Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbekistonlik shaxmatchilar jamoalar o‘rtasidagi JCHda 4-o‘rinni egallab, 80 ming yevro mukofotga ega chiqdi

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / shaxmat
Rukn: Yangiliklar
A A A

Buyuk Britaniyaning London shahri rapid va blis yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan jamoaviy Jahon chempionatiga mezbonlik qildi. Musobaqada dunyoning 55 nafar jamoasi ishtirok etdi. O‘zbekiston terma jamoasi ham kuchli tarkib bilan sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi. Musobaqada o‘zbekistonlik yetakchi grossmeysterlar – Rustam Qosimjonov, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev, Shamsiddin Vohidov, Afruza Hamdamova, Nilufarxon Imomqo‘ziyeva, va Gulruhbegim Tohirjonova qatnashdi. Jamoaga Saydali Yo‘ldoshev sardorlik qildi.

Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 500 ming yevroni tashkil etadi. Shundan rapid yo‘nalishiga 310 ming, blis yo‘nalishiga esa 190 ming yevro ajratilgan. Dastlabki uch kun davomida rapid bahslari bo‘lib o‘tdi. Har bir jamoa 12 ta bahsda dona surdi.

O‘zbekiston terma jamoasi hal qiluvchi uchinchi kungi bahslarda ikki g‘alaba, bir durang va bir mag‘lubiyat qayd etdi. 12-turdagi yakuniy o‘yinda Nodirbek Abdusattorov fransiyalik kuchli raqib Alireza Firuzjaga qarshi kechayotgan partiyada mag‘lubiyatga yaqin kelgandi, biroq u dahshatli kambekni amalga oshirib, g‘alabaga erishdi. Bu natija Hikaru Nakamura, Uesli So, Maksim Vashe-Lagrav, Aleksandra Kostenyuk kabi kuchli shaxmatchilar jam bo‘lgan WR Chess Team ustidan 3,5:2,5 hisobida zafar quchishga sabab bo‘ldi.

Shuningdek, Global Ramblers jamoasi 5:1, Isroil terma jamoasi 4,5:1,5 hisobida mag‘lub etilgan bo‘lsa, Malcolm’s Mates va Hexamind jamoalari bilan 3:3 hisobida jangovar durang o‘ynashdi. Hexamind tarkibida taniqli grossmeysterlarga qarshi o‘yinda Javohir Sindarov amaldagi jahon chempioni Volodar Murzin, Nodirbek Abdusattorov esa Levon Aronyanni mag‘lub etdi. Rustam Qosimjonov va Shamsiddin Vohidov partiyalarini durang bilan yakunladi. Afsuski, Afruza Hamdamova va Nilufarxon Imomquzieva o‘z raqiblariga imkoniyatni boy berdi.

Rapid yo‘nalishidagi bahslar yakunida O‘zbekiston terma jamoasi 7 g‘alaba, 3 durang va 2 mag‘lubiyat bilan 17 ochko to‘pladi va qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 4-o‘rinni egalladi. Xuddi shuncha ochko to‘plagan Freedom jamoasi qo‘shimcha koeffisiyentlar orqali bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Team MGD1 jamoasi 21 ochko bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritdi, Hexamind Chess Team esa 20 ochko bilan kumush medal sohibiga aylandi.

O‘zbekiston terma jamoasi rapid yo‘nalishidagi ishtirok uchun 30 000 yevro miqdorida mukofot puli bilan taqdirlandi.

Blis yo‘nalishida O‘zbekiston terma jamoasi saralash bosqichida barcha 12 uchrashuvda g‘alaba qozonib, 24 ochko bilan C guruhi g‘olibi sifatida pley-offga yo‘l oldi. 1/8 finalda D guruhining 4-o‘rindagi Qozog‘istonning Barys.kz jamoasiga qarshi ikki bahsda ham ustunlik qayd etilib, chorak final yo‘llanmasi qo‘lga kiritildi.

Chorak finalda Nihal Sarin boshchiligidagi Isroilning Ashod Elit Chess Club jamoasiga qarshi bahslarda 3:3 va 5:1 hisobida g‘alaba qozonildi.

Yarim finalda Aleksandr Grishuk yetakchilik qilgan Qozog‘istonning KazChess jamoasiga qarshi bahsda birinchi o‘yin 3:3 hisobida durang bilan yakunlandi, ikkinchi o‘yinda esa qo‘shni jamoa 4:2 hisobida ustun keldi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Uchinchi o‘rin uchun bellashuvda Hexamind jamoasiga har ikkala uchrashuvda ham 2,5:3,5 hisobida imkoniyat boy berildi. Natijada O‘zbekiston terma jamoasi yana 4-o‘rin bilan kifoyalandi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi rapid va blis yo‘nalishlaridagi Jahon chempionatini 4-o‘rinda yakunladi. Rapid bahslari uchun 30 ming, blis yo‘nalishi uchun esa 50 ming yevro mukofot puli ishlab topildi. Umumiy mukofot puli 80 ming yevroni tashkil etdi.

Finalda KazChess jamoasini mag‘lub etgan WR Chess Team blis bo‘yicha jahon chempionligini saqlab qoldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:12, 16.06.2025. O'qildi: 2624 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик