«Nyukasl»ning hujumkor yarim himoyachisi Entoni Gordon faoliyatini «Bavariya»da davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Sasha Tavolyerining Sky Sport Switzerland uchun bergan xabariga ko‘ra, 25 yoshli ingliz vingeri o‘z yaqinlariga «Bavariya»ga o‘tishga tayyorligini ma’lum qilgan.
Angliya terma jamoasi futbolchisi ushbu ehtimoliy transferni o‘z rivojlanishidagi mantiqiy qadam deb hisoblamoqda. U «Kristal Pelas»dan o‘tganidan so‘ng Germaniyada o‘zini yorqin ko‘rsatayotgan Maykl Olisening muvaffaqiyatlaridan ilhomlangan. Entoni Myunxenga ko‘chib o‘tish uning faoliyati uchun foydali bo‘ladi deb hisoblaydi.
Yaqin haftalarda «Bavariya» futbolchining agentlari bilan uchrashib, shaxsiy shartnoma shartlarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. «Nyukasl» ham vingerning ketishini istisno etmayapti va allaqachon uning o‘rnini bosuvchi futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqqan. «Qarg‘alar» yaqin kelajakda, ehtimol Jahon chempionatiga qadar, «Bavariya»dan aniq taklif kutishmoqda.
Avvalroq «Bavariya» Gordonning agentlari bilan muzokaralar o‘tkazgani va futbolchi uchun 60 million yevro to‘lanishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Gordon joriy mavsumda APLning 26 ta o‘yinida maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.