Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
  • La-liga
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • 2:3
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • 2:1
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • -:-
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • -:-
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Maksim Shaskix "Andijon"dagi debyut g‘alabasidan so‘ng nimalar dedi?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

"Andijon" – "Surxon" (2:1) o‘rtasidagi o‘yindan keyin tashkil qilingan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shaskix savollarga javob qaytardi.

- Birinchi navbatda butun Andijon xalqini bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Ayniqsa, jamoaning fidoiy muxlislari bu g‘alabani kutishgandi. Yigitlar kichik matonat ko‘rsatishdi. Chunki g‘alabadan uzoqlashib qolgandik. Qiyin vaziyatga tushib qolganimizdan keyin tiklanish murakkab edi. Shunday bo‘lsa-da, yigitlar buni uddalashdi. Xudoga shukr, barchasi biz uchun samarali yakunlandi. Aytishim mumkinki, futbolchilar sifatli o‘yin ko‘rsata oldi. Futbol xatolarsiz bo‘lmaydi. Biroq o‘yinchilarimiz kerakli vazifani bajarishdi. Ular azart bilan o‘ynashdi. Ayniqsa, Superkubokdan oldin bu g‘alaba bizga juda muhim edi. O‘ylaymanki, bugungi g‘alabadan so‘ng Superkubok uchrashuviga yaxshi kayfiyatda boramiz.

- Maksim Aleksandrovich, sizni "Andijon"dagi debyut g‘alabangiz bilan tabriklayman. Uchrashuvning dastlabki 20-25 daqiqasida "Surxon" yaxshi ko‘rindi. Shundan so‘ng "Andijon"ning o‘yini kuchaydi. Bu oldindan ko‘zlangan rejamidi?

- To‘g‘ri aytasiz. Qiyin o‘yinda bir qator xavotirli holatlar bilan maydonga chiqdik. Shuningdek, maydonga chiqqan futbolchilar ham robot emas. Yoqimsiz seriya to‘xtatildi. Bizda yetarlicha jarohat olgan o‘yinchilar bor edi. Shu sababli ba’zi chiziqlarimizda doimiy o‘ynaydigan futbolchilar o‘ynamasdan boshqa yigitlar to‘p surishdi. Natijada o‘zgarishlar qilishga majbur bo‘ldik. Jamoaning avvalgi uchrashuvlarini ko‘rib, tahlil qilib chiqib, qanotlardan bo‘ladigan hujumlarni va boshqa holatlarni o‘rganib, shunga asosan taktika tayyorladik. Ko‘plab o‘yinchilarimizda jarohat borligi sababli uchrashuvning dastlabki daqiqalari asabiy o‘tdi. Keyinchalik o‘yinimiz ochilgach, barchasi o‘z o‘rniga tushdi. Tanaffus paytida futbolchilar bilan erkakcha gaplashib oldik. Orqaga yo‘l yo‘qligini, maydonga tushamiz va g‘alaba qozonishimiz shartligini ular bilan gaplashib oldik. Aks holda muxislar bizni kechirmasligini yigitlar ham tushunib turishgandi. Xudoga shukr, ko‘zlagan maqsadimizga erishdik.

- Nima deb o‘ylaysiz, murabbiy sifatida, siz Xomyakov merosidan foydalanasizmi yoki butunlay boshqa jamoa bo‘ladimi?

- Biz endi atiga ikkita o‘yin o‘tkazdik. "Sho‘rtan"da 4-1-4-1 sxemasida o‘ynadik. Bugun esa 4-4-2 sxemasida maydonga tushdik. Ochig‘ini aytsam, "Andijon"ning o‘yinini bungacha taxminan bilardim. Shunday ekan, ularni faqat qanday sxemada o‘ynaganini ko‘rganman. Bir qator taktikalarda o‘ynashiga guvoh bo‘lganman. Biz esa endi uchta mashg‘ulotni o‘tkazdik va bunday qisqa vaqt ichida nimani o‘zgartirish mumkin? To‘g‘ri, tarkibni qisman bo‘lsa ham o‘zgartirdik. Yangiliklar kiritishga harakat qilyapmiz. Avvalgi murabbiylarning tarkibida hozirgi ayrim o‘yinchilar to‘liq o‘ynamagan bo‘lishi mumkin. Endi Superkubok o‘yini uchun tayyorgarlik ko‘ramiz. Navbatdagi sovrinni yutish yo‘lida harakat qilamiz. Og‘ir bo‘lishini tushunib turibmiz. Raqib "Nasaf"! "Nasaf"ga syurpriz tayyorlashga harakat qilamiz. Keyin chempionatimizda pauza bo‘ladi. Ushbu tanaffusni kutyapmiz. Bizda kichik yig‘in tashkil etiladi. Bunday tanaffus chog‘ida futbolchilar topshiriqlarni bajarib, murabbiylar o‘zlaridan nima xohlayotganliklarini bilishlari kerak. Men ish boshlagan dastlabki kunimdan boshlab ular avvalo o‘zlarini hurmat qilgan holda maydonda harakat qilishlari kerakligini ta’kidlab kelmoqdaman. Maydonda meni harakatlarim qanday bo‘lyapti deb vijdonan o‘ynashlarini tushuntirib kelyapman. Aks holda ishqibozlar bizni kechirmaydi. Bilasizmi, "Andijon"da hammamiz bir oila bo‘lishimiz kerak. Shundagina biror yaxshi natijaga erishishimiz mumkin bo‘ladi. Safimizda individual kuchli o‘yinchilar hozircha yo‘q. To‘g‘ri, yetakchilar bor. Masalan, Abdumannopov, Abdumannonov... Sohibjonov jarohat olgan. Yutug‘imiz birlashishimizda, buni boshidan aytib kelyapman. Bir-biriga yordam berish, qo‘llab-quvvatlash, maydonga chiqqanda jon-jahdi bilan kurashish shart. Bizda boshqa yo‘l yo‘q. Mashg‘ulotlarda yaxshi ishlash va maydonda qattiq ishlab maqsadga erishish asosiy vazifamiz bo‘lishi kerak. Shunda nimagadir erishish lozim. Oldimizda muhim pallalar turibdi. Osiyo Chempionlar ligasini ko‘pchilik kutib turibdi. Bo‘lajak muhim pallaga bosqichma-bosqich tayyorgarlik ko‘rib boramiz.

- Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘yinni qanchalik kuchaytira oldi?

- Zaxiradan tushganlardan qoniqdim. Tarkibda yosh o‘yinchilar ham bor edi. Ularni bir-ikki marta ko‘rdim. Ertaga o‘rinbosarlar o‘rtasidagi o‘yinni ham borib ko‘raman. Yoshlar jamoamizning o‘yinlarini ham doimiy kuzatib boraman. Barcha yigitlar qattiq mehnat qilishdi, harakatda bo‘ldilar va natija ham shunga yarasha bo‘ldi.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 05:39, 24.05.2025. O'qildi: 1996 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик