Bugun 16 may, 2026 yil, shanba.

  • La-liga
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbekiston JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishida kimning hissasi yuqori bo‘ldi? Alisher Nikimbayev javob berdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Yig‘inlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev “Dynamomania” bosh muharririga intervyu berib, bir qator mavzularda o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Intervyuni bir necha qismga bo‘lgan holda e’tiboringizga havola etamiz.

"Biz Alisher Nikimbayev bilan chorak asr avval, u hali “Gol” gazetasida jurnalist bo‘lib ishlagan paytda tanishganmiz. O‘shanda aynan Maksim Shaskix Kaliningradning “Baltika” jamoasidan Kiyevning “Dinamo”siga o‘tayotgan edi. Va o‘sha paytda kelajakdagi Kiyev jamoasining to‘purari bo‘ladigan futbolchi haqida ma’lumot berish uchun o‘zbek hamkasbdan yaxshi nomzod bo‘lishi mumkin emasdi. Keyinchalik Alisher jurnalistikani tark etdi va futbol sohasida ta’sirli faoliyat boshladi. U O‘zbekiston futbol federasiyasida terma jamoalar bo‘limi rahbari bo‘ldi, so‘ngra Osiyo futbol konfederasiyasida faoliyat olib bordi, BAA va Qatar futbol ligalarida ishladi, 2022 yilgi jahon chempionati tashkilot qo‘mitasida mehnat qildi. Qiziq va boy hayot yo‘li, to‘g‘rimi?

5 iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy natijaga erishdi – ilk bor Jahon chempionati-2026 final bosqichiga yo‘l oldi. Bu voqea – eski do‘st bilan suhbatlashish, bu ulkan yutuqning tafsilotlarini bilib olish, balki tajriba almashish uchun a’lo bahona. Chunki Ukraina terma jamoasi uchun bu kurash hali oldinda.

– Alisher, O‘zbekiston terma jamoasini Jahon chempionati final bosqichiga chiqqanligi bilan tabriklayman! Ayta olasizmi, bu muvaffaqiyatga qanday omillar sabab bo‘ldi?

– Katta rahmat! Sabablar ko‘p. Eng avvalo, Jahon chempionatida qatnashuvchi jamoalar soni kengayganini aytmoqchiman. O‘zbekiston bir necha bor final bosqichiga chiqishga yaqin kelgan, lekin har safar bir oz yetishmagan. Endi esa, Osiyodan 4 ta emas, balki 8 ta jamoa qatnashadigan bo‘ldi va aynan shu “biroz” farq muhim omilga aylandi. Albatta, bu – faqatgina tashqi omil, asosiysi emas.

Eng muhimi – federasiyada tizimli ish olib borildi. Agar tahlil qilsak, so‘nggi yillarda o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari muntazam ravishda Jahon chempionatida qatnashib kelmoqda. Har holda, bir paytda pasayish bo‘lgan, lekin keyin hammasi sekin-sekin tiklana boshladi. Yoshlar va o‘smirlar bilan olib borilgan ish o‘z samarasini berdi, chunki bu avlod 10 yil avvalgi o‘smirlar va yoshlar chempionatlari orqali yetilib, katta terma jamoaga keldi.

Masalan, 2015 yilda Yangi Zelandiyada bo‘lib o‘tgan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida, Viktor Kovalenko to‘purar bo‘lgan musobaqada, Eldor Shomurodov ham ishtirok etgandi. Va mana endi insonlarning turli taqdirlari: Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi, hatto Maksim Shaskix va Mirjalol Qosimovdan ham o‘tib ketdi va katta Jahon chempionatiga bormoqda. Kovalenko esa qayerda?

Men bu yerda ukrain futbolini umuman baholamoqchi emasman, faqatgina shaxslar haqida gapiryapman. O‘sha Yangi Zelandiyadagi chempionat start maydoni bo‘lgan – Kovalenko undan Shomurodovga qaraganda yaxshiroq foydalangandek ko‘ringandi. Lekin natijada aynan Shomurodov ko‘proq yutuqqa erishdi – ham shaxsan futbolchi sifatida, ham jamoani Jahon chempionatiga olib chiqishida yordam berdi.

– Ko‘pchilik bu avlodni O‘zbekiston tarixidagi eng iqtidorli deb hisoblamoqda. Siz bu haqda nima deysiz?

– Natijaga qaraganda – shunday. Qosimov va Shaskix avlodi qilolmagan ishni shu bolalar uddaladi. Lekin men ularni avvalgi avlodga nisbatan iqtidorliroq deb aytamagan bo‘lardim. Farq shundaki, bu jamoa juda yaxshi muvozanatga ega – tarkibida deyarli zaif nuqta yo‘q. Masalan, oldin darvozabon pozisiyasi doimo muammoli bo‘lgan, hozir esa u eng kuchli nuqtalardan biriga aylangan. Jamoa kam gol o‘tkazmoqda – chunki himoyada yaxshi o‘ynayapti, “to‘g‘riroq” desak ham bo‘ladi, darvozabon esa kerakli paytda jamoani qutqarmoqda. 10–20 yil oldin esa aksincha, shunday vaziyatlar bo‘lardiki, darvozabon yordam bermasdi.

