Bugun Bolgariyada navbatdagi kun bahslari bo‘lib o‘tadi.
“Strandja” musobaqasining ikkinchi kunidan 8 nafar bokschimizning chiqishi o‘rin olgan. Janglar ikki dasturda bo‘lib o‘tadi.
Ringga ko‘tariladigan vakillarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:
-75 kg: Javohir Ummataliyev - Joshua Olaniyan (Irlandiya) A ring. 18:30.
-86 kg: Akmaljon Isroilov - Bekzad Nurdauletov (Qozog‘iston) A ring. 19:15
+92 kg: Jahongir Zokirov - Mahammad Abdullayev (Ozarbayjon) A ring. 19:30
+92 kg: Arman Maxanov - Godstime Idemudia (Irlandiya) B ring. 19:30
+92 kg: Abdurahmon Rustamov - Damar Tomas (Angliya) A ring. 19:45.
-63,5 kg: Sayat Ilyasov - Klensi Dean (Irlandiya) B ring. 20:30.
-80 kg: Nurislom Ismoilov - Alfred Kromvell (Italiya) A ring. 21:00.
-92 kg: To‘rabek Xabibullayev - Isaak Okox (Angliya) B ring. 21:00.
Janglar Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da start oladi.
Kechagi o‘tkazilgan dastlabki kun janglarida Samandar Olimov (60 kg) irlandiyalik Adam Hessionga qarshi ringga ko‘tarildi. Hakamlarning qarorlariga ko‘ra hamyurtimiz imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqa bilan xayrlashadigan bo‘ldi.
Ilk kungi janglar ro‘yxatidan Olimpiada chempioni Abdumalik Xalokovning uchrashuvi o‘rin olgan edi, ammo Abdumalikning professional jangda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan, ikkinchi bahsining vaqti oldinroqqa surilgani tufayli, chempionimiz Ispaniyaga uchib ketadigan bo‘ldi.
Yana bir chempionimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ham bugun Bolgariyada bahs olib borishi kerak edi, ammo Asadxo‘ja musobaqadan oldin orttirgan jarohatidan to‘liq tiklana olmagani uchun o‘z jangini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.