Bugun 3 yanvar, 2026 yil, shanba.

  • APL
      • 02.01.2026 01:00
      • Brentford
      • 0:0
      • Tottenhem
      • 02.01.2026 01:00
      • Sanderlend
      • 0:0
      • Manchester Siti
      • 03.01.2026 17:30
      • Aston Villa
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 03.01.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Byornli
      • 03.01.2026 20:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Vest Xem
      • 03.01.2026 22:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Arsenal
      • 04.01.2026 17:30
      • Lids
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 04.01.2026 20:00
      • Everton
      • -:-
      • Brentford
      • 04.01.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Liverpul
      • 04.01.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 04.01.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Sanderlend
      • 04.01.2026 22:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Chelsi
  • «A» Seriya
      • 03.01.2026 00:45
      • Kalyari
      • 0:1
      • Milan
      • 03.01.2026 16:30
      • Komo
      • -:-
      • Udineze
      • 03.01.2026 19:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Parma
      • 03.01.2026 19:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Piza
      • 03.01.2026 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Lechche
      • 04.01.2026 00:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Roma
      • 04.01.2026 16:30
      • Lasio
      • -:-
      • Napoli
      • 04.01.2026 19:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Cremonese
      • 04.01.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Torino
  • La-liga
      • 03.01.2026 01:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Xetafe
      • 03.01.2026 18:00
      • Selta
      • -:-
      • Valensiya
      • 03.01.2026 20:15
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 03.01.2026 22:30
      • Elche
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 04.01.2026 01:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Barselona
      • 04.01.2026 18:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Levante
      • 04.01.2026 20:15
      • Real Madrid
      • -:-
      • Betis
      • 04.01.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Jirona
      • 04.01.2026 22:30
      • Alaves
      • -:-
      • Real Ovyedo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 19 45
2 Manchester Siti 19 41
3 Aston Villa 19 39
4 Liverpul 19 33
5 Chelsi 19 30
6 Man. Yunayted 19 30
7 Sanderlend 19 29
8 Everton 19 28
9 Brentford 19 27
10 Kristal Pelas 19 27
11 Fulhem 19 27
12 Tottenhem 19 26
13 Nyukasl 19 26
14 Brayton 19 25
15 Bornmut 19 23
16 Lids 19 21
17 Nottingem Forest 19 18
18 Vest Xem 19 14
19 Byornli 19 12
20 Vulverhempton 19 3

O'tgan o'yinlar.

19-тур Byornli 1-3 Nyukasl
19-тур Chelsi 2-2 Bornmut
19-тур Nottingem Forest 0-2 Everton
19-тур Vest Xem 2-2 Brayton
19-тур Arsenal 4-1 Aston Villa
19-тур Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
19-тур Kristal Pelas 1-1 Fulhem
19-тур Liverpul 0-0 Lids
19-тур Brentford 0-0 Tottenhem
19-тур Sanderlend 0-0 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

03/01/26 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01/26 Brayton - Byornli
03/01/26 Vulverhempton - Vest Xem
03/01/26 Bornmut - Arsenal
04/01/26 Lids - Man. Yunayted
04/01/26 Tottenhem - Sanderlend
04/01/26 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01/26 Fulhem - Liverpul
04/01/26 Everton - Brentford
04/01/26 Manchester Siti - Chelsi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Superliga-2026. Uchrashuvlar intensivligini oshirish masalasida navbatdagi qadamlar

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / O‘yinlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Superliganing 2026-yilgi mavsumiga tayyorgarlik davom etayotgan bo‘lib, undagi qator masalalar ketma-ketlikda ko‘rib chiqilmoqda. Jumladan, shu yilning:

• 4-avgustida Superliga-2026 taqvimi rejasi e’lon qilindi;

• 10-oktyabrida “Superliga reglamenti” loyihasi ishlab chiqildi hamda professional futbol klublariga o‘rganish uchun taqdim etildi;

• 20-oktyabrida professional futbol klublari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi va unda “Superliga reglamenti” loyihasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar muhokama qilindi;

• 24-oktyabrida “Superliga reglamenti” loyihasi bo‘yicha klublar bilan kelishilgan o‘zgarishlar tanishib chiqish uchun Assosiasiyaga taqdim etildi.

Uchrashuvlar intensivligini oshirish uchun xizmat qiladigan mexanizmlar orasidan uch asosiy masala Liga diqqat markazida bo‘lib turibdi:

• videotahlillar asosida futbolchining rasmiy uchrashuvdagi statistik ko‘rsatkichlarini aniqlash tizimini to‘liq markazlashtirish va ulardan jonli translyasiyalar vaqtida faol foydalanish;

• futbolchining funksional holatini masofadan turib nazorat qilish qurilmalari bilan ishlash va ulardagi raqamlarni tahlil qilish mexanizmda o‘sishga erishish;

• futbol o‘yini qoidalariga kiritilayotgan va kiritilishi rejalashtirilayotgan ayrim o‘zgarishlarni Superligaga tatbiq etish.

Quyida mazkur masalalarga to‘xtalib o‘tiladi.


Videotahlillar asosida futbolchining uchrashuvdagi statistik ko‘rsatkichlarini aniqlash tizimi

Liga mazkur masalada 2026-yil yakuniga qadar Hudl bilan kelishuvga ega bo‘lib, o‘zaro uch yillik shartnoma asosida bosqichma-bosqich qamrov doirasini kengaytirish ko‘zda tutilgan. Shu asosda Superliga klublarining 2025-yilda to‘liq Hudl bilan hamkorlik qilishi yo‘lga qo‘yildi. Biroq bunda klublar kompaniyadan sotib olayotgan tahlillar turli darajada, shuningdek, tahlillar qanday olib borilishi va bu orqali nimalarga erishish mumkinligi masalasida Superliga klublari tahlilchilarini o‘qitish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni vaqtda Paxtakor, OKMK, Mash’al, So‘g‘diyona, Nasaf, Bunyodkor kabi klublar masalaga mas’uliyat bilan yondashyotganligini qayd etish kerak. Bu klublar murabbiylari tahlillardan faol foydalanadi.

2026-yildan boshlab Liga qolgan klublarni ham mazkur bosqichga olib chiqishni rejalashtirgan. 20-oktyabr kuni professional futbol klublari rahbarlari ishtirokidagi yig‘ilishda bu masala ko‘rib chiqildi. Ayni vaqtda Liga quyidagilarni rejalashtirgan:

• Superliga stadionlarining har biriga jonli data tahlil imkoniyatini taqdim etuvchi maxsus kameralar o‘rnatish;

• maxsus kameralar yordamida data tahlillarni o‘yin vaqtida qo‘llash va ulardan translyasiyalarda faol foydalanish;

• data tahlillar ko‘rsatkichlari bo‘yicha turli reytinglar shakllantirish va ularni Liga sahifalarida yoritish orqali futbolchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish;

• Superliga klublari tahlilchilarini o‘qitish va ularning data tahlillardan foydalanish ko‘nikmasini oshirish;

• Superliganing qolgan klublari sotib olayotgan data tahlillar bo‘yicha talabni eng yaxshi klublar qo‘lga kiritayotgan tahlillar bilan tenglashtirish.


Liga Hudl va unga raqobatchi qolgan kompaniyalar bilan muzokaralar olib bormoqda

Bunda qolgan Ligalar qaysi kompaniyalarni afzal bilyotgani hamda o‘zbekistonlik futbolchilarga tegishli tahlillar biz uchun ahamiyatli bo‘lgan Ligalar va klublar e’tiborida bo‘lishi uchun iloji boricha eng maqbul platformani tanlash muhim ahamiyat kasb etadi.


Futbolchining funksional holatini masofadan turib nazorat qilish qurilmalari bilan ishlash

Mazkur masala Liga uchun biroz murakkab. Boisi Superliga klublari ayni vaqtda 4 ta kompaniya bilan hamkorlik qilmoqda.

Kelishuvlar muddati turlicha ekanligidan kelib chiqib, uni 2026-yilning o‘zidayoq markazlashtirish ayrim murakkabliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Biroq mazkur masalada Liga Assosiasiya bilan kelishgan holda muhim qarorlarni qabul qilish va klublar bilan shu asosda ishlash bo‘yicha kelishuvga erishishi mumkin. Ammo buning hammasi 2026-yildanoq yo‘lga qo‘yilishi ayrim qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.


Futbol o‘yini qoidalariga kiritilishi rejalashtirilayotgan o‘zgarishlarni Superligaga tatbiq etish

Liga mazkur masalalarda bosqichma-bosqich ish olib borayotganligini ta’kidlash lozim. Mutahassislarimiz shu yilning iyul oyida AQSH safarida bo‘lib, MLS toza o‘yin vaqtini oshirish masalasida qanday usullardan foydalanayotganligini o‘rgandi. Shundan kelib chiqib, “Superliga reglamenti”ning 14 hamda 15-boblariga ayrim takliflar kiritilgan bo‘lib, toza o‘yin vaqtni oshirish uchun xizmat qiladigan bu bandlar Superliga klublari tomonidan ijobiy qarshi olindi va ular o‘zgarishlarga bir ovozdan rozilik bildirdi (Assosiasiya bilan kelishuvga erishilgan taqdirda, bandlar reglamentdan olinadi va futbol jamoatchiligiga alohida yo‘riqnoma tarzida tahlil qilinadi, o‘z navbatida hakamlar IFAB qoidalariga kiritilgan bu o‘zgarishlarni Superliga o‘yinlari davomida faol qo‘llashga o‘tadi).

Endilikda Assosiasiya, Liga va Markaz ushbu o‘zgarishlar qanday mexanizmlar asosida joriy qilinishi masalasida o‘zaro kelishuvga erishishi kerak. Shu yilning 13-noyabr kuni Liga IFAB texnik direktori Devid Ellerey bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ellerey dunyoning 45 mamlakati Ligalari rahbarlari ishtirok etgan Jahon futbol ligalari assosiasiyasining yillik yig‘ilishida IFAB joriy qilishni rejalashtiryotgan boshqa o‘zgarishlar masalasida taqdimot o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Superligasi o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashi ma’lum qilindi. Biz tashkilotning yanvar oyidagi yig‘ilishiga qadar o‘z taklifimizni rasman bildirishimiz mumkinligi masalasida suhbat o‘tkazdik. Agar barchasi Liga rejasi bo‘yicha davom etsa, 2026-yildan boshlab bir qator o‘zgarishlar qo‘llanilishi mumkin. Ular orasidan ayrimlarini keltirib o‘tamiz:

• bosh miya chayqalishi oqibatida futbolchi uchrashuvni davom ettira olmasligi masalasi tez tibbiy yordam shifokori hamda klub shifokori tomonidan tasdiqlansa, futbolchi almashtirish uchun imkoniyati qolmagan bo‘lishi shartida har ikki klubga qo‘shimcha bir nafardan futbolchini almashtirish imkoniyati taqdim etilishi;

• uchrashuv hakami bilan faqatgina jamoa sardori suhbat olib borishi mumkinligi masalasini qat’iylashtirish;

• hakamning stop qo‘l ishorasidan keyin ham tinchlanishni istamagan futbolchiga har qanday qo‘shimcha so‘zlar uchun ogohlantirish ko‘rsatilishi;

• futbolchining maydonda vaqt cho‘zish uchun yotib olishi oqibatida uchrashuv to‘xtatilsa, mazkur futbolchi har qanday holatda ham maydonni kamida 1 daqiqaga tark etishi va bu kabi holatda zambil tashuvchilar ham ovora qilingan bo‘lsa, futbolchi maydon tashqarisida kamida 3 daqiqa qolishi shartligi;

• futbolchilarni almashtirayotgan vaqtda zaxira tablosi ko‘tarilgan soniyadan boshlab futbolchi maydonni 15 soniya ichida tark etishi va mazkur soniyalar ko‘payib ketgan taqdirda, maydonga yangi qo‘shilayotgan futbolchi 1 daqiqa davomida maydonga tushirilmasligi;

• darvozabon to‘pni 8 soniya davomida qo‘lida ushlab tursa hamda to‘pni o‘yinga erkin zarba bilan kiritish jarayoni 8 soniyadan oshib ketsa, raqib foydasiga burchak zarbasi belgilash qoidasini qat’iylashtirish;

• to‘pni autdan o‘yinga kiritayotgan futbolchi mazkur vazifa uchun 8 soniyadan ko‘proq vaqt sarflasa, aut raqib foydasiga olib berilishi.

Mazkur masalalarning ayrimlari MLS’da allaqachon joriy etilgan bo‘lib, hozircha u o‘zini oqlamoqda deyish mumkin. IFAB bilan kelishuv asosida bu qoidalarga qo‘shimcha yana ayrim jihatlar ham muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan. Liga rejasi amalga oshsa, Superliga mazkur qoidalarni birinchilardan bo‘lib joriy qilgan chempionatga aylanishi mumkin.

Eng muhimi, professional klublar Liganing mazkur tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlamoqda. Biz yuqorida qayd etilgan masalalar to‘liq ishlashidan manfaatdormiz va ularni fevral oyiga qadar joriy qilishni rejalashtirganmiz. O‘zgarishlar va kutilmalar bo‘yicha Liga futbol jamoatchiligini o‘z vaqtida xabardor qilib boradi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:09, 18.11.2025. O'qildi: 1065 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 8
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
7 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
8 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
9 Тоттенхэм Risharlison 7
10 Манчестер Сити Filip Foden 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.