Prosports Management futbol agentligi rahbari German Tkachenko «Nobel» YouTube-kanalida O‘zbekistonlik istiqboli porloq futbolchilarni nomlab o‘tdi.
Tkachenko Eldor Shomurodov, Abbosbek Fayzullayev, Fyodor Smolov kabi futbolchilarning agenti hisoblanadi.
Joriy yil bahorida O‘zbekistonning U-17 terma jamoasi 2025 yilgi Osiyo Kubogi finalida Saudiya Arabistonini 2:0 hisobida mag‘lub etib, qit’a chempionligiga erishgan edi.
— O‘zbekistondagi offisimiz bizga juda ko‘p iqtidorli futbolchilarni taqdim etmoqda. 2008 yil tug‘ilgan futbolchilardan iborat jamoasi — ajoyib. Ular yaqinda 9 kishi bo‘lib o‘ynab, Osiyo kubogi finalida Saudiya Arabistonini mag‘lub etishdi. U yerda juda kuchli tarkib bor.
— O‘sha yerdan mijozlaringiz ko‘pmi?
— Bizda u yerdan juda ko‘p mijozlar bor. Bu — keyingi to‘lqin. Masalan: Hasanov («Bunyodkor» vingeri) — Husanov emas, familiyalarni eslab qoling. Osiyo Kubogining eng to‘purari — Aliyev (15 yoshli hujumchi, turnirning dastlabki to‘rt o‘yinida beshta gol urgan). Shuningdek, jamoa sardori ham bor — Mo‘min (Bahodirxonov, Toshkentning «Olimpik» klubi yarim himoyachisi). U yerda yana boshqa ko‘plab yoshlar bor. Men ularning hammasini bilaman, kuzatib boraman va ular bilan ishlayman.