Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Hech qachon taslim bo‘lma!» — Javohir Jurayev bilan samimiy suhbat

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / https://stadion.uz/uz/news/sections/uzfootball/pflclubs/surxon
Rukn: Intervyular
A A A

"Surxon" himoyachisi Javohir Jo‘rayev klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida jamoaning Termizga qaytishi, muxlislarning o‘rnini, futbolchilik faoliyati, oilasi va O‘zbekiston terma jamoasi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Samimiy va hayotiy savollarga bergan javoblaridan Jo‘rayevning xarakteri, fidoyiligi va kelajakka bo‘lgan ishonchi yaqqol seziladi.

— Javohir, avvalo jamoaning Termizga qaytishi haqida so‘ramasdan ilojimiz yo‘q. Endi biz "Surxon Arena"da o‘zimizning mahalliy muxlislarimiz qarshisida o‘ynaymiz. Termizga qaytganingizdagi birinchi taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashing.

— Assalomu alaykum, nihoyat uzoq tanaffusdan so‘ng biz "Surxon Arena"ga qaytdik va endi o‘z muxlislarimiz bilan birga o‘ynaymiz. Stadionda birinchi marta bo‘lganimda hayajon va faxrni bir paytda his qildim. Chunki shunday ajoyib stadionni rekonstruksiya qilishga juda ko‘p mehnat va e’tibor qaratilgan.

— Siz Surxondagi davringizda jamoani oldinga undaydigan muxlislarni ko‘rishga ulgurdingiz. "Surxon" qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, ular doim qo‘llab-quvvatlashadi. Futbolchilarga muxlislar haqiqatan ham yordam beradimi yoki bu shunchaki stereotip?

— Ha, bu jamoaga kelib qo‘shilganimdan so‘ng "Surxon" muxlislarining jamoani qanday fidokorlik bilan qo‘llab-quvvatlashlarini ko‘rib lol qoldim. Qayerda o‘ynashimizdan qat’i nazar, ular doim biz bilan birga bo‘lib, bizni g‘alabaga undashmoqda. Ularga katta rahmat aytaman!

— Endi esa keling, sizning faoliyatingizga o‘tamiz, Javohir. Taqdir qanday qilib sizni futbolchi bo‘lishingizga olib keldi? O‘zingiz bolalikdan futboldan qiziqqanmisiz?

— Men tug‘ilganimdayoq otam: "O‘g‘lim futbolchi bo‘ladi", deb niyat qilgan ekanlar. Go‘daklik davrimdayoq menga doim futbol ko‘rsatganlar. Menimcha, shuning uchun bo‘lsa kerak, o‘zimni bildim-bilmagan paytimdan boshlab to‘p tepib ulg‘aydim va 6 yoshimdan "Paxtakor" akademiyasiga borganman.

— Siz o‘ng qanotda o‘ynaysiz va hujumda ham, himoyada ham faol ishtirok etasiz. Dastlabdan aynan shu pozisiyada o‘ynashni xohlaganmisiz?

— Ha, men yoshligimdan aynan shu pozisiyada o‘ynab kelaman. Bolaligimdan Akmal Shorahmedovning o‘yinlarini ko‘rib, shu pozisiyani tanlaganman.

— Sizning shakllanishingizda katta rol o‘ynagan inson — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, otangiz Dilshod Nuraliyev ekanligini bilamiz. U haqida gapirib bersangiz. Sizga bergan eng esda qolarli maslahati qaysi bo‘lgan?

— Otam har doim o‘yinlarimni kuzatib, menga ko‘plab maslahatlar va tanbehlar berib turadilar. Eng esda qolarli maslahatlaridan biri: "O‘g‘lim, hech qachon qo‘lingni tushirma. Har doim mehnat qilishdan to‘xtama", degan so‘zlari bo‘lgan.

— Siz "Surxon" safida uchinchi mavsumdan beri to‘p suryapsiz va, albatta, shu davr mobaynida ko‘p narsalarga guvoh bo‘lgan bo‘lsangiz kerak. Shu vaqt ichida siz uchun eng esda qolgan o‘yinlar qaysilari bo‘lgan?

— Ha, 3 yil davomida "Surxon" bilan birgamiz. Eng esda qoladigan o‘yinlardan biri o‘tgan yili bo‘lgand— "Sug‘diyona"ga 0:2 hisobiga yutqazib turgan holda, yakunda 4:2 hisobiga g‘alaba qozonganmiz. Bu ajoyib o‘yin bo‘lgan, unda biz xarakter ko‘rsatdik va o‘yinning taqdirini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldik.

— "Surxon" Superligadagi o‘rtacha yosh bo‘yicha eng yosh jamoa hisoblanadi va sizlarda juda ahil jamoa shakllangan. Klubdagi muhit uchun kim javobgar? Kim jamoaning asosiy quvnoqchisi, yetakchisi va kayfiyat ko‘taruvchisi?

— Jamoamizdagi eng quvnoq yigit bu Nodirxon. Yetakchilarimiz ko‘p, lekin biz bir jamoa bo‘lib, har doim bir-birimizni oldinga yetaklaymiz.

— Dastlabki o‘yinlar jamoa uchun unchalik omadli bo‘lmadi, lekin tashqi qaraganda, har bir o‘yinga g‘alaba uchun maydonga tushayotganingiz sezildi. Sizningcha, "Surxon" yana g‘alabali yo‘lga qaytishi uchun nima qilish kerak?

— Bu mavsumni yaxshi boshlay olmadik, lekin muhim narsa — qanday boshlaganing emas, balki qanday davom ettirib, qanday yakunlashing. Biz kuchliroq bo‘lishimiz kerak va Xudo xohlasa, albatta, g‘alabalarga erishamiz.

— O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga chiqishga juda yaqin turibdi. Sizningcha, terma jamoaning bu yo‘ldagi imkoniyatlari qanday?

— InshaAlloh, bu safar albatta Jahon chempionatiga chiqamiz. Bu butun o‘zbek futboli uchun tarixiy lahza bo‘ladi. Butun mamlakat sabrsizlik bilan shu onni kutyapti.

— Siz o‘ynaydigan pozisiyada to‘p surayotgan dunyoning eng kuchli 3 nafar futbolchisini kim deb hisoblaysiz?

— Ashraf Hakimiy, Metti Kesh va Jeremi Frimpong.

— "Surxon"ning top-3 futbolchisi?

— Yoshlarimiz, Komron Yusupov, Behruz Karimov va Behruz Shukurullayev.

— Sizning hayotiy shioringiz qanday?

— Oila — bu hayotdagi eng muhim narsa.

— "Surxon" muxlislariga tilaklaringiz qanday bo‘ladi?

— Shu paytlarda bizni qo‘llab-quvvatlashsin, toki g‘alabalarimizni birgalikda nishonlay olamiz!

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 20:07, 02.04.2025. O'qildi: 770 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик