Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba.

  • ECHL
      • 25.02.2026 01:00
      • Inter
      • 1:2
      • Bude-Glimt
      • 25.02.2026 01:00
      • Bayer
      • 0:0
      • Olimpiakos
      • 25.02.2026 01:00
      • Nyukasl
      • 3:2
      • Qorabog‘
      • 25.02.2026 22:45
      • Atalanta
      • 4:1
      • Borussiya D
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • 2:2
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • 3:2
      • Galatasaroy
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Maksim Shaskix: “G‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni beramiz”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / O‘zbekiston kubogi / Final
Rukn: Intervyular
A A A

Ertaga bo‘lib o‘tadigan Superkubok oldidan bugun “Bunyodkor” stadionida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda andijonliklar bosh murabbiyi Maksim Shaskix va yarim himoyachi Doniyor Abdumannopov ishtirok etishdi.

— Barchaga xayrli kech. Ertangi final o‘yini bitta uchrashuvdan iborat bo‘lganligi uchun qiziqarli bo‘lishi tabiiy. Bahs juda qiziqarli va ajoyib atmosferada o‘tishiga ishonaman. Stadionga muxlislar ko‘p keladi, deb umid qilaman. Yana bir jihati, ayniqsa andijonlik muxlislar ko‘z o‘ngida yaxshi o‘yin ko‘rsatib, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Bitta o‘yinlik finalda bor kuchimizni beramiz. Unchalik ham boy bo‘lmagan “Andijon” klubi tarixiga yana bir bor o‘z nomimizni yozdirib qo‘yishni istaymiz. Buning uchun ertaga qo‘limizdan kelgan barcha maksimum harakatni ishga solamiz.

Doniyor Abdumannopov:

— Jamoamizda kayfiyat a’lo darajada. Xudo xohlasa, hamma o‘yinga tayyor. Ertaga tarix yaratishga harakat qilamiz. Muxlislar qo‘llab-quvvatlashini his qilib, bor kuchimizni ishga solamiz.

— Bu Superkubok siz uchun uchinchisi hisoblanadi. Avvalgi ikkitasida “Paxtakor” boshqaruvida ham “Nasaf”ga mag‘lub bo‘lgansiz. Ertangi raqib yana “Nasaf”. Shu jihat ertaga tarix yaratishinglarga qo‘shimcha motivasiya bo‘ladimi? Ikkinchi savolim, jamoaga kelganingizdan so‘ng kamchiliklar va o‘yindan to‘lmayotgan jihatlar va shu davrda qo‘l ostingizda o‘zgargan ijobiy ko‘rsatkichlar...

— Birinchi savolga keladigan bo‘lsak, men uchun buning ahamiyati yo‘q. Ikkinchi, uchinchi yoki beshinchi, men bu haqida o‘ylayotganim yo‘q. “Paxtakor” bilan ikki marta Superkubokda o‘ynadim, degan narsa xayolimga kelayotgani yo‘q. Ertaga balki futbolchilar uchun qo‘shimcha motivasiyadir, ammo men uchun qo‘shimcha motivasiya emas. Aytganimdek, ertaga ko‘zlarimiz yongan holda maydonga tushamiz. G‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni beramiz. Bundan oldin ikki marta Superkubokda qatnashganim ertaga motivasiya beradi, deb ayta olmayman. Ikkinchi savolga kelsak, men kelganimdan beri jamoa uzoq muddat g‘alaba qozona olmayotgandi. Men kelganimdan keyin hozircha ikkita uchrashuv o‘tkazdik. Afsuski, birinchisida safarda “Sho‘rtan”ga imkoniyatni boy berdik. Ikkinchida g‘alaba qozondik. Bu qora chiziqdan chiqib ketishimiz kerak edi. Bunday uchrashuv oldidan bizga mana shu g‘alaba kerak edi. O‘sha g‘alabadan so‘ng futbolchilar yaxshiroq kayfiyatda maydonga tushishadi.

— O‘tgan yilgi Superkubokda penaltilar seriyasi bajarilgandi. Bu yil ham penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko‘rdingizmi?

— To‘g‘risi, bugungi mashg‘ulotdan keyin sinab ko‘ramiz. Ammo aytishim mumkinki, penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko‘rishni iloji yo‘q. Lekin bugun mashg‘ulotdan so‘ng penalti tepib kim qanday tayyorligini bilib olamiz.

— O‘tgan mavsum “Andijon” ayniqsa standart vaziyatlarda xavfliroq ko‘rinadi va yaxshi foydalana olardi. Bu yil ham “Andijon” standart vaziyatlar ustida ishlashda davom etmoqdami yoki jamoada qo‘shimcha epizodlar bormi?

— Biz faqat standartlarga urg‘u bermayapmiz. Avvalgi mavsumda jamoada ishlagan murabbiylar shtabi standartlarga ko‘proq urg‘u berishgandir. Biroq bizda standartlardan tashqari yana boshqa bir qator ishlanmalarimiz bor. Balki ertaga buning imkoni tug‘ilsa sinab ko‘ramiz. Bizda standartlardan tashqari yaxshi shakllangan boshqa ishlanmalar ham bor.

— So‘nggi vaqtlarda “Andijon” fan-klubi bilan jamoani o‘rtasidagi munosabat bioz sovugandek. Chunki bir qator g‘alabasiz seriyadan keyin jamoa bazasiga kelib, futbolchilar bilan suhbatlari bioz yomon taassurot qoldirgandi. Hozirgi kunda jamoa bilan fan-klubni munosabati qanday?

— Meni ular bilan shaxsan munosabatim yaxshi. Deyarli har kuni ko‘rishamiz, suhbatlashamiz. Balki men kelishimdan avval oldingi murabbiylar bilan munosabati yomon bo‘lgandir. U tarix, orqada qoldi. Muxlislar bilan suhbatlashdim. Ularga birinchi aytgan iltimosim sabrli bo‘lishlarini tushuntirdim. Birdaniga jamoada nimanidir o‘zgartirib yuborish qiyin. Bunga vaqt kerakligini tushuntirdim va ular bizni tushunishdi. Aytish mumkinki, munosabatlarimiz avvalgidan ko‘ra ancha yaxshilangan. Bizga vaqt berishsa, ishonchni oqlab, xursand qilishga harakat qilamiz. Andijonlik muxlislar futbolni yaxshi tushunishadi. Tabiiyki, g‘alabasiz uchrashuvlardan so‘ng salbiy fikrlar tug‘iladi. Har qanday jamoani fan-klubi singari bular ham “Andijon”ni g‘alaba qozonishini xohlashadi.

— Savol Doniyor Abdumannopovga. Agar natijalaringizga qaraydigan bo‘lsak, siz Maksim Shaskix qo‘li ostida yaxshiroq natijalarga erishyapsiz. Avvalgi mavsumlarda “Paxtakor”da va hozir “Andijon”da ham sizni ko‘rsatkichlaringizni boshqalar bilan solishtirganda ancha yaxshiroq. “Andijon”da o‘z murabbiyimni topdim, deb hisoblaysizmi?

— Bundan oldingi murabbiy Aleksandr Xomyakov paytida menga kam imkoniyat berildi. Shuning uchun menimcha shunaqa bo‘ldi. Hozir yaxshi, imkoniyat ko‘proq bo‘lyapti. Oxirgi uchrashuvlarda 90 daqiqadan harakat qilyapman. O‘yindan-o‘yinga yaxshilanib boryapti.

Maksim Shaskix: — Men qo‘shimcha qilmoqchimanki, Abdumannopov hozirgi kunda fikrimcha, O‘zbekistondagi eng yaxshi hujumkor futbolchi. O‘zbekistonda bunday o‘yinchilar juda kam. Nima uchun bunday o‘yinchini milliy terma jamoaga chaqirilmayotgani men uchun syurpriz. O‘zbekiston chempionatida o‘yinda farq yuzaga keltiradigan o‘yinchilardan biri. Balki keyinroq terma jamoa murabbiylari unga ham imkoniyat berishadi, degan umiddaman.

— “Surxon” bilan uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida jamoada jarohat olgan futbolchilar ko‘payib, tarkibda 16 nafar o‘yinchi qolgani mazmunida fikr bildirgandingiz. Jarohat olganlarning holati qanday?

— Ha, o‘shanda holatimiz shunaqa edi. Baxtimizga ayrim futbolchilarimiz safimizga qaytishdi. Afsuski, hali yo‘qotishlarimiz bor. Ularning biri jamoamiz sardori Oleg Zoteev. Aytganimdek, jarohatdan qutulib safimizga qaytganlar bor va ertaga ularni imkoniyatidan foydalanamiz. Qolaversa, U21 jamoamizdan har doim yordam berishga tayyor bo‘lgan o‘yinchilar ham bor. Katta futbol atmosferasini his qilganlar ham bor. Balki imkoni bo‘lsa, shu stadionda atmosferani his qilishlariga imkoniyat beramiz. Ularni ichida balki hali “Bunyodkor” stadionini ko‘rmaganlar ham bo‘lishi mumkin. Imkoni bo‘lsa, vaziyatga qarab imkoniyat beramiz.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 23:50, 26.05.2025. O'qildi: 2443 marta. Fikrlar: 9 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.