Murabbiylik ishini alohida qayd etish kerak. Saralash turnirining asosiy qismida terma jamoaga Srechko Katanes rahbarlik qildi. U jamoani taktik jihatdan to‘g‘ri shakllantirdi, uning zaif tomonlarini to‘g‘ri tushunib, ularni yashirishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga, unga juda omad kulib boqdi — saralash turniri boshlangunigacha unda butun ikki yil vaqt bor edi. Bunday imkoniyat deyarli hech qaysi murabbiyda bo‘lmagan. Ko‘pincha murabbiylar jamoani yarim yo‘lda qabul qilib, darhol ishga tushishga majbur bo‘lishgan. Bu esa kamdan-kam uchraydigan holat ediki, murabbiyda jamoani yaxshilab o‘rganish, to‘g‘ri taktika tanlash va asosiy tarkibni shakllantirish uchun yetarlicha vaqt bor edi. Qolaversa, u qadar katta bosim ham yo‘q edi. Holbuki, shuning o‘zida Katanes juda qattiq tanqid ostida bo‘lgan. Saralash jarayonida ham, ayniqsa o‘tgan yil noyabrida Qatardagi birinchi mag‘lubiyatdan keyin, unga nisbatan qattiq tanqidlar yangragan. Uni darhol iste’foga chiqarish kerak, u jamoani ortga tortayapti, undan yaxshi o‘ynash mumkin, deyishgan.

Shunga qaramay, bu — uning yutug‘i. Chunki Katanes jamoaga avval bo‘lmagan sifatlarni singdira oldi. Bu — g‘alaba uchun iroda. Tarixan qaralsa, O‘zbekiston termasi juda kam irodali g‘alabalarga erishgan. Bo‘lsa ham, barmoq bilan sanarli darajada — oxirgi daqiqalarda g‘alabani boy berish, durang natijalar — bu oddiy holat bo‘lgan. Bunday vaziyatlarni o‘z foydamizga o‘zgartirish deyarli yuz bermagan. Katanes qo‘l ostida jamoa bunga o‘rgandi — buni statistika ham tasdiqlaydi, bunday his ham bor.

— Nega Katanes yanvarb oyida kutilmaganda (sababi — kasallik, tahr.) ketgach, mahalliy mutaxassis Timur Kapadzega ishonch bildirildi?

— Bu, aslida, mantiqan to‘g‘ri qaror edi. Kapadze yoshlar va olimpiya termalarida ishlagan, deyarli har bir futbolchini yaxshi biladi. Ayrimlari bilan o‘zi birga o‘ynagan, ayrimlari bilan murabbiy sifatida ishlagan. Ko‘pchiligini ichki chempionatdan yaxshi bilgan — chunki baribir, terma jamoa futbolchilari shundan o‘tgan. Qolaversa, xorijdan murabbiy olib kelish, uning jamoani o‘rganishi uchun vaqt yo‘q edi. Katanes yanvarda ketdi, martda esa Qirg‘izistonga qarshi uyda va safarda Eronga qarshi muhim o‘yinlar bor edi. Tavakkal qilmasdan sinovdan o‘tgan insonga ishonch bildirish kerak edi. Terma jamoa Kapadzega topshirilishiga ishonchim komil edi. Fikrim futbol rahbariyati fikri bilan to‘liq mos keldi. Va Kapadzeda hech narsani o‘zgartirmadan aqlli ish tutdi. U Katanesning barcha yordamchilarini jamoada qoldirdi — sloveniyalik murabbiy ketdi, yordamchilari qoldi. Taktikani ham o‘zgartirmadi, garchi Kapadze boshqacha uslub tarafdori bo‘lsa ham. Qatarga qarshi so‘nggi o‘yinda uslubni biroz o‘zgartirishga urinib ko‘rdi — va bu muvaffaqiyatli chiqdi. Endi kim kelmasin (yoki Kapadze qolsa ham), uning ixtiyorida kamida 5 ta FIFA oynasi bor — bu esa kamida 10 ta o‘yin degani. O‘zi istagan o‘yinni jamoaga joriy etishi uchun imkoniyat bor.

JCH yo‘llanmasi qo‘lga kiritilishida kimning hissasi ko‘proq? Albatta, Katanesniki. Buni Kapadzening o‘zi ham yashirmaydi. U boshqalarning mehnatini o‘ziniki qilib olishga urinmaydi. Katanes — bu g‘alabaning bosh me’mori. Vaqt bo‘yicha ham, o‘yinlar soni bo‘yicha ham, ularning ahamiyati bo‘yicha ham. Kapadzening vazifasi — jamoani shu holatda ushlab qolish edi. Jamoa allaqachon ritmga kirgan edi, futbolchilar o‘zlari nima qilish kerakligini juda yaxshi tushunishardi.

Manba: www.dynamomania.com
Kiritildi: 15:15, 14.06.2025. O'qildi: 4768 marta. Fikrlar: 9 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик