Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • 2:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sergey Lushan: «Jamoamizning bugungi o‘yini va natijadan qoniqdim»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekiston Superligasining 13-turidan o‘rin olgan «Navbahor» – OKMK uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

«Lochinlar» ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini bellashuv borasidagi fikrlari bilan boshladi.

— Jamoamizning bugungi o‘yini va natijadan qoniqdim. Biz o‘zbek futbolining ayni paytdagi yetakchi va kuchli jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushdik. Yigitlar o‘zlaridan kutilgan o‘yinni namoyish etib, ko‘rsatmalarni yaxshi bajarishdi. Qo‘shimcha qilishga hojat yo‘q. Ta’kidlaganimdek, bugungi natijadan qoniqish hosil qildim va buning uchun shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman.

— Joriy mavsumda «Navbahor» tarkibiga qo‘shilgan futbolchilarning o‘yinlaridan ko‘nglingiz to‘lyaptimi?

— Ha, ular ishonchni oqlashyapti. Albatta, men ham jamoamiz tarkibida Messini ko‘rishni xohlayman. Menimcha, bu yil tarkibga futbolchi olishda adashmadik. Albatta, kimdadir jarohatlar bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi. Bir so‘z bilan aytganda, tarkibimizda ortiqcha futbolchilar yo‘q.

— Alisher Odilovning zaxiraga olinishini qanchalik to‘g‘ri deb hisoblaysiz? Bu muxlislarning e’tiroziga sabab bo‘lyapti...

— Meni ishqibozlarning fikrlari qiziqtirmaydi. Biz futbolchi almashtirishlarni shunchaki amalga oshirmaymiz, balki maydondagi holatdan kelib chiqqan holda, shunday qarorga kelamiz. Raqibimiz o‘yinda o‘zgarish yasashga harakat qilganidan so‘ng, qanotlarni mehmonlarga boy bera boshladik. Natijada Odilovni alishtirishga qaror qildik. Mabodo uni bahsga tayyor emas, deb hisoblasak, maydonga tushmasligi ham mumkin. Meni familiyalar qiziqtirmaydi. Men barcha futbolchilar maydonga tushishlari hamda ko‘rsatmalarimizni to‘liq bajarishlarini xohlayman.

— Ortda qolgan o‘yinlardan kelib chiqib, shuningdek, bo‘lajak bahslarni hisobga olgan holda, «Navbahor» uchun qaysi jamoa eng noqulay raqib ekanligini ayta olasizmi?

— Bu yilgi milliy chempionatimiz o‘yinlari juda kuchli o‘tmoqda. O‘tgan mavsumda ham shunday bo‘landi. Besh yil oldingi mavsum bilan bu yilgisini solishtirish juda qiyin. Chempionlik uchun kurashadigan 5-6 ta jamoa bor. Albatta, joriy mavsumda chempionatimiz ancha kuchaydi. Ko‘plab iqtidorli yoshlar o‘z mahoratlarini namoyish etishmoqda. Hozir men bu jamoa bilan o‘tkazgan o‘yinimiz oson kechdi, bunisi bilan qiyin bo‘ldi, deya olmayman. Masalan, biz bugun 3:0 hisobida g‘alaba qozondik.Sizningcha, OKMK yengil raqibmidi? Yo‘q, O‘zekistonning eng kuchli klublaridan biri. Lekin biz 3 ta gol urdik. Ayrim o‘yinlarda esa kuchsizroq jamoalarga imkoniyatni boy berdik. Nimayam derdim, bu futbol.Barcha jamoalar himoyalanishni biladi. Barcha klublarning 3-4 nafardan yetakchilari bor. Turnir jadvalining quyi qismidagi jamoalar ham 2-davradan kuchayishi mumkin. To‘g‘ri, ayrim nyuanslar ham bo‘lishi ehtimoli bor. Lekin men ayni paytda qaysi jamoalar chempionlik, qaysilari Superligada “jon saqlab qolish” uchun kurash olib borishini ayta olmayman. Chunki barcha jamoalarning kuchi deyarli teng. Adashmasam, biz 1-turda o‘z maydonimizda «Dinamo»ni qabul qilib, 0:0 hisobidagi durangga imzo chekkandik. O‘shanda jamamizga nisbatan noroziliklar bo‘lgandi. Ammo men samarqandliklar chempionlik uchun kurashishadi, degandim. O‘sha hisob o‘zimiz uchun ham kutilmagan bo‘lgandi. Boisi, biz «Dinamo»ni mag‘lubiyatga uchratolmagandik.

Shuningdek, «Xorazm»ni ham misol keltirsa bo‘ladi. Ayni paytda har qanday jamoa g‘alaba qozonishga qodir.

– «Navbahor»tarkibiga yozgi transferlar «oynasi»da Rustamjon Ashurmatov va Umarali Rahmonaliyevlarning qo‘shilishlari borasida mish-mishlar bo‘lyapti. Transfer borasida klub rahbariyati bilan hamjihatlikda ish olib borasizlarmi?

— Bu haqda endi sizdan eshityapman. Biz tarkibimizdagi futbolchilarni saqlab qolmoqchimiz. Biz klubning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, transferlarni amalga oshiramiz. Bundan xabarim yo‘q.

Klub rahbariyati menga Rustmajon Ashurmatovni xarid qilmoqchimiz, desa, albatta, u bizga kerakli futbolchi, deyman. Biroq ta’kidlagnimdek, barchasi klubning moliyaviy holatiga bog‘liq. Masalan, men ham tarkibga Ronaldu yoki Messi kerak, deyishim mumkin. Ammo barchasi moliyaviy imkoniyatlarga bog‘liq. O‘yinchilarning mahorati va imkoniyatlarimizdan kelib chiqib, tanlaymiz. Joriy mavsum arafasida har bir pozisiyaga 60 foizdan ortiq futbolchilarni ko‘rib chiqdik hamda ulardan ma’qul kelganlari tarkibimizdan joy olishdi. Safimizda ayni paytda o‘ynayotgan futbolchilarning o‘yinlaridan qoniqish hosil qilyapman. Shuningdek, tarkibimizda ko‘plab iqtidorli yoshlar bor. Ayni paytda yoshlar jamoamiz U-21 chempionati turnir jadvalini boshqarib turibdi. Mazkur jamoa safidan ham asosiy tarkibga 5-6 nafar futbolchilarni jalb etamiz. Ikkinchi davrada tarkibda 30-40 foiz o‘zgarishlar bo‘lishi ehtimoli bor.

Hamma narsaning o‘z vaqti keladi. Barcha o‘yinchilar o‘z mahoratlariga yarasha o‘yin namoyish etishmoqda.

— Mish-mishlarga qaraganda, Otabek Jo‘raqo‘ziyev 2-davrani «Navbahor» safida boshlashi mumkin ekan. Bu borada nima deya olasiz?

— Bu haqda birinchi marta eshityapman. Bularning bari mish-mish. To‘g‘ri, mahoratli futbolchilarni tarkibga qo‘shish mumkin. Lekin oldimizga mahalliy iqtidorli yoshlarni yetishtirish vazifasi qo‘yilgan. Safimizda mahoratli o‘yinchilar ko‘p. Masalan, Rustam Ashurmatov tarkibdan o‘rin olsa, Sherzod G‘ulomjonov nima qiladi? U ham o‘ynashi kerak, yaxshi futbolchi. Xudo ko‘rsatmasin, biror tajribali o‘yinchi jarohat olsa, uning o‘rniga yosh futbolchi maydonga tushadi. Bu raqobat. Bu borada hech qanday muammo yo‘q. Shuning uchun bular mish-mishlar deya olaman.

Jamoada qaysi futbolchilarning o‘ynashi borasida klub rahbariyati bilan kelishgan holda, so‘nggi qarorni men qabul qilaman.

«Navbahor» PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 11:09, 22.06.2025. O'qildi: 832 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик