Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

G‘uzordagi stadionga katta futbol qaytadi, Liga unda bir necha oylik sinov ishlarini olib boradi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Stadionlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

"Sho‘rtan"  klubi uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan arena o‘tgan mavsumning noyabr oyida Superliga uchrashuvlarini qabul qilish uchun tayyor emas, deb topilgandi. Buning sabablari "Sho‘rtan" rahbariyati bilan uchrashuvda to‘liq tushuntirib o‘tilgan.

O‘tgan vaqt davomida klub va Liga o‘zaro kelishuv asosida stadionda qator ishlarni amalga oshirdi. Xabaringiz bor, respublikaning janubiy viloyatlarida ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar bor. Bu o‘z navbatida futbol maydonlarini sifatli ko‘rinishda ushlab turish va maysani parvarish qilishda qator kutilmagan holatlarni keltirib chiqaradi. Liga kelajakdagi 5 yillikda bu muammoga qarshi qanday kurashish, cho‘l zonasiga yaqin hududlardagi stadionlarni Superliga bellashuvlariga tayyorlash masalasida o‘rganishlar olib borishni maqsad qilgan.

Shundan kelib chiqib, qishda "Sho‘rtan" stadionining mavjud maysasi qatoriga boshqa turdagi maysa ham yotqizildi. Uning ichimlik suvida va sho‘rlanishi mavjud bo‘lgan suvda o‘zini qanday tutishi, fasllar davomida qanday holatda bo‘lishi mavsum bo‘yi o‘rganilib, tahlil qilib boriladi. Aprel boshlariga kelib, yangi nav o‘zini yaxshi ushlab oldi va stadion maysasi Superliga uchrashuvlarini qabul qilishi mumkin bo‘lgan darajaga yetdi. Endilikda uning jazira avj olgan vaqtda qanday ko‘rinishda bo‘lishi, ajriq sarg‘ayishni boshlaydigan kuz mavsumida qanday holatda bo‘lishi va qish oyidan qanday chiqishi kabi masalalar ham o‘rganiladi.

Maysa holati aprel oyiga kelib yaxshilanishi mart oyida tahmin qilingach (stadion drenaj va sug‘orish tizimi qoniqarli darajada), "Sho‘rtan" klubiga zudlik bilan stadion yoritish tizimini yaxshilash ustida ishlash vazifasi topshirildi. Shu yilning 29 mart kungi holatiga ko‘ra stadion proyektorlari 1 192 lyuks yorug‘lik berayotgan bo‘lsa, o‘tgan davr davomida u 1 900 lyuksga qadar yaxshilandi.

Maysa va yoritish tizimi bilan parallel ravishda stadionda VAR tizimi ishlashi hamda uchrashuvlarni teletranslyasiya qilish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga kirishildi. Gap shundaki, stadionning kameralar turadigan tribunasi quyosh va yog‘ingarchilikdan pana qilish maqsadida tom bilan yopilgan bo‘lib, mazkur konstruksiyani bir nechta ustunlar ko‘tarib turadi. Mana shu ustunlardan ayrimlari asosiy kamera rakursini burchak zarbalaridan to‘sib qo‘yadi. O‘z navbatida ofsayd kameralar joylashgan nuqtalar ham jonli efir tashkil qilishga halal berardi. Liga va klub hamkorlikda mazkur muammoni ham yechish ustida ishladi. Endilikda stadion teletranslyasiyalarni amalga oshirishning minimal talablariga moslandi. Umid qilamizki, asosiy bellashuvlarda bu masala kutilmagan muammolar keltirib chiqarmaydi.

Liga "Sho‘rtan" stadionining maysasi, hududdagi suv bilan bog‘liq muammo va boshqa masalalarni o‘rganishda, tahlil qilishda davom etadi. Mazkur harakat kelajakda Muborak, Buxoro, Surxondaryo, Navoiy kabi hududlarda yangi maydonlar bunyod etishda ko‘mak berishiga umid qilamiz. Shu bilan birgalikda, maydon holati, stadion yoritish tizimi minimal talablar ko‘rinishiga keltirilgani, o‘z navbatida "Sho‘rtan" va "Mash’al" futbol klublarining ayni vaqtdagi iqtisodiy holati, Buxorodagi stadion hozirga qadar ishga tushmagani va bu holat Liga taqvim rejalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatayotganidan kelib chiqib, G‘uzordagi stadion katta futbol uchrashuvlari uchun ochiladi.

30 aprel kuni "Sho‘rtan" mazkur arenada Toshkentning "Olimpik" klubini O‘zbekiston kubogi musobaqasi doirasida qabul qiladi. 4 may kuni esa Superliganing 8-turi doirasida "Sho‘rtan" — "Dinamo" o‘yini sinov tariqasida G‘uzorda bo‘lib o‘tadi. Umid qilamizki, o‘tgan davr davomidagi mehnat va harakat "Sho‘rtan" stadionida rasmiy uchrashuvlarni uzulishlarsiz o‘tkazish uchun zamin yaratadi. Kutilmagan fors-major holatlar yuzaga kelsa, stadion bo‘yicha qaror masalasi qayta ko‘rib chiqiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:43, 28.04.2025. O'qildi: 1548 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик