Bugun 9 sentyabr, 2025 yil, seshanba.

  • CAFA Nation's Cup
      • 08.09.2025 17:00
      • O'mon
      • 1:1
      • Hindiston
      • 08.09.2025 19:30
      • O‘zbekiston
      • 1:0
      • Eron
  • JCh saralash. KONMEBOL
      • 09.09.2025 05:00
      • Kolumbiya
      • -:-
      • Boliviya
      • 09.09.2025 05:00
      • Urugvay
      • -:-
      • Peru
      • 09.09.2025 05:00
      • Braziliya
      • -:-
      • Chili
      • 09.09.2025 05:00
      • Paragvay
      • -:-
      • Ekvador
      • 09.09.2025 05:00
      • Argentina
      • -:-
      • Venesuela
      • 10.09.2025 04:00
      • Ekvador
      • -:-
      • Argentina
      • 10.09.2025 04:30
      • Boliviya
      • -:-
      • Braziliya
      • 10.09.2025 04:30
      • Venesuela
      • -:-
      • Kolumbiya
      • 10.09.2025 04:30
      • Peru
      • -:-
      • Paragvay
      • 10.09.2025 04:30
      • Chili
      • -:-
      • Urugvay
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 O‘zbekiston 3 7
2 O'mon 3 7
3 Turkmaniston 3 1
4 Qirg‘iziston 3 1

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Eron 3 7
2 Tojikiston 3 4
3 Hindiston 3 4
4 Afg‘oniston 3 1

O'tgan o'yinlar.

Финал O‘zbekiston 1-0 Eron

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3752 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1562 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 09.09.2025

      06:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Уругвай - Перу.
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Ред Булл Брагантино".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Сан-Паулу".
      12:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Парагвай - Эквадор.
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Форталеза".
      16:00 Чемпионат Турции. "Аланьяспор" - "Бешикташ".
      18:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Бразилия - Чили.
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Палмейрас".
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Ред Булл Брагантино".
      00:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Колумбия - Боливия.
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Сан-Паулу".
      03:55 "Третий тайм". Константин Шильцов.
      04:20 LIVE Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Чили - Уругвай. Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 09.09.2025

      05:30 Летний биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 1 в Сочи. Мужчины. Спринт.
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве.
      09:35 "Страна спортивная".
      09:55 LIVE Стрельба из лука. Чемпионат мира в Южной Корее. Мужчины. Блочный лук. Прямая трансляция.
      12:00 Плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Финалы.
      14:20 Д/ф "Куртуа. Возвращение", 3 с.
      14:55 "Культовые".
      15:25 Летний биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 1 в Сочи. Женщины. Одиночная эстафета.
      17:15 Летний биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 1 в Сочи. Мужчины. Одиночная эстафета.
      19:00 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве.
      20:40 "Тайны звёзд спорта".
      21:10 "Сюрпляс".
      21:40 Московские экстремальные игры 2025.
      22:35 Стрельба из лука. Чемпионат мира в Южной Корее. Мужчины. Блочный лук.
      00:50 "Культовые".
      01:20 Летний биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 1 в Сочи. Женщины. Одиночная эстафета.
      03:10 Плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Финалы.
  • MATCH-TV
    • Sana: 09.09.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Регби. Pari Кубок России. Финал. "Локомотив-Пенза" - "Стрела-Ак Барс" (Казань).
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Наши иностранцы".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      09:55 LIVE Стрельба из лука. Чемпионат мира в Южной Корее. Мужчины. Блочный лук. Прямая трансляция.
      12:00 Специальный репортаж.
      12:20 Профессиональный бокс. Султан Ибрагимов против Эвандера Холифилда.
      13:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 Д/ф "Инал Тасоев. Петербургский вайб".
      17:20 Новости.
      17:25 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Астрахань" - "Легион" (Махачкала). Прямая трансляция.
      19:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      20:15 Смешанные единоборства. UFC 314 в Майами, США. Александр Волкановски против Диего Лопеса.
      21:15 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. "Спартак" (Москва) - "Динамо" (Минск). Прямая трансляция.
      23:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      01:00  Х/ф "Воин".
      02:50 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:55 LIVE Футбол. Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Эквадор - Аргентина. Прямая трансляция.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 09.09.2025

      06:00 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 15. Вегадео - Монфорте-де-Лемос.
      07:00 Маунтинбайк. Чемпионат мира в Вале, Швейцария. Женщины. Даунхилл.
      08:00 Маунтинбайк. Чемпионат мира в Вале, Швейцария. Мужчины. Даунхилл.
      09:00 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 18 на трассе Афьонкарахисар, Турция. Класс MX2. Гонка 1.
      09:30 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 18 на трассе Афьонкарахисар, Турция. Класс MXGP. Гонка 1.
      10:00 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 18 на трассе Афьонкарахисар, Турция. Класс MX2. Гонка 2.
      10:45 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 18 на трассе Афьонкарахисар, Турция. Класс MXGP. Гонка 2.
      11:30 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 15. Вегадео - Монфорте-де-Лемос.
      12:30 Маунтинбайк. Чемпионат мира в Вале, Швейцария. Женщины. Даунхилл.
      13:15 Маунтинбайк. Чемпионат мира в Вале, Швейцария. Мужчины. Даунхилл.
      14:00 Теннис. US Open. Женщины. Финал. Арина Сабаленка - Аманда Анисимова (США).
      15:15 Теннис. US Open. Мужчины. Финал. Янник Синнер (Италия) - Карлос Алькарас (Испания).
      16:30 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 15. Вегадео - Монфорте-де-Лемос.
      17:30 LIVE Велоспорт. "Вуэльта". Этап 16. Пойо - Мос. Прямая трансляция.
      21:00 Теннис. US Open. Мужчины. Финал. Янник Синнер (Италия) - Карлос Алькарас (Испания).
      23:00 Парусный спорт. The Ocean Race Europe. "На борту", 9 эп.
      23:30 Конный спорт. "Большой шлем" в Калгари, Канада. Конкур.
      00:30 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Обзор.
      01:30 Водно-моторный спорт. Формула-1 на воде. Чемпионат мира. Этап 1 на озере Тоба, Индонезия. Обзор.
      02:00 Мотоспорт. Спидвей. Гран-при. Этап 8 во Вроцлаве, Польша. Обзор.
      03:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 16. Пойо - Мос.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Alisher Nikimbayev: «Husanov tez orada O‘zbekistonga ingliz qo‘riqchilari bilan keladi»

Baho:
+-2 | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

«Farg‘ona» muxbiri menejer va sport eksperti Alisher Nikimbayev bilan o‘zbek futbolining ijobiy va salbiy tomonlarini muhokama qildi.

— O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixidagi ilk jahon chempionatiga juda yaqin turibdi. Yo‘llanmani qo‘lga kirita oladimi? Bunga nima xalaqit berishi mumkin?

— Xalaqit berishi mumkin bo‘lgan yagona narsa — oxirgi ikki o‘yindagi o‘zlarining dahshatli o‘yinlari. Ammo men bunga ishonmayman. Jamoa allaqachon muvozanatlashgan, shakllangan. Muvaffaqiyatga erishishga nimadir xalaqit berishi mumkin deb o‘ylamayman. Faqat beparvolik yoki barcha futbolchilarga birdan qorong‘ilik cho‘kishi mumkin. Balki jarohatlar epidemiyasidir. Hatto shu holatda ham Timur Kapadze ixtiyorida keng zaxira o‘yinchilari bor. Jamoa kamida 5 iyun kuni yutqazmasligiga ishonaman, ya’ni masalani allaqachon Amirliklarda hal qiladi. Ammo agar nimadir noto‘g‘ri ketsa, 10 iyun kuni Toshkentda Qatarga qarshi o‘yinda hamma narsa aniq hal bo‘ladi. 90 foizdan ko‘proq ishonchim komil. Ya’ni, mart oyidagi o‘yinlargacha 70 foiz baho bergan bo‘lsam, Eron bilan durangdan keyin ehtimol oshdi. Nega? Chunki O‘zbekistonni chetlatish uchun nazariy imkoniyatlarini saqlab turgan BAA terma jamoasi eronliklarga yutqazdi, farq 3 ochkodan 4 ochkogacha oshdi va bu muhim omil bo‘lishi mumkin.

— Agar jahon chempionati ishtirokchilari doimo 48 ta bo‘lganida, O‘zbekiston birorta mundialni o‘tkazib yubormagan bo‘larmidi, deb o‘ylamaysizmi?

— Xo‘sh, agar matematik jihatdan qarasak, bu mumkin. Hech bo‘lmaganda, muntazam ravishda chiqar edik. Biroq, tarix shartli maylni yoqtirmaydi. Hozirgi format bilan 2034 yilga kelib O‘zbekiston terma jamoasini jahon chempionatlarining uch karra ishtirokchisi sifatida ko‘ryapman.

— Agar hozir Osiyodan 4+1 yo‘llanma ajratilganida, O‘zbekiston terma jamoasining imkoniyatlari qanday bo‘lardi?

— Aytish qiyin. Jamoalarning kayfiyati boshqacha bo‘lardi. Hozirgi paytda ikkita aniq yetakchini ko‘ryapman — bu Eron va Yaponiya. Masalan, ko‘p ochko yo‘qotgan Janubiy Koreya ham JCHga chiqishiga hech narsa xalaqit bermasa kerak, ammo ular ancha tartibli o‘ynashardi. Yoki Avstraliya qanday qiyin boshlaganiga qarang. Ya’ni, bu eng ko‘p jahon chempionatlariga boradigan barqaror to‘rtlik. Yana Saudiya Arabistoni ham bor. Bizning jamoamiz ham kurashardi. Ammo juda qiyin bo‘lardi.

— O‘zbekiston terma jamoasining hozirgi avlodi «oltin avlod» deb hisoblanadi. Bunday fikr qayerdan paydo bo‘ldi va bu rostmi? Shomurodovni Shaskix, Fayzullayevni Jeparov yoki Masharipovni Qosimov bilan solishtirish mumkinmi?

— Men hozirgi avlodni «oltin avlod» deb hisoblamayman. Garchi, aytish kerakki, jamoa har qachongidan ham muvozanatli, ammo muammolarsiz emas. Albatta, birinchi o‘zbek futbolchisining Angliya Premyer-ligasida paydo bo‘lishi ko‘p narsadan dalolat beradi. Shomurodov ham top-5 ligada barqaror o‘ynamoqda. Biroq, agar individual tarzda qarasak, Qosimov va Jeparov juda yorqin futbolchilar edi, ammo jamoaga asos yetishmadi. Masalan, o‘ng qanotda o‘yinchi bo‘lmay qolardi. Hozir vaziyat ancha tekis. Munosib himoya. Darvoza chizig‘i ham yomon emas. Masalan, Yusupov Nesterovdan yomonroq bo‘lmasligi mumkin. Umuman olganda, yaxshi tarkib va bu tarkibga mos taktika to‘g‘ri tanlangan.

— Husanovni kim bilan solishtirish mumkin?

— Nazarimda, Husanovni pozisiyasi bo‘yicha Andrey Fyodorov bilan solishtirish kerak. Qodir Andreydan oldinroq porladi, ammo bu, ehtimol, Fyodorovning ilk yillari SSSRning parchalanishiga to‘g‘ri kelgani bilan bog‘liqdir. Ehtimol, futbolchi uchun «Neftchi»dan ertaroq ketgani yaxshiroq bo‘lardi. Maydonda hakamni urgani uchun ikki yillik diskvalifikasiya ham uni izdan chiqardi («Farg‘ona» izohi). Rossiya chempionatidan transferlar ham unchalik ko‘p bo‘lmaganini hisobga olish kerak.

— Husanov top-darajada muqim bo‘la oladimi va nima hisobiga?

— Abduqodir juda jiddiy yigit, mehnatkash. U jasur va yaxshi jismoniy ma’lumotlarga ega. Qolaversa, unga yaxshi murabbiylar nasib etmoqda, xoh Belarus bo‘lsin, xoh Fransiya. Uni zaxira o‘rindig‘ida ushlab turmasdan, o‘zini ko‘rsatish imkoniyatini berishdi, qo‘llab-quvvatlashdi, rivojlantirishdi. Mana, Angliyada ham Gvardiola Abduqodir bilan juda nozik ishlamoqda. Savol shundaki, Gvardiola kuzda qayerda bo‘ladi va agar Pep ketsa, uning o‘rniga «Manchester Siti»ga kim keladi? Biz bilamizki, yosh o‘yinchilarni tarbiyalashga kam e’tibor beradigan murabbiylar bor. Ammo men o‘sha paytga kelib Husanov ancha tajribali bo‘lib qoladi deb umid qilaman. Biroq, asosiy xatarni Abduqodirning tez orada uylanishida ko‘ryapman. Har bir futbolchi biladiki, to‘ydan keyingi birinchi yil juda qiyin — yangi hayotga moslashish. Boshqa tomondan, balki, aksincha, bu unga maishiy qismda yordam berar.

Shunday qilib, keyingi yil Husanov uchun barcha jihatdan juda muhim. Bu uning APLdagi birinchi to‘liq mavsumi bo‘ladi, har qanday murabbiy qo‘l ostida asosiy tarkibda muqim bo‘lish uchun mavsumoldi tayyorgarlikni muvaffaqiyatli o‘tkazishi kerak. Qolaversa, oilaviy hayot. Ish va uyni birlashtirishni o‘rganish kerak.

— Uy haqida. Husanovning O‘zbekistonga so‘nggi safari futbolchiga foyda keltirmagandek tuyuldi. Aksincha, zarar yetkazgandek.

— Ha, yigitni Toshkentda juda charchatishdi, qo‘rqitishdi. Hamkasblarimdan biri aytganidek, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mamlakatda top-liga o‘yinchisining paydo bo‘lishiga tayyor emas ekan. Ko‘proq aytaman, bunga butun o‘zbek futboli tayyor emas edi. Gap faqat Husanovda emas, balki umuman Qirg‘izistonga qarshi jahon chempionati saralash o‘yini atrofidagi vaziyatda ham edi. O‘zbek futbolchilarining mashg‘ulotlariga kim kelmadi deysiz. O‘yinchilarni himoya qilishi kerak bo‘lgan OMON xodimlari o‘z bolalarini selfi qilish uchun olib kelishdi.

Axir oldinda, ehtimol, Qatarga qarshi hal qiluvchi o‘yin turibdi. Va bu voqea haqiqiy bayramga aylanishi mumkin, bu esa oqibatlarga olib kelishi mumkin. O‘ylaymanki, Assosiasiya barcha bu xatarlarni tushunishi va mart oyida sodir bo‘lgan voqealardan xulosa chiqarishi kerak. Shu jumladan, xavfsizlikni kuchaytirish kerak.

Odamlar, shekilli, vaziyat qanday ekanligini to‘liq tushunishmaydi. Ular qandaydir selfi futbolchini unchalik ham asabiylashtirmaydi deb o‘ylashadi. Ammo har kim shunday o‘ylaydi. Va bu xaos. Blogerlar Husanov bilan video joylashdi, u memga aylandi. Absurd darajasiga yetdi. Agar bunday tartibsizlik davom etsa, agar Assosiasiya chora ko‘rmasa, «Manchester Siti» vaziyatga aralashib, qo‘shimcha xavfsizlik chorasi sifatida o‘z qo‘riqchilarini tayinlashiga hayron bo‘lmayman. Ba’zi klublar shunday qilishadi.

— Unga bunchalik erta maqtovlar aytish biroz erta emasmi, u bunga dosh bera olarmikin?

— Abduqodirning oilasi kamtarin, mehnatkash. Albatta, Qodirning otasi — Hikmat Hoshimovni yaxshiroq bilaman, men u yerda menejer bo‘lib ishlaganimda u terma jamoa o‘yinchisi edi. Bunday odamlarni maqtovlar bilan hayron qoldirib bo‘lmaydi. O‘ylaymanki, u o‘g‘lini ham shu ruhda tarbiyalagan.

— Siz, ehtimol, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida Husanov bilan uchrashib qolarsiz, unda «Manchester Siti» ishtirok etadi, siz esa u yerda ishlaysiz. Nima bilan shug‘ullanishingiz haqida gapirib bering?

— Men Vashingtonda ishlayman, u yerda «Manchester Siti» o‘ynamaydi. Shunday qilib, Qodir bilan uchrashishimiz dargumon. Hech bo‘lmaganda, mening ishim doirasida. Mening «Yuventus»ning «Al-Ayn»ga qarshi, «Al-Hilol»ning «Red Bull»ga qarshi va yana «Al-Ayn»ning, ammo endi «Vidad»ga qarshi o‘yinlarim bor. Ishimni tugatganimdan so‘ng boshqa shaharlarga borishni rejalashtiryapman, balki qayerdadir Husanov bilan uchrashib qolarmiz, ammo bu aniq emas. Futbolchilarning mehmonxonasiga borib, ularni bezovta qilish esa yaxshi emas.

Mening vazifalarimga kelsak, men Vashingtondagi stadionda FIFAning o‘yin direktori bo‘lib ishlayman, futbol o‘yinlarini o‘tkazishga javobgar bo‘laman. Umuman olganda, jamoalar stadionga kelgan vaqtdan to ular maydonni tark etgunga qadar bo‘ladigan barcha narsa mening ishimdir. Ular kelguniga qadar kiyinish xonalarini tayyorlash, jamoalarni kutib olish, mashg‘ulotga va qaytishga kuzatib qo‘yish, murabbiylar va futbolchilarning matbuot anjumanida ishtirok etishini ta’minlash, futbolkalarning ranglarini kelishib olish, hatto o‘yinning eng yaxshi futbolchisini taqdirlashni rejalashtirish. Albatta, mening yonimda FIFAning boshqa vakillari ham bo‘ladi — shtatdagi xodimlar yoki frilanserlar: media-ofiser, marketing-menejer, o‘yin komissari.

Bungacha 2023 yil Argentinada bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida FIFA o‘yinlarining komissari bo‘lganman, aynan O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlarida. Shuningdek, o‘yin direktori ham bo‘lganman, ammo bu Andijonda, futzalda edi. Bu boshqa chaqiriqlar. Shuning uchun klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi o‘yin direktori lavozimi men uchun yangi.

Mart oyida bizni Mayamidagi seminarga yig‘ishdi. Iyun oyida birga ishlashimiz kerak bo‘lgan hamkasblar bilan tanishdik. Biz ishlashimiz kerak bo‘lgan stadionlarni ko‘rish imkoniyati bo‘ldi. Mening stadionim — Audi Field, MLS stadioni, unda «Vashington Di.Si. Yunayted» klubi o‘ynaydi. O‘zim uchun yangi tajribani intiqlik bilan kutyapman. Shuni qo‘shimcha qilamanki, bu nafaqat yangi tajriba, balki katta sharaf hamdir. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘n bitta o‘yin direktori ishlaydi — har bir shaharga bittadan. Ularning to‘rttasi FIFA yoki 2026 yilgi jahon chempionati tashkiliy qo‘mitasi xodimlari, yana oltitasi konfederasiyalar vakillari. Va faqat bittasi — milliy federasiya vakili. Butun dunyo bo‘ylab qancha mutaxassis mening o‘rnimda bo‘lishni orzu qilganini tasavvur qila olasiz.

Manba: https://fergana.media
Kiritildi: 23:02, 21.04.2025. O'qildi: 7578 marta. Fikrlar: 12 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Эрон Amirhussayn Hussaynzoda 3
2 Ўзбекистон Igor Sergeev 3
3 Ўмон Issam al-Sabhiy 2
4 Тожикистон Shahrom Samiyev 2
5 Эрон Muhammadmehdiy Muhibiy 1
6 Тожикистон Zoir Jo‘raboyev 1
7 Ўзбекистон Hojimat Erkinov 1
8 Ўмон Nosir ar-Rovahiy 1
9 Туркманистон Arzuvguli Saparguliyev 1
10 Ўмон Muhsin al-G‘assoniy 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.