"Barselona" Ansu Fati bilan xayrlashmoqchi.
«Marca» nashrining ta’kidlashicha, murabbiylar shtabi ham, "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati ham agar vinger jamoani tark etsa, xursand bo‘lar edi, chunki u deyarli o‘ynamaydi va to‘liq rivojlanish imkoniyatidan mahrum.
Futbolchining o‘zi amaliyot tanqisligiga qaramay, qolishga qat’iy ahd qilgan. Hatto Xansi Flik bilan bo‘lgan suhbat ham uning fikrini o‘zgartirmadi: bosh murabbiy Fatiga hujumda raqobat juda kuchli ekanligini, shuning uchun ham Ansu har bir imkoniyatdan foydalanib, o‘zining maksimal darajasini ko‘rsatishi kerakligini uqtirdi.
Shu bilan birga, "Barselona" Fati, "Brayton"dagi ijara holatida bo‘lgani kabi, so‘nggi daqiqada fikrini o‘zgartirib, boshqa jamoaga o‘tishiga umid qilmoqda.
Bu mavsumda 22 yoshli futbolchi La Liganing 4 ta o‘yinida ishtirok etdi.