. Shunday ekan, hech qachon biror jamoadagi faoliyatimdan afsuslanmayman.

- Aytgancha, o‘zbek futbolchilari o‘zini har tomonlama ko‘rsata oladigan Belarus chempionatida ham to‘p surgansiz. Aytingchi, u yerda futbolga bo‘lgan munosabat qay darajada va o‘rnak olishga arzigulik qanday ustunlik tomonlari bor?

- Belarus jamoalarida jismoniy tayyorgarlikka katta e’tibor qaratiladi.   Shuningdek, har bir pozisiya bo‘-yicha alohida murabbiylar ish olib borishadi. Ularning o‘zbek jamoalari bilan farqi mana shunda, deb o‘ylayman.

- Endi «Navbahor» haqida gaplashsak. Ona shahringiz bosh jamoasi safiga kelib qo‘shilishingiz qanday ro‘y berdi? Namanganga kelishdan oldin kimlar bilan maslahatlashdingiz?

- Jamoadan tushgan taklifni ortiqcha o‘ylab o‘tirganim yo‘q. Otamga maslahat solganimda «Navbahor»ga o‘tishimga xayrixoh ekanliklarini angladim. Uyda, oilamning yonida bo‘lishim ularni xursand qilishi tabiiy edi. Shu bois, klub tomonidan berilgan taklifga darhol rozi bo‘ldim.

- «Lochinlar» libosida Namangan sharafini himoya qilish siz uchun nimani anglatadi? Umuman olganda avvallari «Navbahor»da to‘p surish imkoniya-ti bo‘lganmi?

- Yoshligimdan Namangan futbol maktabida katta bo‘ldim (hozirgi akademiya) . O‘quvchilik paytimiz «Navbahor»ning birorta uchrashuvini qoldirmasdan stadiondan tomosha qilardik. O‘sha kezlarda vaqti kelib, men ham shu jamoa libosini kiygan holda, minglab muxlislar qarshisida to‘p surarmikanman, deb orzu qilardim, shukurki maqsadimga yetdim. Nasib qilsa kelasi yil ona shahrim bosh jamoasi sharafini himoya qilaman. Aslida oldinlari ham «Navbahor»dan taklif bo‘lgan. Biroq ma’lum sabablarga ko‘ra Namanganga kelishim biroz kechikdi.

- Jamoa rahbariyati bilan muzokara o‘tkazayotgan chog‘ingizda kelgusi rejalar haqida so‘z borgani tabiiy. Aytingchi, «Navbahor» kelgusi mavsum qanday maqsadlar uchun kurashmoqchi?

- Doim ta’kidlab kelinganidek «Navbahor» o‘z an’analari va ambisialariga ega jamoa. Oldindan katta gapirmayman. Nasib qilsa kelasi yil chempionat davomida ko‘plab savollaringizga javob topasiz. 

MA’LUMOT O‘RNIDA

Futbolning ilk sir asrorlarini o‘zi tug‘ilib o‘sgan Kosonsoyda o‘rgana boshlagan Shahzod Ubaydullayev keyinchalik «Navbahor» futbol maktabi (hozirgi akademiya), «Kosonsoy» (1-liga)  hamda Muborakning «Mash’al» klubi akademiyasida tahsil oldi. Superliga (Oliy liga) dagi debyut golini 2019 yilning 18 aprel kuni «Nasaf»ga qarshi uchrashuvda kiritdi. 2019 yilning 2 oktyabr kuni «Surxon» darvozasini ikki bor ishg‘ol qilib, faoliyatidagi dastlabki dublini rasmiylashtirdi. 2020 yilning sentyabr oyida O‘zbekiston terma jamoasiga chaqiruv olgan hujumchi 3 sentyabr kuni Tojikistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida milliy terma jamoadagi debyutini o‘tkazdi va gol kiritishga erishdi.

To‘liq ismi - Shahzodbek Umid o‘g‘li Ubaydullayev;

Tug‘ilgan sanasi - 1998 yil 2 mart;

Tug‘ilgan joyi - Namangan viloyati, Kosonsoy tumani;

Bo‘yi - 177 sm.;

O‘ynagan klublari: 

2016-2017  2018 - «Kosonsoy» (Kosonsoy, 1-liga)

2018 - «Mash’al» (Muborak, 1ta o‘yin|0ta gol)

2018-2019 - «Andijon» (Andijon, 24|9)

2021-2023 - «Shaxtyor» (Belarus, 5|0)

2021 - Energetik-BGU (Belarus, 11|3)

2022 - «Neftchi» (Farg‘ona, 21|4)

2020, 2023-2024 - «Metallurg» (Bekobod, 43|13)

Milliy terma jamoada:

2020—2021 yillar - 3|1 

Xurshid YUSUPOV suhbatlashdi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:45, 23.01.2025. O'qildi: 1523 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик