"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Yurgen Kloppning yaqinda shov-shuvga sabab bo‘lgan bayonotiga munosabat bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, "Liverpul"ning sobiq rahbari klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini hozirgi ko‘rinishda "futbol tarixidagi eng yomon amalga oshirilgan g‘oya" deb atagan edi.
"Biz ko‘p marta bir xil g‘oyalar uchun kurashganmiz - ayniqsa, taqvim va o‘yin sifati haqida gap ketganda, chunki futbolchilar va murabbiylar ko‘proq dam olganida futbol yaxshiroq bo‘ladi.
Klopning KO‘JCH haqidagi so‘zlari meni hayron qoldirmadi. Men uni tushunaman va hurmat qilaman. Ko‘p yillik raqobatimiz davomida ajoyib munosabatlarga ega edik va men uning dalilini tushunaman. Lekin murabbiylar taqvim tuzishmaydi, turnirlar tashkil etishmaydi. Hammaning o‘z vazifasi bor," - dedi Gvardiola klublar o‘rtasidagi JCH 1/8 finalidan o‘rin olgan "Al-Hilol"ga qarshi o‘yin oldidan.