Bugun 14 noyabr, 2025 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 31
2 Barselona 12 28
3 Vilyarreal 12 26
4 Atletiko 12 25
5 Betis 12 20
6 Espanyol 12 18
7 Atletik Bilbao 12 17
8 Xetafe 12 17
9 Sevilya 12 16
10 Alaves 12 15
11 Elche 12 15
12 Rayo Valyekano 12 15
13 Selta 12 13
14 Real Sosyedad 12 13
15 Malyorka 12 12
16 Osasuna 12 11
17 Valensiya 12 10
18 Jirona 12 10
19 Levante 12 9
20 Real Ovyedo 12 8

O'tgan o'yinlar.

12-тур Elche 1-1 Real Sosyedad
12-тур Jirona 1-0 Alaves
12-тур Sevilya 1-0 Osasuna
12-тур Atletiko 3-1 Levante
12-тур Espanyol 0-2 Vilyarreal
12-тур Atletik Bilbao 1-0 Real Ovyedo
12-тур Rayo Valyekano 0-0 Real Madrid
12-тур Malyorka 1-0 Xetafe
12-тур Valensiya 1-1 Betis
12-тур Selta 2-4 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 Valensiya - Levante
22/11/25 Alaves - Selta
22/11/25 Barselona - Atletik Bilbao
22/11/25 Osasuna - Real Sosyedad
23/11/25 Vilyarreal - Malyorka
23/11/25 Real Ovyedo - Rayo Valyekano
23/11/25 Betis - Jirona
23/11/25 Xetafe - Atletiko
24/11/25 Elche - Real Madrid
25/11/25 Espanyol - Sevilya

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 10044 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3106 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.11.2025

      06:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Баия".
      08:00 Чемпионат Турции. "Антальяспор" - "Бешикташ".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Ред Булл Брагантино".
      12:00 Д/ф "Джеррард. Прирождённый лидер".
      13:10 Д/ф "Куртуа. Возвращение".
      14:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Флуминенсе".
      18:00 Чемпионат Турции. "Антальяспор" - "Бешикташ".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Палмейрас".
      22:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Аланьяспор".
      00:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Баия".
      02:00 Д/ф "Неймар. Номер один в Бразилии".
      02:50 Д/ф "Манчестер Юнайтед". Вперёд к славе".
      04:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Ред Булл Брагантино".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.11.2025

      05:25 "Непобедимый".
      05:55 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Юниорки. Группы. Прямая трансляция.
      07:50 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Группы. Прямая трансляция.
      10:20 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Финалы в отдельных видах. Прямая трансляция.
      15:00 "10 лет в спорте". "2024/2025".
      15:25 "Вы это видели".
      16:15 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Гала-концерт. Прямая трансляция.
      17:30 "Эволюция спорта".
      17:55 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. Свыше 87 кг.
      19:15 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 102 кг.
      20:25 "Непобедимый".
      20:55 LIVE Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 1. Прямая трансляция.
      23:30 LIVE Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Финалы в отдельных видах.
      03:15 "Эволюция спорта".
      03:40 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Финалы в отдельных видах.
      04:55 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. Свыше 87 кг.
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.11.2025

      05:50 Новости.
      05:55 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Юниорки. Группы. Прямая трансляция.
      07:50 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Группы. Прямая трансляция.
      10:20 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Финалы в отдельных видах. Прямая трансляция.
      15:00 "Небесная грация".
      15:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      16:15 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Прямая трансляция.
      17:30 LIVE Смешанные единоборства. ONE FC "Friday Fights 133" в Бангкоке, Таиланд. Прямая трансляция.
      21:30 Смешанные единоборства. UFC. Ислам Махачев. Лучшее.
      23:30 LIVE Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:30 "Вы это видели".
      03:30 "Формула-1. Гаснут огни".
      04:00 Театрализованное спортивно-гимнастическое шоу Светланы Хоркиной "Спортрота".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.11.2025

      05:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал. Сессия 2.
      08:00 Зал славы. Олимпиада 2020 в Токио.
      09:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Мужчины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      10:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      12:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал. Сессия 2.
      15:00 Зал славы. Олимпиада 2024 в Париже.
      16:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      18:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал. Сессия 2.
      21:30 Зал славы. Олимпиада 2020 в Токио.
      22:30 Олимпийский канал. "Монументы", 1 эп.
      23:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Мужчины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      00:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      02:00 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал. Сессия 2.
      04:00 Автоспорт. WEC. Этап 7. "6 часов Фудзи" в Ояме, Япония. Лучшие моменты.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

JCH yo‘llanmasi 99 foizga hal bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Eronga qarshi «Ozodiy»da o‘ynaydi (prevyu)

Baho:
+ | -
OSIYO / Saralash turnirlari / JCh saralash
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Osiyoda 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi o‘zining qizg‘in pallasiga kirib keldi.  O‘zbekiston milliy terma jamoasi 25 mart kuni 8-tur doirasidagi navbatdagi bahsda Eronga qarshi maydonga tushadi.

Ushbu o‘yin oldidan har ikki terma jamoaning hozirgi holati, JCHga chiqish imkoniyatlari va tarkibidagi eng qimmat futbolchilari haqida batafsil to‘xtalamiz.

Hozirgacha qayd etilgan natijalar va turnir jadvali

O‘zbekiston terma jamoasi

O‘zbekiston terma jamoasi Mundial saralashidagi dastlabki o‘yinni Toshkentda Shimoliy Koreyaga qarshi o‘tkazib, kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. 2-turda esa Bishkekka safar uyushtirib, Qirg‘izistondan 3:2 hisobida ustun kelgan. 3-turda jamoaning azaliy raqiblaridan biri Eron bilan “Bunyodkor”da o‘yin o‘tkazildi. Uchrashuvda hisob ochilmadi — 0:0. Keyingi bahs ham Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Bu safar jamoa Birlashgan Arab Amirligini qabul qildi va Otabek Shukurovning penaltidan kiritgan goli evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritildi. 5-turda O‘zbekiston Dohada Qatar bilan o‘yin o‘tkazdi. Birinchi taymda “oq bo‘rilar” ketma-ket ikkita gol o‘tkazib yubordi. O‘yinning ikkinchi bo‘limida jamoa qayta oldi va Abbosbek Fayzullayevning dubli evaziga hisob tenglashdi, biroq uchrashuv yakuni arafasida Qatar yana bitta gol urib, g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi. O‘zbekiston 6-turda KXDR bilan o‘yin o‘tkazdi. Koreyadagi siyosiy vaziyatlar tufayli uchrashuv Laosda bo‘lib o‘tdi. Qiyin kechgan bahsda jamoa 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

22 yanvar kuni terma jamoa ustozi Srechko Katanes sog‘lig‘idagi muammolar sabab MTJ postidan ketishga majbur bo‘ldi va uning o‘rniga Temur Kapadze tayinlandi. 20 mart kuni jamoa uning qo‘l ostidagi rasmiy debyutini Qirg‘izistonga qarshi o‘tkazib, 1:0 hisobidagi qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Eron terma jamoasi

A guruhidagi yagona mag‘lub bo‘lmagan jamoa — Eron. Forslar dastlabki turni Tehronda Qirg‘izistonga qarshi o‘tkazib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Keyin esa Al-Aynda BAAga qarshi maydonga tushib, 3 ochko bilan ortga qaytdi — 1:0. 3-turda Amir Galenoi boshchiligidagi jamoa Toshkentda O‘zbekiston bilan durang o‘ynadi. Keyin esa Qatar yirik hisobda taslim etildi (4:1). Ular 5-turda Shimoliy Koreyani (3:2), 6-turda Qirg‘izistonni (3:2), 7-turda BAAni (2:0) ham mag‘lub etishni uddaladi.

Turnir jadvalidagi holatga nazar solamiz. 7-turdan keyin A guruhida Eron yetakchilik qilmoqda. Hozirda forslar 19 ochko bilan JCH yo‘llanmasini 99 foizga hal qilgan. 8-turda bo‘ladigan O‘zbekistonga qarshi bahsdagi durang ham Eronni Amerika qit’asida bo‘ladigan Munidalga olib chiqadi. O‘zbekiston 16 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa ortda qolgan 7 turda 5 g‘alaba, 1 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etgan. 10 ochko to‘plagan BAA va Qatar mos ravishda 3—4-o‘rinlardan joy olgan. Qirg‘iz Respublikasi (3 ochko) hamda Shimoliy Koreya (2 ochko) autsayder sifatida oxirgi o‘rinlarda ketmoqda.

A guruhi turnir jadvali

1. Eron — 19 ochko
2. O‘zbekiston — 16 ochko
3. BAA — 10 ochko
4. Qatar — 10 ochko
5. Qirg‘iziston — 3 ochko
6. Shimoliy Koreya — 2 ochko

Saralash bosqichi to‘purarlari

O‘zbekiston terma jamoasi ortda qolgan 7 turda 9 ta gol urishni uddalagan. Abbosbek Fayzullayev 3 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilib, “oq bo‘rilar” to‘purari bo‘lib turibdi.

Qolgan 6 gol esa 6 nafar futbolchi tomonidan kiritilgan. Eldor Shomurodov, Jaloliddin Masharipov, Husniddin Aliqulov, Oston O‘runov, Hojiakbar Alijonov va Otabek Shukurov kabi futbolchilar o‘z hisobiga bittadan gol kiritishni uddalagan.

Eron 14 marta raqib darvozabonini ranjitgan. Forslar o‘tgan 7 turda faqat O‘zbekiston terma jamoasi darvozasiga gol kirita olmadi, qolgan 6 bahsning barchasida to‘p kiritgan. Sardor Azmun va Muhammad Mohebi 4 tadan gol urib, Eron terma jamoasi to‘purarlari bo‘lib turibdi. Shuningdek, Mehdi Taremi va Mehdi Gayedi 2 martadan raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Saleh Hardani bitta gol urgan bo‘lsa, bitta gol avtogol evaziga kiritilgan.

O‘zaro uchrashuvlar tarixi

O‘zbekiston va Eron 15 marta to‘qnash kelishgan. Forslar o‘tkazilgan bahslarning 10 martasida g‘alaba qozonishni uddalagan bo‘lsa, 1 marta imkoniyatni boy bergan. 4 ta uchrashuv esa durang bilan yakunlangan.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi ilk bahs 1998 yilda o‘tkazilgan bo‘lib, unda Eron yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozongan. Oxirgi uchrashuv esa 2024 yilda bo‘lib o‘tgan. “Bunyodkor” stadionida kechgan bahs 0:0 hisobida yakunlangan.

O‘zbekiston yagona g‘alabasini 2012 yil 2014 yilgi Jahon chempionati saralash doirasidagi bahsda qo‘lga kiritgan. Tehronda kechgan bahs taqdirini bitta gol hal qilgan. 71-daqiqada Ulug‘bek Baqoyev tomonidan kiritilgan to‘p yakunda “oq bo‘rilar”ga g‘alaba taqdim etgan.

O‘zaro o‘yinlardagi to‘plar nisbati ham Eron tomonda. Forslar 18 marta o‘zbekistonliklar darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 5 marotaba darvozasidan to‘p olib chiqqan.

Eng qimmat futbolchilar

O‘zbekiston Osiyo qit’asida eng qimmat 3-jamoa hisoblanadi. Hozirda Temur Kapadze boshchiligidagi “oq bo‘rilar”ning umumiy qiymati 70 million yevroni tashkil qiladi.

Tarkibdagi eng qimmat futbolchi “Manchester Siti” a’zosi Abduqodir Husanov hisoblanadi. Himoyachi Transfermarkt tomonidan 35 million yevroga baholanmoqda. Keyingi o‘rinlardan Abbosbek Fayzullayev (8 million yevro) va Eldor Shomurodov joy olgan (4 million yevro).

O‘zbekistonning eng qimmat 10 nafar futbolchisi:

1. Abduqodir Husanov — 35 million yevro;
2. Abbosbek Fayzullayev — 8 million yevro;
3. Eldor Shomurodov — 4 million yevro;
4. Oston O‘runov — 2,5 million yevro;
5. Otabek Shukurov — 1,8 million yevro;
6. Jaloliddin Masharipov — 1,8 million yevro;
7. Husniddin Aliqulov — 1,7 million yevro;
8. Abduvohid Ne’matov — 1,5 million yevro;
9. Akmal Mozgovoy — 1,3 million yevro;
10. Sherzod Nasrullayev — 1,3 million yevro.

Eron terma jamoasi transfermarkt tomonidan 46,30 million yevroga baholangan. Forslar tarkibida harakat qiladigan eng qimmat futbolchi “Inter” hujumchisi Mehdi Taremi hisoblanadi — 8 million yevro. Keyingi o‘rinda esa BAAning “Ash-SHabab” klubi safida harakat qiladigan Sardor Azmun qayd etilgan, uning qiymati 7,5 million yevro deb belgilangan. Mehdi Gayedi esa 4 million yevro bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.

Eronning eng qimmat 10 nafar futbolchisi:

1. Mehdi Taremi — 8 million yevro
2. Sardor Azmun — 7,5 million yevro
3. Mehdi Gayedi — 4 million yevro
4. Muhammad Mohebi — 3,5 million yevro
5. Alirizo Jahonbahsh — 2,3 million yevro
6. Husayn Kanoni — 2 million yevro
7. Saman G‘oddos — 1,8 million yevro
8. Ali G‘olizoda — 1,5 million yevro
9. Muhammad Amin — 1,2 million yevro
10. Milad Muhammadiy — 1,2 million yevro

Murabbiylar fikri:

Temur Kapadze Eronga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.

"Bizni qiziqarli o‘yin kutib turibdi. Eron qanday kuchga egaligini bilamiz. O‘zbekiston terma jamoasi ham nimalarga qodirligini hamma xabardor. Ikkita kuchli  jamoa JCH yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. O‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik.

Oxirgi yillarda bir necha bor to‘qnash kelganimiz uchun Eron terma jamoasini yaxshi bilamiz. O‘zimizda yetrlicha ma’lumot bor hamda va Eron Pro Ligasida o‘ynaydigan futbolchilardan ham ma’lumotlar oldik.

Masharipov jamoamizning muhim futbolchisi hisoblanadi. Futbolda diskvalifikasiyalar uchrab turadi. Oston bilan hammasi joyida. Kichik jarohati bo‘lsa-da, ushrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Qolgan hech qaysi futbolchining sog‘lig‘i bilan muammo yo‘q".

Amir G‘alinoiy O‘zbekistonga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.

"O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ajoyib futbolchilar bor, ulardan uch nafari Eron chempionatida to‘p tepadi. Biz og‘ir o‘yin kutayotganini bilamiz. O‘zbekiston 3-4-3 taktikasida o‘ynaydi. Ular ushbu sxema bilan o‘ynab natijaga erishib kelmoqda. Biz ham shu taktika ustida ishladik. Ehtimol, ertaga biz ham 3-4-3 taktikasida harakat qilishimiz mumkin.

O‘zbekistonga qarshi bahsdan keyin yana ikki muhim final bor. Milliy jamoada har bir o‘yin finalga teng, chunki u tarixga muhrlanadi. Shimoliy Koreyaga qarshi birinchi o‘yinda juda qiynalgan edik, shu bois hisob-kitob qiladigan narsalar bor.

BAAni mag‘lub etganimizdan keyin men barcha futbolchilarimga O‘zbekiston haqida o‘ylashimiz kerakligini aytdim. Ular ham yaxshi motivasiyaga ega va yaxshi natijaga erishishni istamoqda. Lekin natija Allohning qo‘lida".

Uchrashuv haqida:

Eron — O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi bahs 25 mart, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Tehrondagi «Ozodiy» stadionida Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:52, 24.03.2025. O'qildi: 6724 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 7
3 Атлетико Xulian Alvares 7
4 Леванте Karl Etta-Eyong 6
5 Мальорка Vedat Muriki 6
6 Барселона Ferran Torres 5
7 Бетис Kucho Ernandes 5
8 Сельта Borxa Iglesias 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.