Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • 2:2
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • 1:1
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • 0:1
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • 0:0
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • 2:0
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • -:-
      • Elche
  • «A» Seriya
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • 0:1
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • 3:0
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • 0:0
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • 2:3
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • 2:3
      • Atalanta
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Bolonya
  • APL
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • 2:2
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • 2:2
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • 0:1
      • Arsenal
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Kristal Pelas 35 44
15 Nottingem Forest 36 43
16 Lids 35 43
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Nottingem Forest" — futbol mavsumi sensasiyasi!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

«O‘rmonchilar» taxallusi bilan to‘p suradigan «Nottingem Forest» hozirda YECHL nomi bilan tanilgan turnirda 2 marta g‘olib chiqqan.

Ovloq provinsiya klubi buyuk murabbiy Brayan Klafning sa’y-harakatlari tufayli nufuzli sovrinni qo‘lga kiritgan, keyin uni himoya qilishga ham muvaffaq bo‘lgandi. Vaholanki, «o‘rmonchilar» o‘z tarixlarida atigi bir marta Angliya chempioni bo‘lishgandi.

Oradan bir necha o‘n yilliklar o‘tgach, jamoada izzattalab sohib paydo bo‘ldi. Gresiyalik magnat Yevangelos Marinakis haqida afinalik prokurorlar bilan soatlab munozara yuritish mumkin. YEKLda g‘olib chiqqan «Olimpiakos» va raqobatchilarning o‘yinlariga qadar APLda 2-o‘ringa ko‘tarilgan «Nottingem Forest»ning meshqorin sohibi o‘z yurtida turlicha obro‘-e’tiborga ega. Marinakis o‘z odatiga ko‘ra barcha ayblovlarni inkor etadi. Biroq uning biznesi port bilan bog‘liq. Kemalar bor joyda esa, albatta, jinoyat ham bo‘ladi. Bu illat greklar Yevropa sohillarida manzilgohlarni qurishgan davrdan beri mavjud. Endi portlardagi ayrim gunohlar ro‘yxatdan o‘tkazilmagan neftning tankerlarda olib ketilishi bilan bog‘liq. Lekin pullar daryo emas, O‘rta Yer va Egey dengizilaridek oqmoqda. Marinakisning mablag‘i «Nottingem Forest» transferlari uchun yetarli bo‘ldi. Navqiron direktorlar Uilson va Xenderson yo‘q narsadan kuchli jamoani yaratishdi.

Nunu Eshpiritu Santu, murabbiy

Marinakisning asosiy kelishuvi. Bir yil avval «o‘rmonchilar» 19 turdan keyin 17 ochko to‘plab, elitada qolish uchun kurashgandilar. Endi ularning hisobida 37 ochko bor. Portugaliyalik Nunu Eshpiritu Santu bir yil avval «Forest»ni qabul qilib, mavsumni autsayderlar guruhidan bir pog‘ona yuqorida yakunlagandi. Hozirda u YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish niyatida, lekin qaysi turnir bo‘lishidan qat’iy nazar, yevrokuboklar yo‘llanmasi murabbiy uchun ulkan muvaffaqiyatga teng.

Kris Vud, hujumchi

Yangi Zelandiya terma jamoasining a’zosi 33 yoshda. Avvaliga ijara asosida to‘p surgan Krisni o‘z safiga qo‘shib olish uchun «Forest» o‘tgan yili 17 mln. yevrodan voz kechdi. Biroq baland bo‘yli baquvvat faxriy o‘zining 11ta goli va 1ta assisti bilan ishonchni oqladi. Vud tufayli jamoa sermahsul o‘yin ko‘rsata boshladi. O‘tgan mavsumda uning 14ta goli «Forest»ni elitada saqlab qolgandi, endi murabbiy Vudda Vardi timsolini ko‘rmoqda.

Elliot Anderson,  xavbek

Ortiqcha to‘langan pul o‘z samarasini berdi. Anderson Angliya va Shotlandiyaning yoshlar jamoalarida to‘p surgan, ikki milliy terma jamoaning birida o‘ynash huquqiga ega. Aslida 15 mln. yevroga baholangan «Nyukasl» tarbiyalanuvchisini «Forest» 41,2 mln.ga xarid qilgandi. Lekin sohiblarning hiyla-nayranglari «o‘rmonchilar» xavbekining yorqin faoliyatiga dog‘ tushira olmaydi.

Nikola Milinkovich, markaziy himoyachi

Anderson «Nottingem Forest»ning rekord xaridi bo‘lsa, Milenkovich klub tarixidagi muvaffaqiyatli xaridlardan biri bo‘ldi. Har qanday raqibining harakatini bir qarashda payqab oladigan himoyachini jamoa «Fiorentina»dan atigi 12 mln. yevroga sotib olgandi. «A» seriyasida mukammal tajribaga ega bo‘lgan baquvvat serb yangi muhitga juda tez moslashib oldi va tarkibdagi bahodirlar safini to‘ldirdi. Hujumchi Vudning bo‘yi 1,91 m., Milenkovich undan 4 sm.ga uzunroq.

Ola Ayna, o‘ng qanot laterali

«O‘rmonchilar»da sxema va munosabat nomlardan muhimroq, go‘yoki «Atletiko», kechagi Chempionship vakili emas. Jahon chempioni Montiel «Sevilya»ga qaytdi, uni «Aston Villa»da joy yetishmagan ispaniyalik Aleks Morenoga alishtirishdi. O‘ng qanotni esa yaqinda Nottingemga kelgan nigeriyalik futbolchi egalladi. U avval «Fulxem» va «Torino»da to‘p surgandi. Endi «Xall Siti»dagi davridan beri eng yaxshi mavsumini o‘tkazmoqda. Jamoa Aynani erkin agent maqomida o‘z safiga qo‘shib olgandi, endi uni «Manchester Siti»ga sotib yuborish niyatidalar.

Mats Zels, darvozabon

Bir lahzaning o‘zida 8 mln. yevro ishladi. 32 yoshli darvozabonning bunchalik muvaffaqiyatli ganak tikishini kim bilardi, deysiz? Bu futbolchining Angliyadagi ikkinchi urinishi. U «Nyukasl»da o‘z o‘rnini topa olmagach, Fransiyaning kamtarin «Strasbur» klubida o‘ynadi. Keyin u yana APLda omadini sinab ko‘rishga qaror qildi. O‘zi darvozabon bo‘lgan Nunu Eshpiritu Santu kasbdoshiga ishonch bildirib, evaziga «quruq» o‘yinlar seriyasini qabul qilib oldi. Mats Kurtua emas, lekin o‘z vazifasini yaxshi biladi va sifatli bajara oladi.

Kallum Xadson-Odoi, vinger

Zelsga «Nyukasl»da imkoniyat berishmagandi, Xadson-Odoiga esa «Bayer» «torlik» qilib qoldi. «Chelsi» tarbiyalanuvchisi o‘z faoliyatini barvaqt boshlagani bois, katta yoshdagilardek ko‘rinadi. Vaholanki, endi 24ga chiqdi. Qatorasiga ikkinchi mavsumni, Kallum «Nottingem Forest»ning asosiy tarkibida o‘tkazmoqda. Qizig‘i shundaki, jamoa vingerni arzimas 3,5 mln. yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgandi. Ehtimol, nemislar uning samarali to‘p sura olishini kutishmagan va sotib yuborishgandir. Futbolchi joriy mavsumda avvalgiga nisbatan ozroq gol urmoqda. Lekin xuddi «MYU»ga qarshi o‘yindagi kabi, muxlislar mehrini qozonishni biladi.

Murilyo, markaziy  himoyachi

Yelkador bu futbolchi endi 22ga chiqdi. Milenkovichdan qolishmaydigan yetuk markaziy himoyachi maqomini olish uchun, unga bo‘yining ozgina pastligi xalal beradi. Biroq Murilyo bu kamchilikni pozisiyani to‘g‘ri tanlash mahorati bilan yo‘qqa chiqaradi. U to‘pni darvoza chizig‘idan uzoqlashtirish ustasi. 2024 yil avvalida unga Diyego Simeone qiziqib qolgan, yozda esa «Chelsi» skautlari diqqat bilan kuzatishgandi. «Forest» tarkibidagi yangu muvaffaqiyatlardan keyin Murilyo yana radarlar nishonida. Bo‘yi baland bo‘lmagan markaziy himoyachiga har bir grand talabgor bo‘lavermaydi. Lekin u o‘z murabbiyini topa olsa, yuqoriga ko‘tariladi.

«Nottingem Forest» uzoq vaqt cho‘qqida bo‘lishini taxmin qila olmaymiz, «O‘rmonchilar»da «Lester» muvaffaqiyatini takrorlash imkoniyati juda oz. Qo‘shimchasiga, hozir hech kimga pul sochish imkoniyatini berishmayapti. «Aston Villa» va «Nottingem Forest»dagilar transfer qoidalaridan nolimoqdalar. Lekin cheklovlar Emeri va Eshpiritu Santu jamoalarini ixtirochilarga aylantirdi. 10 nafar futbolchini 50 mln. yevro baho bilan xarid qilish mumkin emas, tekinga keladigan o‘yinchilarni izlab topish yoki Murilyodek 12 mln.ga sotib olish kerak. «O‘rmonchilar»ning suyukli narx kategoriyasi. Futbolchilar sotuvida pul ishlashni ham biladilar. Vinger Jonson uchun «Tottenxem» 55 mln. yevrodan voz kechdi, «Lion» esa markaziy himoyachi Niakateni 31 «limon»ga sotib oldi. Xayriyatki, pul dengizida o‘ta kamtarin «Nottingem Forest» suzdi.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:00, 03.02.2025. O'qildi: 1292 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Астон Вилла Olli Uotkins 12
9 Борнмут Eli Junior Krupi 12
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик