Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sergey Lushan: «Maqsadimiz oddiy – 70 foiz tarkibimizni mahalliy futbolchilardan yig‘ish va ikki mavsumdan so‘ng chempion bo‘lish»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekiston Superligasining 14-turidan o‘rin olgan «Navbahor» – «Mash’al» (6:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok eib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

«Lochinlar» ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini uchrashuv haqidagi fikrlari bilan boshladi.

— O‘yinga qadar juda ko‘p xavotirlangandik. «Mash’al» jamoasining himoyada muammolari borligini bilardik. Ular vertikal futbolni yaxshi o‘ynashi meni o‘ylantirayotgan edi, ammo biz sxemani o‘zgartirdik. Hisob 6:0, menimcha, ko‘p narsa gapirish shart emas. Juda yaxshi g‘alaba bo‘ldi.

— Yozgi transfer «oynasida» tarkib kuchayadimi?

— Ushbu masalada klub rahbariyati va viloyat hokimi bilan maslahatlashmoqdamiz. Barchasi uchun pul kerak. Albatta, tarkib kuchayishini istayman. Mavsum avvalida bizda aniq bir maqsad yo‘q edi, hozir esa yaxshi natija qayd etishimiz mumkin. Ishtaha taom vaqti keladi, deyishadiku. Legioner futbolchini olib kelish, o‘zimizning futbolchilarning joyini band etish degani. Maqsadimiz oddiy – 70 foiz tarkibimizni mahalliy futbolchilardan yig‘ish va ikki mavsumdan so‘ng, chempion bo‘lish. Chempion bo‘lish uchun esa yigitlarni o‘ynatish kerak. Legionerlarni olib kelish, mening fikrimcha, noto‘g‘ri.

— Jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ham bormi?

— Bor. Ikkita-uch nafar futbolchilar bor. Ular menga yoqishadi, ammo bizning o‘yinimizga mos kelishmayapti. Har bir murabbiyning o‘ziga yarasha uslubi bor. O‘sha futbolchilar esa umuman boshqa uslubda futbol o‘ynab kelishgan. Bir futbolchimizda xorijdan taklif bor. Uni majburlab ushlab o‘tirmaymiz. U futbolchi yaqinda ko‘rikka boradi hamda umid qilamanki, o‘zini yaxshi tomonlama ko‘rsata oladi. Yana ikki nafar futbolchimizga ham qiziqish bor, lekin ularni qo‘yib yubora olmaymiz, afsuski. Ularni qo‘yib yuborsak, tarkibimiz ancha kuchsizlanib qoladi. Hujum chizig‘imizda kam o‘yin vaqtiga ega bo‘layotgan futbolchilar bor, ammo tayanch yarim himoya va himoyachilar pozisiyasida futbolchilar yetishmovchiligi bor.

— Ushbu futbolchilarning nomlarini ayta olasizmi?

— Hozir shunchaki taklif, transfer emas. Shu sababli, bu haqda gapirmagan bo‘lardim. Bizga xatlar kelmoqda. Futbolchilarimiz ketishi aniq bo‘lganida, e’lon qilamiz.

— Himoyachi Toirov haqida fikr bildirib o‘tsangiz?

— U kechagi mashg‘ulotda jarohat oldi. Jo‘raboyev ham xuddi shunday. Ular jarohat olmasa bo‘ldi. Gilerme jarohat olganida, men keyingi uchrashuvda Toirov o‘ynaydi, degan edim.

— Darvozabonlarimiz safida ham kuchayish kuzatiladimi?

— Yo‘q. Darvozabonlarga to‘liq ishonaman. Bizning darvozabonlar murabbiyimiz eng yaxshisi deya olaman. O‘tgan mavsumda darvozabon pozisiyasida muammolar bor edi, yangi mavsumda esa yo‘q. To‘g‘ri, darvozabonlar xato qilishi mumkin, ammo ular futbol o‘ynashmoqda. Futbol o‘ynash muhimi, xato qilishdan qo‘rqmaslik kerak.

— O‘zbekiston kubogi musobaqasini ko‘plab kuchli jamoalar tark etdi. «Navbahor» ushbu mavsum krubokni qo‘lga kiritishi mumkinmi?

— Bizda ambisiyalar bor, ammo bu futbol. Men hech qanday favoritlarni ko‘rmayapman. Kubokni qo‘lga kiritadigan jamoa OCHLga yo‘l oladi. Ayrim jamoalar faqatgina kubokka e’tibor qaratadi. Sababi, Superliga orqali medallarni qo‘lga kiritishni qiyin ekanligini bilishadi. 90 yillarda Kubok bahslariga ko‘pgina jamoalar jiddiy e’tibor qaratmas edi. Hozir esa Kubok musobaqasidagi g‘oliblik, xalqaro musobaqada ishtirok etishning yagona yo‘li.

— O‘yin qaydnomasidan Xoldorxonov va Ubaydullayevlar joy olishmadi. Buning sababi nimada?

— Hujum chizig‘ida raqobat kuchli deb aytib o‘tdim. Taklifi bor futbolchilar ham shular. Agar ularni sota olsak, klub qanchadir mablag‘ ishlab oladi. Biz 6:0 hisobida g‘alaba qozondikmi? Demak, to‘g‘ri qaror qabul qilganmiz.

«Navbahor» PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 08:04, 29.06.2025. O'qildi: 1317 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик