Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Nottingem Forest - Nyukasl

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sergey Lushan: “Uchrashuv natijasi adolatli bo‘ldi”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekiston Superligasining  9-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Xorazm” (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

“Lochinlar” ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

— Uchrashuv qiyin va asabiy ruhda kechdi. Ammo yakun biz uchun ijobiy bo‘ldi.  Raqib bizga qandaydir jumboq bo‘ldi, deya olmayman. Muammo doimgidek vaziyatlardan foydalana olmaslikda. Birinchi bo‘limda ikkita, ikkinchi bo‘limda uchta yaxshi vaziyatlar yuzaga keldi. Ularni esa golga aylantirish kerak. Barcha muammo shunda. Ko‘rinishidan barchasini to‘g‘ri qilishmoqda, shu sababli, o‘yin asabiy kechmoqda. Oldin gol ura olishmaydi, Himoyadagilar asabiylashishni boshlashadi. Keyin esa o‘yin buziladi.

Uchrashuv natijasi adolatli bo‘ldi. Yigitlar sabrli. Oxirigacha ochilmaydigan bunday jamoalar bilan o‘ynash qiyin. Ularni ochish qiyin, ammo gol urish kerak, hammasi shunga qarab ketmoqda. Bo‘sh darvozaga to‘p kirita olmaslik nimani anglatadi? O‘sha o‘yinchida mahorat yo‘qliginimi? Yo‘q, axir u eng yaxshi to‘purar. Faqatgina aniq zarba bera olmadi.

Bunday jamoalarga qarshi o‘ynash qiyin, ular o‘zlari ham o‘ynashmaydi, raqibga ham o‘ynashga imkoniyat berishmaydi. Mehmonlarda vaziyat bo‘ldimi? Birorta ham bo‘lmadi.

Biz doim tekis joyda keraksiz gollarni o‘tkazyapmiz. Agar raqib bosim qilganida ham savollar bo‘lmasdi. O‘zlariga-o‘zlari olib kelishdi, ammo bugun ozmi-ko‘pmi mudofaada qat’iy o‘ynashdi.

— Nega Azimjon Ahmedov o‘ynamayapti, uning jismoniy holati yetarli darajada emasmi?
— U yaxshi jismoniy holatda. Bilishimcha, Azimni uchinchi yildirki, tizzasidagi og‘riq bezovta qilmoqda. U ayniqsa, maydon o‘zgarganida, yallig‘lanadi. Shunga qaramay, Ahmedov asosiy tarkib futbolchisi. Boshqa tomondan hozirda to‘rt nafar himoyachi sxemasiga o‘tdik va u bilan bu borada gaplashdik. Uch nafar markaziy himoyachi bilan o‘ynaganimizda, Ahmedov  shubhasiz asosiy tarkib o‘yinchisi. Biz bunday jamoalarga qarshi hujumlar qilishimiz, gollar urishimiz kerak. Biz yigitlar golning ta’mini his qilishlarini xohlaymiz. Ushbu ibora uchun oldindan uzr so‘rayman, ammo biz juda oson tug‘amiz, lekin aqlbovar qilmas yo‘llar bilan. Har o‘yinda besh-oltita golli vaziyatlar yaratyapmiz, ammo hozircha o‘sha vaziyatlardan foydalana olmayapmiz.

— Nega Mirzohid G‘ofurov o‘ynamayaptimi? Unda jarohat bormi yoki boshqa bir sabab?
— Yo‘q, G‘ofurov mana uchinchi mashg‘ulotdirki, Mo‘minov bilan birgalikda umumiy guruhda shug‘ullanmoqda. Ular bunga qadar reabilitasiyadan o‘tishdi, jarohatlari bor edi. G‘ofurovning jarohati sakkiz yillik. U tizzada va bog‘lamlari yallig‘lanib turadi va hokazo. Uni qat’iy to‘qnashuvda qanday olganini ko‘rdingiz. Tiklandi. Asta-sekinlik bilan O‘zbekiston kubogi o‘yinlari orqali G‘ofurovni maydonga tushiramiz. Ikki kundan keyin kubok doirasidagi o‘yinimiz bor. Barcha tiklangan yigitlarni o‘sha uchrashuvda maydonga tushiramiz, sababi, uch kundan so‘ng, Toshkentda “Bunyodkor” bilan o‘yinimiz bor. Barcha safarlar ketma-ket o‘tadi. Barcha yigitlarning o‘yini ochilyapti. Sizlarning Iminjonov, G‘ofurov va Mo‘minovlarni ko‘rishingizga juda ham umid qilaman. Bundan tashqari, shug‘ullanayotgan yigitlar bor. Asosiy muammomiz — Pedro. Unga juda ham ishonch bildirgandik, Pedro juda ham yuqori darajadagi o‘yinchi. Ammo, uning eski jiddiy jarohati bor bo‘lib chiqdi. Bu esa hattoki, yugurishga ham imkon bermaydigan jarohat ekan. U ikki haftadan beri reabilitasiyada, ancha yengil. Tarkibga kirishni so‘ramoqda. Men buning qanday jarohatligini bilaman. Xullas, ko‘ramiz.

— Bugun ikki xil bo‘lim guvohiga aylandik...
— Bilmadim, tribunada o‘tirganlar qanday his qilishdi? Ammo, men maydon chetida yugurmagan bo‘lsam ham tezda terladim. Havo juda dim. Quyosh maydonga qaragan edi. Shunday ob-havo sharoiti bo‘lishi tushunarli. Organizm o‘rganishi uchun unga ko‘nikish kerak. Qoida bo‘yicha kechqurun 7-8 da o‘ynadik. Bu yerda birinchi bo‘lim va raqibda ham charchash holatlari. Qiyin. Shunchaki yugurish qiyin.

Ikkinchi bo‘limda o‘yinni to‘g‘ri boshladik, keyin qandaydir tushunarsiz harakat qilishni boshladik. Raqib darvozasiga markaz orqali kirishga urindik. O‘yindan oldingi mashg‘ulotlarda esa boshqa narsani shug‘ullangandik. Biz qanot orqali ishlashni ko‘zlagandik. Tanaffusda aynan biz so‘ragan o‘yinni ko‘rsatishlarini xohladik. Ayrim futbolchilar ko‘rpani o‘zlariga tortishga urinishyapti. O‘ylaymanki, buni aniq hal qilamiz.

— Jamoa hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda ikkita-uchta yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Mutaxassis sifatida foydalanilmagan vaziyatlarda nima yetishmadi, deb o‘ylaysiz?
— Bu mahoratga bog‘liq. Masalan, Pedroda vaziyat bo‘lsa, u to‘p kiritadi. Nega bir futbolchi bitta teginish va undan so‘ng gol uradi-yu, boshqasiga o‘nta vaziyat kerak bo‘lishini ayta olmaydi. Buni tushuntirish qiyin. Bu mahorat darajasi. Shu yerda o‘tgan yilgi voqealarni eslang, o‘yin yakunlanishiga 20 daqiqada qolganida gollarni urib bo‘lardik. Bizda Iskanderov kabi oldinda juda yuqori darajadagi futbolchilar bor edi. Vaziyat — gol. Agar adashmayotgan bo‘lsam, har bir o‘yinda biz birinchi bo‘lib, gol uramiz. Ilk daqiqalarda gol uramiz, keyin esa himoyalanishni boshlaymiz. Shu muammoni hal qila olmayapmiz. Biz futbolchilarni yana hujum qilishda davom etishga majbur qilolmayapmiz. Ularga oltita gol o‘tkazsak ham to‘xtab qolmaslikni, bosimni davom ettirishni tushuntiryapmiz. Chempion bo‘lishni xohlaganlar iqtidorli futbolchilardan tashqari, chempionlik maktabidan o‘tganlarni tarkibga olishga urinishadi. Faqat hisob qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, to‘xtamaydigan futbolchilari bor jamoa chempion bo‘ladi. 3:0 ga yutyapmiz, ular to‘xtashmayapti, 3:0 ga yutqazyapmiz, ular to‘xtashmayapti. Biz esa goldan so‘ng, oxirigacha bormayapmiz, shu bilan birga mashg‘ulotlarda bunday muammo yo‘q. Bu ruhiy daraja bilan bog‘liq bo‘lsa kerak.

— Pro liga jamoasi bilan bo‘ladigan O‘zbekiston kubogi bahsida qandaydir rotasiyalar bo‘ladimi?
— Yuqorida aytganimdek, bizda barcha o‘yinga chiqadi, boshqa variantimiz yo‘q. Ertaga o‘rinbosarlar ham o‘ynaydi. Hozirda zaxira o‘rindig‘ida bo‘lganlardan kimdir o‘rinbosarlar safida ham o‘ynaydi. Ikki kundan keyin “FarDU”ga qarshi uchrashuv bor. O‘sha uchrashuvda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan va endi tiklangan o‘yinchilar bilan harakat qilishni reja qilganmiz. Umid qilamanki, bugungi o‘yindagi hech bir futbolchi o‘sha bahsda harakat qilmaydi. Hatto bizning o‘rinbosarlar jamoamizning asosiy tarkibi bugun shu yerda edi.

— O‘tgan yili “Navbahor”ni qabul qilib olganingizda jamoa juda ham yulduzli tarkibga ega edi. Shunday bo‘lsada, o‘sha tarkibdan Komiljon Tojidinov porlab chiqqandi. Ammo, bu yil uni maydonda kam ko‘ryapmiz. Buning sababi nimada?
— Bizda ikkita yig‘in bo‘ldi. O‘nta o‘yin va raqobat. Hammaga birdek imkoniyat berdik. O‘sha yig‘inlarda Tojidinov raqobatga dosh bera olmadi. Sababi shunda. U o‘zining paytini kutsin. Komil juda yaxshi futbolchi, men uni juda yaxshi bilaman. Yaxshi, tartibli yigit, mehnatkash. Oltinchi turda asosiy tarkibni aniqlab, keyin o‘zgartirib borishimizni aytganmiz. Xudo ko‘rsatmasin-u, kimdadir kartochkalar va jarohatlar bo‘ladi. Ularning barchasi hali o‘ynaydi. Bizning zaxiramiz juda kichkina. Barcha o‘ynashga ulguradi. Sizga mavsumni umuman boshqa jamoa yakunlashini kafolat beraman. Umuman boshqa jamoa. Hozir o‘ynamayotganlar asosiy tarkibda bo‘ladi. Bitta tarkib bilan shuncha o‘yinni ko‘tarib bo‘lmaydi. Bu imkonsiz. Aprel va may oyi juda tig‘iz, ulardan o‘tib olishimiz kerak. Pauzalar bo‘ladi, tayyorlanib olishimizga imkoniyat ham. Bo‘lajak bellashuvlarimiz raqobatchilarimizga qarshi. Bular “Bunyodkor”, “Qo‘qon-1912”... Shunday o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. Shundoq ham boshqa jamoalar bilan bo‘lgan bahslarda 6-7 ochkolarni yo‘qotdik.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 09:04, 12.05.2025. O'qildi: 765 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик