Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba.

  • Elit OCHL
      • 16.02.2026 21:00
      • Al-Ahli (SA)
      • 4:3
      • Shabab al-Ahli
      • 16.02.2026 21:00
      • Sharja
      • 1:2
      • Nasaf
      • 16.02.2026 23:00
      • Ash-Shorta
      • 3:2
      • Duhayl
      • 16.02.2026 23:15
      • Al-Hilol
      • 2:1
      • Al-Vahda
      • 16.02.2026 23:15
      • Ash-Shorta
      • -:-
      • Duhayl
      • 17.02.2026 21:00
      • As-Sadd
      • -:-
      • Al-Ittihod
      • 17.02.2026 21:00
      • Al-G‘arafa
      • -:-
      • Traktor
  • «A» Seriya
      • 17.02.2026 00:45
      • Kalyari
      • 0:2
      • Lechche
  • La-liga
      • 17.02.2026 01:00
      • Jirona
      • 2:1
      • Barselona
  • ECHL
      • 17.02.2026 22:45
      • Galatasaroy
      • -:-
      • Yuventus
      • 18.02.2026 01:00
      • Benfika
      • -:-
      • Real Madrid
      • 18.02.2026 01:00
      • Monako
      • -:-
      • PSJ
      • 18.02.2026 01:00
      • Borussiya D
      • -:-
      • Atalanta
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 12 7 9 28
2 Italiya 8 4 11 23
3 AQSh 6 8 5 19
4 Niderlandiya 6 5 1 12
5 Avstriya 5 7 3 15
6 Shvesiya 5 5 1 11
7 Shveysariya 5 2 3 10
8 Germaniya 4 7 6 17
9 Fransiya 4 7 4 15
10 Yaponiya 4 5 9 18
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Krishtianu Ronaldu: "Hamma narsani sahna ortida bajarishni yaxshi ko‘raman"

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Intervyular
A A A

Bundan uch yil oldin Krishtianu Ronalduning jurnalist Piters Morganga bergan intervyusi katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi. O‘sha paytda futbolchi hali ham «MYU»da o‘ynab yurgan va jamoasini o‘ta jiddiy tanqid qilgandi. Tabiiyki, oradan ko‘p o‘tmay, portugaliyalik yulduzning «qizil iblislar» bilan munosabatlari yomonlashdi va Krish Saudiyaning «Al-Nasr» klubiga ko‘chib o‘tishga qaror qildi. Mana, ma’lum vaqt o‘tib Morgan Ronaldu bilan yana bir bor suhbat uyushtirdi va bu safargi muloqot ham qiziqarliligi borasida 2022 yildagisidan qolishmasligi ta’kidlandi. Quyida esa mazkur intervyuning to‘liq mazmuni bilan tanishasiz.

APLdagi chempionlik poygasi haqida:

— «Arsenal» joriy mavsum chempionlikni qo‘lga kirita oladimi? Ha, bo‘lishi mumkin. Zero, «to‘pchilar» bu gal chempionatni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazishmoqda. Ehtimol, londonliklarga kimdir murosasiz jang taklif qilar, lekin bu aniq «MYU» bo‘lmaydi. Chunki mankunianliklar mavsum startida juda ko‘p ochko yo‘qotishdi. Ochig‘i, bu klub hali ham yuragimda va men uni yaxshi ko‘raman. Shunday ekan, jamoaning hozirgi ahvolidan juda xafaman. Amorim? O‘ylashimcha Ruben «Manchester»ni avvalgi darajasiga qaytarish uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilmoqda. Lekin u ham sehrgar emas, sportda esa mo‘jizalar shunchaki sodir bo‘lmaydi. To‘g‘ri, bugungi kunda uning qo‘l ostida ajoyib futbolchilar jamlangan, ammo ularning hammasi ham «MYU» libosini kiyish nimani anglatishini yaxshi tushunishmaydi.

Boylik haqida:

— Bir necha hafta oldin menga tarixdagi birinchi milliarder futbolchiga aylanganimni aytishganida o‘zimni xuddi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgandek his qildim. Chunki endi tarixdagi birinchi va yagona milliarder futbolchiman. Balki kimdir bu so‘zlarimni takabburlikka yo‘yar, ammo raqamlar yolg‘on gapirmaydi. Eng qimmat xaridim? Ha eslayman, bundan 13 yil oldin juda katta pulga o‘zimga samolyot sotib olgandim, lekin yaqinda yanada qulayroq boshqa «uchoq» sotib oldim. Mashinalar haqida gapiradigan bo‘lsam, to‘g‘risi, ularning hisobini bilmayman, balki 40tadir. Men ularni haydab yurish uchun emas, shunchaki kelajakka investisiya o‘laroq xarid qilganman. Ayniqsa, «Bugatti»larni juda yaxshi ko‘raman.

Jahon chempionati haqida:

— Jahon chempionatida g‘alaba qozonishni orzu qilganim bilan bu musobaqa orqali tarixdagi eng yaxshi o‘yinchini aniqlash mutlaqo noto‘g‘ri ekanligini bilaman. Aslida 6-7 o‘yindan iborat turnir asnosida kimnidir butkul faoliyatini baholash adolatsizlik. Shunday ekan, mundialda bosh sovrinni qo‘lga kirita olmasak ham bu sportimiz tarixidagi mav­qeimni zarracha o‘zgartirmaydi. Yashirib nima qildim? Men endi shunchaki maydondagi har bir lahzadan zavqlanishga intilyapman. Odamlar: «Agar Krishtianu jahon chempionatida g‘alaba qozonsa, tarixdagi eng buyuk futbolchiga aylanadi», deyishadi. O‘zim esa bunga qo‘shilmayman. Zero, Portugaliya termasi bilan allaqachon 3ta sovrinni qo‘lga kiritganman.

Nikoh to‘yi haqida:

— Jorjina Rodriges mening orzuimdagi ayol. Tabiiyki, yaqinda unga turmushga chiqishni taklif qildim. Ochig‘i, menga, farzandlarimga va oilamga g‘amxo‘rlik qiladigan ayolni juda uzoq vaqt izlaganman. Nasib qilsa, kelasi yilgi jahon chempionatidan keyin nikoh to‘yini o‘tkazamiz. Umid qilamanki, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan holatda.

Faoliyatini yakunlash haqida:

— Hozircha, faoliyatimni yakunlash haqda o‘ylamayotgan bo‘lsamda, bu tez orada ro‘y beradi. Albatta vaqti kelib katta sahna va futbol bilan xayrlashish oson bo‘lmaydi. Ehtimol, ko‘z yoshlarimni tiya olmasman, bilmadim. Lekin ishonchim komilki, o‘sha kuni his-tuyg‘ularimni ichimda saqlamayman. Ochig‘i bunga 27 yoshimdan beri tayyorgarlik ko‘rib kelyapman.

Jotaning dafn marosimida qatnashmagani haqida:

— To‘g‘risini aytsam, otamning o‘limidan keyin (2005 yilda — PS), qaytib hech qachon qabristonga bormadim. Ikkinchidan, hozirda qayerga borsam ham o‘sha joy tomoshagohga aylanadi, ko‘pchilikning e’tibori menda bo‘ladi. Jumladan Jotaning dafn marosimida ham shu hol takrorlanishi shubhasiz edi. Buni esa xohlamadim. To‘g‘ri, odamlar meni bu ishim uchun tanqid qilishdi, lekin har doim maqtov olish uchun jamoatchilik e’tiborida, kameralar qarshisida yurishim shart emas. Hamma narsani sahna ortida bajarishni yaxshi ko‘raman.

Saudiya Arabistoni Ligasi va «Oltin to‘p» haqida:

— Aslida Saudiya chempionati saviyasi haqida ortiqcha gapirishim shart emas. Chunki fikrimga qo‘shilmaydiganlar baribir har xil bema’ni gaplarni aytishdan tiyilmaydilar. Vaholanki, raqamlar yolg‘on gapirmaydi. O‘ylashimcha, ayni paytda Premyer-liganing eng yaxshi jamoasida o‘ynayotgan bo‘lganimda ham, xuddi hozirgidek natija qayd etayotgan bo‘lardim. Mening so‘zlarimdan mubolag‘a izlayotganlar esa hech qachon bu yerda o‘ynashmagan va 40 daraja issiqda yugurish nima ekanligini bilishmaydi. Takrorlayman: Saudiya Arabistoni ligasi Fransiya chempionatidan kuchliroq. Portugaliyadan ham. Shunday ekan, «Oltin to‘p» uchun ovoz berishda Saudiya ligasidagi natijalarni ham inobatga olish kerak. Ha, ehtimol oshirib yuborayotgandirman, lekin Yevropadan kelgan boshqa futbolchilardan ham so‘rasangiz liga saviyasi haqida faqat iliq fikrlarni eshitasiz.

Mashhurlik haqida:

— Ochig‘ini aytaman menga mashhurlik yoqmaydi. Ishoning, bu juda zerikarli. Agar kimdir menga: «Siz hozirda erishgan barcha narsalarga mashhurliksiz ham erishishingiz mumkin», desa bunga hech qanday ikkilanishsiz rozi bo‘lardim. To‘g‘ri, millionlar o‘yinida muvaffaqiyatga erishish orzuim edi. Lekin bugungidek darajaga erishaman deb o‘ylamagandim.

Ilhom manbai haqida:

— Tan olaman qaysidir sportchilarning uzoq muddat faoliyatini davom ettirayotganini ko‘rish meni o‘z ishimga bo‘lgan qiziqishimni kuchaytiradi va ilhomlantiradi. Masalan, Lebron Jeyms. Aytaylik, uning hali ham basketbol o‘ynashi va yaxshi formada ekanligini ko‘rish yoqadi. Shuningdek, Luka Modrichni aytib o‘tgan bo‘lardim. Aytgancha, serbiyalik tennischi Novak Jokovich yaqinda mening jismoniy imkoniyatlarim va ishtiyoqim haqida iliq fikrlarni bildiribdi. Buning uchun undan nihoyatda minnatdorman.

Siyosat haqida:

— Idealimdagi siyosatchi haqida gap ketganda AQSH prezidenti Donald Trampni aytgan bo‘lardim. U shaxsan men uchrashishni orzu qiladigan inson. O‘ylashimcha, Tramp dunyoni o‘zgartira oladigan prezidentlardan biri. Umid qilamanki, bir kun kelib shu gaplarni Qo‘shma shtatlar rahbarining o‘ziga ham aytish imkoniyatiga ega bo‘laman. Tramp mashhurlik bobida men bilan raqobatlasha oladimi? Keling, bahslashmaylik. Bilasiz, butun dunyoda, hatto eng kichik orollarda ham mashhurman. Rostdan ham. Menimcha, dunyoda mendan ko‘ra mashhurroq odam yo‘q.

Xurshid YUSUPOV tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:54, 18.11.2025. O'qildi: 1102 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.