Bugun 1 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 01.05.2026 23:45
      • Piza
      • -:-
      • Lechche
      • 02.05.2026 18:00
      • Udineze
      • -:-
      • Torino
      • 02.05.2026 21:00
      • Komo
      • -:-
      • Napoli
      • 02.05.2026 23:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Jenoa
  • APL
      • 02.05.2026 00:00
      • Lids
      • -:-
      • Byornli
      • 02.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 02.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Vest Xem
      • 02.05.2026 19:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Brayton
      • 02.05.2026 21:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Fulhem
  • La-liga
      • 02.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Malyorka
      • 02.05.2026 17:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Levante
      • 02.05.2026 19:15
      • Valensiya
      • -:-
      • Atletiko
      • 02.05.2026 21:30
      • Alaves
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 03.05.2026 00:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Barselona
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Diyego Maradonaning o‘limi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi. Aybdorni 25 yillik qamoq jazosi kutmoqda

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Kirmang
Rukn: Yangiliklar
A A A

Argentina futbol afsonasi Diyego Maradonaning hayoti so‘nggi kunlarida unga tibbiy yordam ko‘rsatgan sakkiz nafar tibbiyot xodimidan yetti nafari bugun sud oldida javob bermoqda. Ular ehtiyotsizlik bilan odam o‘ldirish va kasbiy loqaydlikda ayblanmoqda.

Maradona 2020 yil 25 noyabr kuni 60 yoshida vafot etgan. U o‘limidan avval miyadagi trombni olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan. Shuningdek, Diyego alkogol va giyohvandlikdan davolanayotgandi.

Sud jarayoni va tergov tafsilotlari

Maradonaning o‘limidan so‘ng Argentina prokuraturasi mahalliy shifokorlar va hamshiralar faoliyatini tekshirishni boshladi. 2021 yilda 20 nafar ekspert ishtirokida o‘tkazilgan tekshiruv natijasida Maradonaga ko‘rsatilgan tibbiy yordam “noo‘rin, yetarli emas va mas’uliyatsiz” deb topildi. Ekspertlar shuningdek, agar unga sifatli va malakali tibbiy yordam ko‘rsatilganida, “uning yashab qolish ehtimoli yuqori edi” degan xulosaga kelishdi.

Sud jarayonida javobgarlar qatorida Maradonaning neyroxirurgi va shaxsiy shifokori Leopoldo Luki, psixiatr va bir necha hamshiralar bor. Ularning barchasi ayblovlarni rad etmoqda. Agar sud ushbu mutaxassislarni aybdor deb topsa, sakkiz yildan 25 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Tibbiy xatolar va Maradonaning o‘limi

Maradona Buenos-Ayresning hashamatli hududidagi uyida vafot etgan. Bu operasiyadan ikki hafta o‘tgach sodir bo‘ldi. Keyinchalik futbolchining yurak xurujidan vafot etgani aniqlandi. Sud tibbiyot xodimlarini futbolchiga “zarur tibbiy yordamni vaqtida ko‘rsatmaganlikda” ayblamoqda. Jumladan, uning uyida defibrillyator bo‘lmagan, shuningdek, giyohvandlik va alkogolizmni davolash bo‘yicha mutaxassislar ham undan doimiy xabar olib turmagan. Ayblov xulosasiga ko‘ra, tibbiyot guruhi futbolchini “o‘limga mahkum etgan” va unga “og‘ir sharoitda yordam ko‘rsatmasdan qarovsiz qoldirgan”.

Sud jarayonida tibbiyot xodimlaridan biri, kechki smenada ishlagan hamshira, Maradonaning ahvolida “tashvishli belgilar” sezganini, lekin uni uyg‘otmaslik bo‘yicha ko‘rsatma olganini ma’lum qilgan. Ertalabki smenada ishlagan hamshira esa Maradonaning jasadini topgan va o‘z ishi alohida ko‘rib chiqilishini talab qilmoqda.

Maradonaning o‘g‘lining advokati Digito Mario Bodrining so‘zlariga ko‘ra, futbolchining oilasi sizdirilgan audio va SMS xabarlardan keyin uning sog‘lig‘i doimo xavf ostida bo‘lganligidan dalolat beradi, deb da’vo qilmoqda. Advokatning so‘zlariga ko‘ra, tibbiy guruhning strategiyasi Diyegoning farzandlarini davolanishga aralashtirmaslik bo‘lgan. Chunki ular shunday qilsalar, shifokorlar ko‘proq pullarga ega chiqishadi.

Maradonaning vafoti Argentinani larzaga soldi

Maradonaning o‘limi butun Argentinada qayg‘u va norozilik harakatini keltirib chiqardi. Sud jarayoni Buenos-Ayresning San-Isidro shahrida bo‘lib o‘tmoqda va iyul oyiga qadar davom etishi kutilmoqda. Ushbu ish doirasida 100 dan ortiq guvoh, jumladan, Maradonaning oilasi va uni uzoq yillar davomida davolagan shifokorlar ko‘rsatma berishi rejalashtirilgan.

Buenos-Ayresning La-Paternal tumanida, Maradona futbolchilik faoliyatini boshlagan joydagi devorlarga “Diyego uchun adolat!” qabilida shiorlar yozilgan.

Mahalliy fuqarolardan biri, nafaqaxo‘r Xilda Pereira, bu ish yuzasidan adolat qaror topishi kerakligini ta’kidlab, shunday dedi:

"Odamlar hammasini bilishi kerak. Maradonani kim qarovsiz qoldirdi? U kimlarning qo‘lida qolib ketdi? Kim aybdor bo‘lsa, jazolanishi shart! Maradona yolg‘izlikda vafot etishga loyiq emas edi".

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:16, 12.03.2025. O'qildi: 4493 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Нефтчи Zoran Marushich 4
9 Бухоро Sherzod Esanov 4
10 Пахтакор Flamarion 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик