Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Aleksandr Xomyakov: “O‘yindandan mutlaqo qoniqish hosil qilmadim”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Intervyular
A A A

«Andijon» – «Mash’al» (1:0) o‘rtasidagi bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Aleksandr Xomyakov jurnalistlarning savollariga javob berdi.

— Qanday fikr bo‘lishi mumkin? Hammasini o‘zingiz ko‘rdingizku! O‘yin borasida mutlaqo qoniqish hosil qilmadim. Agar birinchi bo‘limda nimadir o‘xshagan bo‘lsa, tanaffusdan keyin o‘yin borasida raqibga butunlay yutqazdik. Yaxshihamki, hisobni ochishga muvaffaq bo‘lgan ekanmiz. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limdagi o‘yinimizdan aslo qoniqqanim yo‘q. Albatta, buning sababini o‘rganib chiqamiz. Hartugul, mavsumdagi ilk g‘alabani va uch ochkoni qo‘lga kiritganimiz meni biroz bo‘lsa ham quvontirdi.

— Demak, jamoangiz ko‘rsatgan o‘yindan norozisiz, shundaymi?

— Mutlaqo!!!

— Natijadan-chi?

— Yuqorida aytib o‘tganimdek, biror narsadan biroz xursand bo‘ldim. U ham bo‘lsa, hisobdagi ustunlikni saqlab qolganimizdan. Uch ochko olganimiz yoqimli. Lekin o‘yinga bugungidek yondashuv bilan ochkolarni qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi. Aksincha, buning iloji yo‘q. Nazarimda, bizda ruhiyat bilan bog‘liq muammolar borga o‘xshayapti. Yigitlar nimanidir yo‘qotib qo‘yishdan cho‘chib o‘ynashdi. Bu savolingizga dabdurustdan tayinli javob berishim mushkul. Avvalo, uchrashuvni obdon tahlil qilib chiqishimiz kerak. Tashabbusni nima sababdan raqibga berib qo‘yganimizni o‘rganib chiqmasak bo‘lmaydi.

— Zaxiradan maydonga tushganlar o‘yinni qanchalik kuchaytira olishdi?

— Mutlaqo kuchaytira olishmadi. O‘zingiz ham uchrashuvni tomosha qildingizku. Ayniqsa, qanotlarda to‘p surganlardan qoniqmadim. Vaholanki, ular tajovuzkorlikni ko‘rsatishlari, o‘yindagi haroratni oshirishlari darkor edi. To‘g‘ri, bir-ikki xavfli vaziyatlar bo‘ldi. Masalan, Abdumannopov yomon o‘ynamadi. Sohibjonov ham bir-ikki vaziyatlarda yaxshi harakat qildi. Lekin, baribir bizga tetiklik yetishmadi. Ayniqsa, qanot yarim himoyachilarini shu maqsadda almashtirgandim. Odatda, aynan shu qanotdagilar o‘yinga tajovuzkorlikni olib kirishadi. Biroq bugun biznikilarda buni umuman ko‘rmadim. Katta qiyinchilik evaziga kichik hisobdagi ustunlikni saqlab qola olganimizgina meni xursand qilyapti, xolos.

— Tanaffus chog‘ida shogirdlaringizga namoyish etayotgan o‘yinlaridan qoniqmayotganingizni aytdingizmi?

— Albatta aytdim! Bizga o‘yin maromini his qilish, ustunlikni saqlab qolishdek muhim jihatlar yetishmayapti. To‘pni nazorat ostida saqlagan holda raqibni ojiz qoldirish, uning o‘yinini «qurutish» kerak edi, aslida. Biz bo‘lsak osongina to‘pni ularning nazoratiga topshirib qo‘ydik. Doimiy ravishda yuqori tempda o‘ynash qiyin. Yaxshihamki, raqibning tarkibi yoshlardan iborat. Ularga tajriba yetishmadi. Aks holda bunday bo‘shashish, tashabbusni berib qo‘yish bizga juda qimmatga tushgan bo‘lardi.

— Ikkinchi bo‘limda «Mash’al» o‘yinchilarini faol bo‘lishi va to‘pni nazoratga olishlarini kutganmidingiz?

— Yuqorida aytib o‘tganimdek, ularga o‘zimiz shunday imkoniyatni havola etdik. Futbolda raqib o‘ynash imkonini berar ekan, hammasi to‘la nazoratdan chiqib ketadi. Eng achinarlisi, biz maydon o‘rtasini ularga qo‘sh-qo‘llab topshirib qo‘ydik. Aslida bunday qilmasligimiz kerak edi. «Mash’al» o‘yin urg‘usini qarshi hujumga qaratdi va ikkinchi raqam ostida harakat qildi. Ikkinchi taymda esa ularga o‘ynashi uchun imkoniyat yaratib berdik. Yana shunday holat takrorlanmasligi uchun albatta xatolar ustida ishlashimiz shart. Bundan boshqacha yo‘limiz ham yo‘q. Hammasini tahlil qilib, o‘rganib chiqamiz.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 11:25, 07.04.2025. O'qildi: 503 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик