Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • 2:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Asror Aliqulov: "Charchoq yoki issiq havo degan gaplar quruq bahona. Har bir uchrashuv ham o‘xshayvermaydi"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Intervyular
A A A

Superliga 14-turidan o‘rin olgan "Navbahor" — "Mash’al" uchrashuvidan so‘ng (6:0) muborakliklar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O‘yin boshidan konsentrasiyani yo‘qotdik va gol o‘tkazib yubordik. Mag‘lubiyat uchun muxlislardan uzr so‘raymiz. Gol o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng vaziyatni o‘nglashga harakat qildik, ammo yana gollar o‘tkazib yubordik. Tarkib tanlashda ham xatoga yo‘l qo‘ydik" — dedi Asror Aliqulov bugungi bahs haqida.

— Himoyadagi juda-juda ko‘p xatolar bo‘ldi. Bunga sabab nima?

— "Navbahor"da tezkor Odilov va Jiyanov bor. Ular tezkorligi haqida futbolchilarga aytgandim, ammo biz ko‘p to‘p yo‘qotdik. "Navbahor"ning eng kuchli qurolini ishga solishiga qo‘yib berdik. Ular qarshi hujumga chiqib ketishdi.

— Transferlar oynasida "Mash’al" kuchayadimi?

— Bu haqda ko‘p so‘rashadi va men har doim kuchayishimiz shart, deya javob beraman. Ayrim bir vaziyatlarda futbolchilarimizga qobiliyat yetishmaydi. Superligada temp juda baland, bunday bosim va temp ostida o‘ynay oladigan futbolchilar kerak. Ikkinchi davrada shu saviyaga mos futbolchilarni olishimiz kerak.

— "Mash’al"ning bugun o‘yini chiqmadi. 1996 yili "Navbahor" 8:0 hisobida g‘alaba qozongan. Bu "Navbahor"ning ikkinchi yirik g‘alabasi. Bunday yirik hisobdagi mag‘lubiyatning sababi nimada deb o‘ylaysiz? O‘tgan uchrashuvda jamoangiz "Neftchi"ni mag‘lub etgan edi. 0:6 hisobidagi mag‘lubiyatning sababi nimada?

— Charchoq yoki issiq havo degan gaplar quruq bahona, xolos. O‘yinga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rish masalasi. Biz raqib tezkor ekanligini bilar edik. Qaysidir vaziyatga e’tiborliroq bo‘lishimiz kerak edi, qolgan vaziyatlarda esa mahorat yetishmadi. "Navbahor" jamoasining mahoratini ham hisobga olish kerak. Birga-bir vaziyatlarda ular yutib chiqaverishdi. Ikki qanot futbolchilari va G‘ulomov juda yaxshi o‘ynashdi. Biz tayyor emas edik. Har tomonlama "Navbahor"ga yutqazdik.

— Ko‘p murabbiylar jamoasi mag‘lub bo‘lganida ob-havo yoki boshqa sabablarni aytar edi. Sizning fikringizcha qaysi jamoalar chempionlikka asosiy da’vogar va qaysi klublar Superligani tark etishi mumkin?

— Favoritlar — "Nasaf", "Paxtakor", "Neftchi" va "Navbahor". OKMKni ham esdan chiqarmaslik kerak. Musobaqaning pastki qismida esa, ikkinchi davrada kim qanday kuchaya olishiga bog‘liq.

— O‘zbekiston Kubogi haqida qanday fikrdasiz?

— Kubokni kuchli jamoalar tark etdi. "Neftchi"ga qarshi o‘yindan so‘ng ham aytgan edim. Har bir uchrashuv ham o‘xshayvermaydi. Qayerdadir "Neftchi" sust harakat qildi. Masalan, bugun ham tayyorgarlik ko‘rgandik, ammo umuman boshqacha o‘yin bo‘ldi. Oddiy holatlarda to‘pni yo‘qotish va xatolar. Qaysi jamoalar g‘alaba qozonishi haqida oldindan fikr bildirish qiyin.

— "Mash’al" jamoasining Superligadagi maqsadlari qanday?

— Biz Superligaga qaytdik. Maqsadimiz o‘z o‘rnimizni saqlab qolish.

— "Mash’al" klubining yaxshi akademiyasi bor. Ushbu yosh futbolchilarni tarkibda ko‘ramizmi?

— Seleksiya masalasida gapirishim mumkin. Biz Superligada qatnashishimiz biroz kechroq hal bo‘ldi. Shu sababli, biz transferlarga kech kirishdik. Biz klubsiz qolib ketgan futbolchilar bilan shartnoma tuzdik. Yoshlarimizga ham e’tibor bor, ammo Superligada darajasida o‘ynay oladigan futbolchilar yo‘q. Yaqin kelajakda, "Mash’al" jamoasidan ham yosh va iqtidorli futbolchilar yetishib chiqadi.

— "Navbahor"ni o‘rgangan edik dedingiz. OKMK ham o‘tgan uchrashuvda hujumkor futbol bilan boshladi, ammo birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yubordi. Bugun "Mash’al" ham hujumga o‘tdi va dastlabki qarshi hujumdayoq o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. "Mash’al"ning bugungi uchrashuvga tayyorlagan rejasi qanday edi?

— Bizda bosim uyushtirish maqsadi yo‘q edi. Birinchi vaziyat bizda bo‘ldi. Birga-bir imkoniyatga ega bo‘lgan edik, ammo gol kirita olmadik. O‘sha vaziyat uchrashuvdagi burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin edi. Gol o‘tkazib yubordik va o‘sha vaziyatda sustkashlikka yo‘l qo‘ydik. Ikkinchi golga ham tayyorgarlik ko‘rgan edik. Jiyanov ko‘proq himoyachilar ortidan ochilishini bilardik. Birinchi bo‘limdan so‘ng o‘yin natijasi hal bo‘lgan edi. Futbolchilarning saviyasi va ruhiy jihati bunga sabab bo‘ldi.

— "Mash’al"ga berilayotgan e’tibor qanday va klub ichidagi muhit haqida gapirib o‘tsangiz?

— Ko‘pchilik shu masala bilan qiziqmoqda. Bizda homiy bo‘yicha hech qanday muammo yo‘q. Oyliklar o‘z vaqtida to‘lanmoqda. Ichki muhit ham yomon emas. Ko‘p rotasiya qilyapmiz. Bugungi mag‘lubiyatni unutishimiz va keyingi uchrashuvga tayyorlanishimiz kerak.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 22:58, 28.06.2025. O'qildi: 704 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик