Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining U-17 ishtirokchilari o‘rtasida yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi. Ushbu bosqichga 19 nafar bokschimiz yetib kelgan edi. Janglardan so‘ng esa, ulardan 15 tasi final yo‘llanmasini naqd qilishdi.
Qolgan 4 vakilimizda bronza medallari. Umumjamoa hisobida vakillarimiz birinchi bo‘lishdi. Bizdan keyin Qozog‘iston terma jamoasi 12 nafar ishtirokchi bilan. Uchlikni 7 ta bokschi bilan Ukraina yakunladi.
Hal qiluvchi bosqichga yo‘l olgan bokschilarimiz bilan tanishing:
O‘smirlar:
-48 kg. Habibulla Saynazarov
-54 kg. Bobomurod Boymirzayev
-57 kg. Asilbek Abduqodirov
-60 kg. Abrorbek Sharipov
-63,5 kg. Saidxo‘ja Sa’dillaxo‘jayev
-70 kg. Diyorbek Murodilloyev
-75 kg. Xurshidbek Jo‘rayev
O‘smir qizlar:
-48 kg. Nazokat Mardonova
-50 kg. Shodiyona Meliqo‘ziyeva
-54 kg. Sabrina Chakomanova
-57 kg. Farzuna Ro‘ziyeva
-60 kg. Rushanabonu Isoyeva
-70 kg. Ulbosin Jalgasbayeva
-75 kg. Samira Turg‘unova
-80 kg. Mavjuda Abdusaidova
Bronza medali sohiblari:
-52 kg. Asadbek Esonboyev
+80 kg. Artur Kenesbayev
-52 kg. Qumriniso Muhammadova
+80 kg. Sohibaxon Xudoyberdiyeva
Ertaga musobaqada dam olish kuni. 29-30 aprel kunlari final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.