Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Amir G‘alinoiy: «Natija Allohning ixtiyorida»

Baho:
+ | -
OSIYO / Saralash turnirlari / JCh saralash
Rukn: Intervyular
A A A

Eron milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Amir G‘alinoiy JCH-2026 saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekistonga qarshi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘zbekiston terma jamoasini qutlayman

"O‘zbekistonning kuchli jamoa ekanini bilamiz. Ularga xush kelibsiz deyman. Ilgarigi uchrashuvda shunday vaziyat yuzaga keldiki, bu jamoa tibbiy xodimlari menga juda iliq munosabatda bo‘lishdi, ularga minnatdorchilik bildiraman. O‘zbekiston oxirgi 10 yilda yoshlar jamoalariga katta sarmoya kiritdi va yaxshi natijalarga erishdi".

O‘zbekiston terma jamoasi haqida

G‘alinoiy O‘zbekiston terma jamoasining tarkibiga to‘xtalar ekan, shunday dedi:

"Ularda juda qimmatli futbolchilar bor, uch nafari Eron chempionatida to‘p suradi. Biz og‘ir o‘yin kutayotganimizni bilamiz. O‘zbekiston 3-4-3 taktikasida o‘ynaydi va natijaga erishishni ko‘zlaydi. Biz ham shu taktika ustida ishladik va ertangi o‘yinda g‘alaba qozonishga umid qilamiz.

Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatlari haqida

"Ertangi o‘yindan keyin yana ikki muhim final bor. Milliy jamoada har bir o‘yin finalga teng, chunki u tarixga muhrlanadi. Shimoliy Koreyaga qarshi o‘yinda ham birinchi bahsdagiday kuchli motivasiyaga ega bo‘lamiz.

BAAni mag‘lub etganimizdan keyin men barcha futbolchilarimga O‘zbekiston haqida o‘ylashimiz kerakligini aytdim. Ular ham yaxshi motivasiyaga ega va yaxshi natijaga erishishni xohlashadi. Lekin natija Allohning ixtiyorida".

Jamoada yoshartirish jarayoni va Taremining ishtiroki haqida

Eron milliy terma jamoasi murabbiyi yoshartirish siyosati haqida shunday dedi:

"Milliy o‘yin har doim nufuzli. Biz zarur bo‘lgan holda, maslahat asosida yosh futbolchilarga imkoniyat beryapmiz".

Jahon chempionati saralash bosqichidagi qiyinchiliklar haqida

G‘alinoiyning so‘zlariga ko‘ra, jamoa saralash bosqichida jiddiy muammolarga duch kelgan:

"Bu natijalar ikki yillik mehnat samarasidir. Federasiyaning sobiq rahbarlari, futbolchilar va murabbiylar shtabiga minnatdorchilik bildiramiz. Biz ko‘p muammolarni, jumladan, o‘z maydonimizda o‘ynamaydigan vaziyatni yengib o‘tdik. Bu natijalar futbolchilarning jamoaviy ruhini va ularning o‘z Vatanlari uchun sharaf bilan kurashishlarini ko‘rsatib turibdi".

Safardagi muammolar va Eron futboli avlodlari haqida

"Beshta o‘yinni ketma-ket safarda o‘tkazgan jamoa bor deb o‘ylamayman. Shu futbolchilar safarda va Eronda BAA milliy jamoasini mag‘lub eta olishdi. Bu jamoa katta salohiyatga ega va umid qilamanki, yanada yaxshi natijalarga erishamiz".

Jahon chempionatiga yo‘llanma olgan taqdirda, kimning o‘rni seziladi?

Amir G‘alinoiy bu savolga javob berar ekan, juda ehtirosli javob qaytardi:

"Onam, opam va rafiqamning onasi tirik bo‘lishsa va bu quvonchli damlarni ko‘rishlarini istardim. Har kimning ota-onasi hali hayot bo‘lsa, ularning qadriga yetishlarini maslahat beraman. Ular juda ulug‘ insonlar".

Mehdi Taremiyning O‘zbekistonga qarshi o‘ynashi ehtimoli haqida esa quyidagilarni ta’kidladi:

"Futbolchining sog‘lig‘i biz uchun eng muhim narsa. Taremiy jarohat olgan, tibbiy guruh uning holatini kuzatyapti. Bugun kechqurun aniq bo‘ladi: u o‘ynay oladimi-yo‘qmi. BAAga qarshi o‘yinda unga imkoniyat berishimiz mumkin edi, lekin men va murabbiylar shtabi uni maydonga tushirmaslikka qaror qildik".

Ma’lumot o‘rnida. Eron - O‘zbekiston uchrashuvi 25 mart kuni, soat 21:00 da "Ozodiy" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:02, 24.03.2025. O'qildi: 2653 marta. Fikrlar: 10 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик