Bugun 12 noyabr, 2025 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 31
2 Barselona 12 28
3 Vilyarreal 12 26
4 Atletiko 12 25
5 Betis 12 20
6 Espanyol 12 18
7 Atletik Bilbao 12 17
8 Xetafe 12 17
9 Sevilya 12 16
10 Alaves 12 15
11 Elche 12 15
12 Rayo Valyekano 12 15
13 Selta 12 13
14 Real Sosyedad 12 13
15 Malyorka 12 12
16 Osasuna 12 11
17 Valensiya 12 10
18 Jirona 12 10
19 Levante 12 9
20 Real Ovyedo 12 8

O'tgan o'yinlar.

12-тур Elche 1-1 Real Sosyedad
12-тур Jirona 1-0 Alaves
12-тур Sevilya 1-0 Osasuna
12-тур Atletiko 3-1 Levante
12-тур Espanyol 0-2 Vilyarreal
12-тур Atletik Bilbao 1-0 Real Ovyedo
12-тур Rayo Valyekano 0-0 Real Madrid
12-тур Malyorka 1-0 Xetafe
12-тур Valensiya 1-1 Betis
12-тур Selta 2-4 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 Valensiya - Levante
22/11/25 Alaves - Selta
22/11/25 Barselona - Atletik Bilbao
22/11/25 Osasuna - Real Sosyedad
23/11/25 Vilyarreal - Malyorka
23/11/25 Real Ovyedo - Rayo Valyekano
23/11/25 Betis - Jirona
23/11/25 Xetafe - Atletiko
24/11/25 Elche - Real Madrid
25/11/25 Espanyol - Sevilya

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 9903 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3079 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 12.11.2025

      05:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      06:05 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Палмейрас".
      08:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Аланьяспор".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Баия".
      12:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:05 Чемпионат Турции. "Антальяспор" - "Бешикташ".
      15:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Ред Булл Брагантино".
      17:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Флуминенсе".
      19:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:05 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Палмейрас".
      00:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Аланьяспор".
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Баия".
      04:00 Чемпионат Турции. "Антальяспор" - "Бешикташ".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 12.11.2025

      05:25 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Преюниорки. Прямая трансляция.
      09:10 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Юниорки. Прямая трансляция.
      13:30 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 6. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      21:00 "Непобедимый".
      21:30 Скелетон. Кубок России в Сочи. Мужчины. 1-й заезд.
      22:10 Скелетон. Кубок России в Сочи. Мужчины. 2-й заезд.
      22:55 Бобслей. Кубок России в Сочи. Женщины. Монобоб. 1-й заезд.
      23:35 Бобслей. Кубок России в Сочи. Женщины. Монобоб. 2-й заезд.
      00:20 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае.
      03:05 "Эволюция спорта".
      03:35 Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 6. Вечерняя сессия.
      04:55 "Непобедимый".
  • MATCH-TV
    • Sana: 12.11.2025

      05:20 Новости.
      05:25 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Преюниорки. Прямая трансляция.
      09:10 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Юниорки. Прямая трансляция.
      13:30 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Прямая трансляция.
      16:55 LIVE Волейбол. Чемпионат России. Мужчины. Суперлига. "Локомотив" (Новосибирск) - "Белогорье" (Белгород). Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 6. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      21:00 LIVE Футбол. BetBoom матч сборной. Россия - Перу. Прямая трансляция.
      00:15 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:00 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Габриэль Бонфим против Рэнди Брауна.
      03:25 Баскетбол. Winline Basket Cup. "Игокеа" (Босния и Герцеговина) - "Уралмаш" (Россия).
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 12.11.2025

      05:30 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      08:00 Зал славы. Олимпиада 2012 в Лондоне.
      09:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Мужчины. Супергигант.
      10:00 Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      12:30 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      15:00 Зал славы. Олимпиада 2016 в Рио-де-Жанейро.
      16:00 Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      17:30 Велоспорт. Женщины. Мировой тур. Обзор сезона.
      18:30 Велоспорт. Мировой тур. Обзор сезона.
      20:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      21:30 Зал славы. Олимпиада 2016 в Рио-де-Жанейро.
      22:30 Олимпийский канал. "Монументы", 1 эп.
      23:00 Конный спорт. Конкур. Кубок мира. Этап в Вероне, Италия.
      00:00 Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      02:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      04:00 Автоспорт. WEC. Этап 5. "6 часов Сан-Паулу" в Бразилии. Лучшие моменты.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Maftuna Shoyimova!

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Maftuna Shoyimova! Balki hayron qolayotgandirsiz, muhtaram muxlis! Abduqodir Husanov, Abbos Fayzullayev yoki Eldor Shomurodov emas, nega endi Maftuna Shoyimova?

Bugun bu ism-familiyani tor doirada yaxshi bilishadi. Endi Maftuna asta-asta keng jamoatchilik, xususan, ayollar o‘rtasida ham mashhurlashsa, ajabmas! Biz shunday yo‘l tutdik. Mulohazalarimizni shu ism-familiya bilan boshladik. Buning sababi bor, albatta. Bosh maqolani yozishga kirishganimizda, futzal bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi OK-2025 saralash bosqichi doirasida turkmanistonliklarga qarshi parketga tushishdi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalarini diqqat bilan tomosha qildik. Futzalchilarimizda shasht-shijoat juda baland. Ayniqsa, Maftuna Shoyimova yuzaga keltirilgan har bir xavfli vaziyatdan unumli foydalanishga intilmoqda. U 3ta gol urib, «xet-trik»ni rasmiylashtirgach, sharhlovchi Murod Rizayev ham o‘ta ko‘tarinki kayfiyatda ta’rif-tavsif berishga kirishdi. Xususan, Maftunaning Avstraliya terma bilan bo‘lgan qiyin bahsda qatnasholmaganidan o‘zicha hikmat izladi. Keyin hal qiluvchi ahamiyatga ega o‘yin tomoshasidan arang uzilib, tahririyat intizorlik bilan kutib turgan mulohazalarni qoralashga tutindik...

O‘yladikki, muxlislar nihoyat, «Futbol-TV»da muhim uchrashuvni jonli tarzda tomosha qilib, rosa miriqishadi. Har ehtimolga qarshi o‘sha lahzada «Sport-TV» qanday ko‘rsatuv uzatayotgani bilan qiziqdik. Yo‘q, muhim o‘yin «Sport-TV»da ham namoyish etilmayapti. Kanalda OKMK - «Dinamo» uchrashuvi takroran ko‘rsatil­yapti. Bir haftacha oldin «Futbol-TV» ham ayni shu eski uchrashuvni efirga qo‘ygandi. O‘shanda oltinko‘llik faxriy muxlis hafsalasi pir holda, bizga yozg‘irgandi, ko‘nglidagilarni to‘kib-solgandi: «Keksa futbol muxlislarining arz-dodlarini hech kim tinglamayapti. Avvallari «InterFutbol»ni vaqtida olardik. Gazetaning har ikki soni sifatli chop etilardi. Hozir esa seshanba soni payshanba kuni yetib kelyapti. Boz ustiga, mahkamlanmagan varaqlar sotuvchi qo‘lida sochilib yotibdi. Boz ustiga, payshanba soni biz tomonlarga umuman kelmayapti. «Futbol-TV» ish boshlashini katta umidlar bilan kutgandik. Telekanal esa barchaga ma’lum uchrashuvlarni takror-takror efirga uzatib, zeriktirmoqda kishini. Aytib qo‘yinglar, zerikarli eski o‘yinlarni beraverishdan ko‘ra, futbol tarixiga oid turli filmlar namo­yish qilingani ma’qul!».

G‘anijon akaga APL tran­slyasiyasi masalasi mablag‘ga borib taqalishi xususida so‘z ochmadik, aksincha, hammasi yaxshi bo‘lishini ta’kidlab, o‘zimizcha tasalli berdik. Ishonchimiz komilki, G‘anijon aka va u kishi kabi fidoyi muxlislar ayollar futzalini ham zavq bilan tomosha qilishadi. Fevral oyining ikkinchi yarmida esa O‘zbekiston U-20 termasining Osiyo chempionatidagi o‘yinlarini jonli tarzda kuzatib, yayrab-yashnashga ilhaqlar. Agar «Futbol-TV» mutasaddilari Xitoyda bo‘ladigan nufuzli turnir uchrashuvlarini jonli tarzda efirga uzatib, translyasiyaga taniqli sharhlovchilarni jalb etishsa va yosh futbolchilarimiz muvaffaqiyatli o‘ynashsa, hamma ginaxonliklar o‘z-o‘zidan unutiladi...

Shu joyga kelganimizda, qo‘shni xonadan «Gol! To‘rtinchisi! Yana Maftuna Sho­yimova!» - degan hayqiriq eshitildi. Yaxshi! Davom etamiz. Abduqodir Husanovning «Manchester Siti»ga o‘tishi masalasi Abu-Dabida Prezident Shavkat Mirziyoyev va valiahd shahzoda o‘rtasidagi suhbatda tilga olinganidan o‘zbekistonlik barcha muxlislar beixtiyor faxr tuyishdi. Davlatimiz rahbari ham suhbat chog‘i o‘zbekning yosh va mard o‘g‘loni yutug‘idan mamnunligini quvonch bilan ta’kidladi. Arab shayxlari har qaysi futbolchi uchun ham saxiylik bilan bu qadar mo‘may mablag‘ sarflashavermaydi. Shu ma’noda O‘zbekiston rahbarining asnosida Abduqodir Husanov beixtiyor mamlakatimiz yosh avlodining o‘ziga xos timsoli, brendiga aylandi. Farhod Nishonov U-20 termasining yangi avlodi safidan yana Abduqodir Husanovlarni qidirishlari haqida so‘zladi va u ming karra haq. Xitoyda bo‘ladigan yoshlar miqyosidagi Osiyo chempionatida agentlar, skautlar Farhod Nishonov shogirdlariga alohida e’tibor qaratishlari turgan gap. Qarang, birgina yosh iste’dodning yutuqlari ortidan mamlakatimiz futboliga shu qadar qiziqish! 

Xayriyatki, vaqtida «Energetik-BGU» Abduqodirni quchoq ochib qarshi olgani. Belaruslik mutaxassislarga har qancha minnatdorchilik izhor etsak arziydi. Xo‘sh, o‘zimiznikilarga-chi? Nima sababdan ular Abduqodir timsolida bo‘lajak katta futbolchi voyaga yetayotganini ko‘ra bilishmadi? Ko‘ra bilishmadimi yoki ko‘rishni istashmadimi? Shu o‘rinda e’tirof etaylik, o‘zbekistonlik futbol mutaxassislari jahonning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan hamkasb­laridan saviya bobida aslo ortda emaslar. Aks holda, milliy jamoamizning aksariyat yetakchilari bugun xorijda legioner maqomida to‘p surishmasdi.

Qo‘shni xonadan takror hayqiriq: «Gol! Beshinchisi! Yana Maftuna Shoyimova!» Nimalar bo‘lyapti o‘zi? Mulohazalarimizni Maftuna Shoyimova bilan boshlaganimizda, bunday natijani o‘ylab ham ko‘rmagandik. Har bir ishda hikmat yashirin. Nuqul erkaklar futbolining yutuq va muammolarini yozib, Abduqodir Husanov kabi legionerlarimizni olqishlab, ayollar seektoriga e’tibor qaratmayotganimizdan o‘zimizcha xijolat tortib yurgandik. Shuni nazarda tutib, bu safar barchasini Maftuna Shoyimovaga bog‘lashni o‘ylaganimiz - ayni haqiqat. Qarang, rejamiz o‘zini, Maftuna esa ishonchimizni oqladi. U muhim uchrashuvda «penta-trik» qayd etish orqali «Futbol olamida biz ham bormiz!» - deya o‘zini eslatib qo‘ydi va soha jurnalistlarini adolatni ushlashga chorladi go‘yo. Barakalla, Maftuna! E’tiborni tortish, Vatan sharafini himoyalash bobida yigitlardan aslo kam emasliklaringizni isbotladinglar! Qoyil! Maftuna Shoyimova va Abduqodir Husanov kabi iste’dodlar jonajon O‘zbekistonimizda juda ko‘p. Hamma gap shu iqtidorlarni topish, sayqallash va jahon futbol bozoriga havola etishda! 

Mamlakatimizdagi futbol mutaxassislari saviyasi ham chakki emasligini bejiz eslatmadik. Faqat bir jihat bor - ular iste’dodning kelajagi haqida qayg‘urish masalasida har doim ham astoydil kurashaverishmaydi. Hatto «Biz o‘zimizga tegishli ishni bajardik. Yosh futbolchining unib-o‘sishida bor kuchimiz, bilimimizni ayamadik. Endi hammasi uning o‘ziga bog‘liq. Kurashsa va raqobatda yutib chiqsa, katta futbolchiga aylanadi. Imkon topolmasa, bu ishni uddalay olmasa, boshqalar qatori tirikchilik aravasini tortaveradi!» qabilida yoqimsiz «falsafa» ham yo‘q emas. Ayni shu «falsafa» ta’siri o‘laroq, ne-ne iste’dodlar, Abduqodir Husanov va Eldor Shomurodov kabi yevroarenalarda to‘p surishga qodir yigitlarimiz shundoq ko‘z o‘ngimizda futbolni alam, afsus bilan tashlashganini unutmaslik darkor aslo. 

Yana savol tug‘iladi: «Agar «Energetik-BGU» va «Lans» bo‘lmaganida ham, Abduqodir Husanov «Manchester Siti» nazariga tusharmidi?» Ochig‘i, bu savolga jo‘yali javob berolmaymiz. Biroq O‘zbekiston futbol muhitida bu kabi yuksak transferlarni amalga oshirish fantastik hodisa ekanligini ta’kidlovchilar haddan ortiq ko‘pligi kishini o‘yga toldiradi. Nahotki, «Lans» qurtdek sanab olgan yevromillionlarni «Bunyodkor», «Paxtakor» yoki boshqa bir klub qo‘lga kiritishni xohlamasa?! Xohlashi aniq! Xohishning ro‘yobga chiqishi uchun bitta aniq shart bor: uning nomi - adolat! Darvoqe, mulohazalarimizni yakunlar ekanmiz, teleekrandan Murod Rizayevning shodon ovozi yangradi: «Futzalchi qizlarimiz Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi final bosqichiga yo‘l olishdi!» Tabriklaymiz! Omad yor bo‘lsin!

Muhammad VALI

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:58, 28.01.2025. O'qildi: 2783 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 7
3 Атлетико Xulian Alvares 7
4 Леванте Karl Etta-Eyong 6
5 Мальорка Vedat Muriki 6
6 Барселона Ferran Torres 5
7 Бетис Kucho Ernandes 5
8 Сельта Borxa Iglesias 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.