Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • 2:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Roberto Donadoni: «Bugungi Saudiya umuman boshqacha...»

Baho:
+ | -
OSIYO / Milliy chempionatlar / Saudiya Arabistoni ligasi
Rukn: Intervyular
A A A

2-6 yanvar oralig‘ida Italiya superkubogi tashkilotchilari qatori Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahriga tashrif buyurgan taniqli shaxs­lar orasida 1994 yili AQSHda o‘tkazilgan jahon chempionati kumush medali sovrindori Roberto Donadoni ham bor edi.

Samarali futbolchilik faoliyatini «Atalanta»da boshlab, Saudiyaning «Al-Ittihod» klubida yakunlagan italiyalik afsona keyinchalik ma’lum muddat murabbiy rolida ham ishlab ko‘rdi. Jumladan, 2006-2008 yillar Italiya milliy jamoasini boshqardi. Arab diyoridagi Italiya superkubogi bahslarini yoritish maqsadida Ar-Riyodga yo‘l olgan «Yuventus» rasmiy sahifasi - jufc.ru sayti ijodkorlari fursatdan foydalanib, Donadonini  ham suhbatga tortishdi.

- Roberto, ayni payt Italiya futbolida o‘zi xohlagan natijaga erishish uchun kurashayotgan murabbiy bor. Gap «Yuventus» bosh­qaruvida debyut mavsumini o‘tkazayotgan Tyago Motta haqida ketmoqda. Turin klubining «A» seriya turnir jadvalidagi holatidan kelib chiqib, qandaydir mulohaza yurita olasizmi?

- O‘ylaymanki, «Yuve» kabi katta klublarda har qanday islohotlar umumiy natijalariga qarab amalga oshiriladi. Motta bunga qadar «Bolonya»da eng yaxshi sifatlarini baralla namoyish etdi, novator-murabbiy ekanligini isbotladi. Hozir esa ma’lum qiyinchiliklar qurshovida ishlashga majbur bo‘lmoqda. Tabiiyki, «Yuventus»da undan ancha ko‘prog‘ini kutishmoqda. Agar muayyan bir omadsiz o‘yin­ga qarab, baho berish so‘ralsa, jamoa deylik, superkubok yarim finalida mag‘lubiyatga loyiq emasdi. «Milan»­ga qarshi kechgan uchrashuvni obdon tahlil qilib ko‘ring, fikrimda asos borligini payqaysiz. Misol uchun, turinliklar birinchi bo‘limda yetarlicha xavfli vaziyatlar yaratishdi, faqat ulardan samara chiqarishda oqsashdi. Tanaffusdan keyin esa «rossonerlar» kam sonli hujumlardan oqilona foydalanib qolishdi. Ehtimol, «Yuve»ga hozirda jarohatlar ko‘pligi ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotgandir. Fikrimcha, ayni payt natijalardan ko‘z yumish va klubni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash juda-juda muhim. Demoqchimanki, o‘zgarishlar davrida natijaga yopishib olish yaramaydi

- Tyon Kopmeyners haqida nima deya olasiz? Katta umidlar bilan xarid qilingan futbolchi nega kutilgan darajada jonli o‘yin namoyish etolmayapti? 

- Ha, Tyon o‘tgan mavsumdagi o‘yini darajasida to‘p surolmayapti - bu aniq. Ehtimol, unga jarohat ham xalal berayotgandir. Bizda bir nazariya bor. Unga ko‘ra, «Atalanta»dan chiqqan futbolchilar odatda boshqa klublarda o‘z saviyalarini ushlab qololmaydilar. Biroq Kopmeynersning «Yuve»dagi faoliyatini shu tushuncha bo‘yicha o‘lchash noto‘g‘ri. Ha, bir jihatni aniq aytaman, Bergamoda futbolchilar ma’lum bir chizmada o‘ynashga o‘rganib qolishadi, ayniqsa, jamoaviy harakatlarga. Shuning uchun ham ular boshqa klublarda ancha qiynalishadi. Chunki jamoaviy yo‘sinda o‘ynashga odatlangan yigitlardan birdaniga individual harakatlanish talab etiladi. Nazarimda, ayni shu masalada qiyinchiliklar yuzaga keladi. O‘ylaymanki, Tyon hozir «Yuve»ga moslashish jarayonida va vaqt o‘tishi bilan asl darajasini ko‘rsata boshlaydi.

- Hozirgi «Yuventus»ning eng katta muammolaridan biri - bu Vlaxovich. Sizningcha, Dushan qanday salohiyatga ega va uning haqiqiy ustunligidan to‘liq foydalanish uchun nima qilish kerak? 

- Hujumchilar qismatiga shunday narsa yozilganki, agar gol ura olishmasa, atrofda darhol g‘alayon ko‘tariladi. Shu o‘rinda barchaga eslatib qo‘ymoqchiman, Dushan avvalgi mavsum 12ta gol urdi va nimalarga qodirligini amalda ko‘rsatib qo‘ydi. Uni hozir ham istiqboli baland hujumchi sifatida ko‘r­yapman. Nazarimda, Vlaxovichga o‘z fazilatlarini yaqqol ko‘rsatishga imkon yaratish uchun jamoa hujumda tez-tez rotasiyaga qo‘l urib turish kerak.

- Joriy mavsum «A» seriya­da kuzatilayotgan kuchli raqobat qanday taassurot uyg‘otmoqda? Sizningcha, Italiya futboli chindan ham, rivojlanmoqdami?

- Chempionatda raqobat tobora kuchayib borayotgani nimadandir dalolat bermoqda, albatta. Bu masalada yakdil fikrga egaman. Asosiysi, jamoalarda barqarorlik bor. Qarang, skudetto uchun kurashda 4-5ta jamoa baralla qatnashmoqda. Ehtimol, buning ta’sirida finishga qadar qiziqarli va tomoshabop o‘yin­larni u qadar ko‘p ko‘rmasmiz. Chunki poygada qatnashayotgan klublar o‘z-o‘zidan natijani birinchi o‘ringa qo‘yadi. Shu ma’noda aytsam, futbol go‘zalligi nisbatan pasayishi mumkin, muhimi, yaqqol o‘sish yo‘q emas. 

- Italiya jamoalariga Konseysau kabi serqirra mutaxassislar yetishmayotgandek... 

- Ko‘rinib turibdiki, nafaqat Konseysau, balki uning o‘g‘li Franshiskuda ham muxlislarni hayajonga soladigan xususiyatlar mavjud. Aytadigan gap ko‘p, lekin yosh futbolchilarda ishonch uyg‘otish uchun ularni faktlar asosida qo‘llab-quvvatlash lozim. Agar o‘yinlarga nisbatan munosabatimizni o‘zgartirmasak, har doim bir xil muammo qurboniga aylanib qolaveramiz. Masalan, Italiyada faqat natijaga e’tibor qaratish haddan tashqari avj olib bormoqda.

 - 21-asr bo‘sag‘asida Saudiya Arabistoni futboliga yuzlangan edingiz. Arab diyo­-ridagi faoliyatingizdan qanday xotiralar qolgan?

- 2000 yili «Al-Ittihod» safiga qo‘shilish asnosida Sau­diya futboliga yuz burgan birinchi italiyalik bo‘lgandim. O‘shanda Saudiya klublari muayyan mavsum ko‘pi bilan 2 nafar xorijlikni ro‘yxatdan o‘tkaza olardi, xolos. Ayni vaziyatga qarasak, Saudiya nafaqat futbol, balki ijtimoiy sohalarda ham katta o‘zgarishlarni boshdan o‘tkazmoqda. Ajoyib rivojlanish. To‘g‘risi, mamlakatda hammasi butkul o‘zgarmoqda. Deylik, men o‘ynagan davrda ayollar erkak hamrohligisiz avtomobil boshqarolmasdilar, ularga ko‘chada yolg‘iz yurish ham taqiqlangan edi, endi hammasi boshqacha. Turizm sohasida ham katta taraqqiyot kuzatilmoqda. O‘zimga kelsak, o‘ylashimcha, Jidda klubida to‘plagan tajribam sport nuqtai nazaridan muvaffaqiyatli chiqqandi. Har holda, chempionlikni tantana qilgan va milliy kubokni ham qo‘lga kiritgandik. Bu juda ijobiy natija hisoblangan, zero, «Al-Ittihod»ga xalq jamoasi sifatida qarashardi. Asosiy raqobatchimizga asosan boylar egalik qilishardi. Shuning uchunmi, bizning muvaffaqiyat butun mamlakatda ikki hissa xursandchilikni yuzaga keltirgandi. 

- Qiziq, Saudiya Arabistonida murabbiylik qilishni xohlarmidingiz? 

- Yaqindagina «Al-Arabiya» telekanaliga intervyu berdim. Arablar ham xuddi shu savol bilan yuzlanishdi. Yashirmayman, saudiyalik ayrim mutaxassislar bilan muayyan suhbatlar bo‘ldi, jumladan, akademiya tashkil etish bo‘yicha takliflar yo‘q emas. Lekin keling, barchasini vaqt izmiga topshiraylik. Kelajakda biror qiziqarli loyihaga qo‘l uramanmi? Kuzatamiz.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:10, 30.01.2025. O'qildi: 778 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик