Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Nepallik jurnalist o‘zbek futboli haqida maqola chop etdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Rasmiy uchrashuvlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Osiyo kubogi saralash bosqichi "F" guruhidan o‘rin olgan o‘yinlar Toshkentda o‘tkazildi. Osiyo kubogi yo‘llanmasi uchun asosiy da’vogar bo‘lgan Nepal terma jamoasi bilan birga yurtimizga ushbu yurt jurnalistlari ham tashrif buyurishdi. Ulardan biri "The Katmanu Post" nashrida o‘zbek futboli haqida maqola chop etdi. Maqolada tayyorlash jarayonida muxbir  O‘FA texnik direktori sifatida bir yildan beri ishlagan Gi Kiala bilan ham suhbatda bo‘lgan.

"O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 2024 yil Parijdagi Olimpiadada debyut qilib, 2026 yildagi ilk Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Bu yutuqlar davlat sarmoyasining butun futbol tizimidagi ta’sirini namoyon etmoqda. Yangi zamonaviy infratuzilma, yoshlar akademiyalari va mutaxassislar ayollar dasturiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

“Sarmoyasiz futbolda yaxshi natijalarga erishish qiyin”, — dedi Belgiyalik mutaxassis, UYEFA pro-lisenziyasiga ega va UYEFA instruktori Gi Kiala, hozirda O‘FA texnik direktori.

Kiala 2024 yil fevralda tayinlangan davrdan beri O‘zbekiston futbolida ilk bor Olimpiada va Jahon chempionati yo‘llanmalari qo‘lga kiritildi.

“Jahon chempionatiga chiqish oson emas — siz boshqalardan yaxshiroq bo‘lishingiz kerak. Bu natijalar uzoq yillik mehnat va inson resurslariga sarmoyaning samarasidir”, — dedi Kiala.

O‘zbekiston futbolining tarixi 100 yildan ortiq davom etadi. SSSR tarqalgandan so‘ng, 1990-yillardayoq ayollar terma jamoasi tashkil qilindi. Bu islom an’analari ustun bo‘lgan jamiyat uchun katta qadam edi.

1999 yilda Nepal va O‘zbekiston ayollar terma jamoalari ilk bor Filippinda bo‘lib o‘tgan OFK Ayollar chempionatida to‘qnash kelishgan. 16 noyabr kuni Pema Dolma Lama Nepal tarixidagi ilk xalqaro golni aynan O‘zbekistonga urgan. Lekin o‘yin 1:6 hisobida yakunlangan.

“O‘zbekistonda ayollar futbolida hanuz jinsiy stereotiplar bor. Ammo vaqt o‘tishi bilan bunga munosabat o‘zgarmoqda”, — dedi Kiala.

"Paxtakor klubi" — mamlakat futbol madaniyatining asosiy tayanchi. U Sovet Ittifoqi davrida yurtimizdan yuqori ligada o‘ynagan yagona jamoa bo‘lgan.

“O‘zbekistonda ko‘plab kuchli erkaklar klublari bor. Ular futbol madaniyatini tirik saqlayapti. Hozir O‘FA ayollar futbolini ham shu yo‘lda rivojlantirmoqchi”, — dedi Kiala.

O‘zbekiston futbol rivojiga qanday erishyapti?

Mamlakat 14 ta hududga bo‘lingan. Har birida davlat tomonidan moliyalashtiriladigan futbol akademiyasi mavjud bo‘lib, ularda har biri 154 nafar futbolchi tahsil oladi.

“Har bir akademiyada 21 tadan murabbiy, shuningdek, sport direktorlari, skautlar, analitiklar, shifokorlar va darvozabon murabbiylari bor”, — dedi Kiala.

Akademiyalar futbol ta’limidan tashqari o‘quv va shaxsiy rivojlanish xarajatlarini ham qoplaydi.

“Har bir o‘quvchi professional bo‘lmasligi aniq. Shuning uchun biz ularga boshqa sohalar uchun ham hayot ko‘nikmalari beramiz”.

Yangi markaziy akademiya sentyabrdan faoliyat boshlaydi. Bu yerga hududiy akademiyalardan saralangan 154 nafar eng yaxshi yosh futbolchi jamlanadi.

Markazda 8 ta mashg‘ulot maydoni, futzal va yopiq futbol maydonlari, mehmonxona va tibbiyot markazi bor.

“Texnik departamentimiz avgustda shu yerga ko‘chib o‘tadi. Bu tuzilma bizga dunyo arenasida doimiy ishtirokchi bo‘lish imkonini beradi”.

Kialaga ko‘ra, Olimpiada va Jahon chempionatiga chiqayotgan O‘zbekistonga endi xususiy sarmoyadorlar ham qiziqish bildira boshlagan.

“Sarmoyadorlarni jalb qilish uchun dastlab davlat jamoaga ishonish kerak. Bu faqat iqtisodiy emas, ijtimoiy loyiha sifatida ko‘rilishi zarur”.

UYEFA instruktori Kiala mamlakatda 64 tadan ortiq UYEFA pro-lisenziyali murabbiy borligini ma’lum qildi.

“Yana 20 nafari tayyorlanmoqda. Endi har yili 2 ta o‘rinni ayollar murabbiylar uchun ajratamiz”.

O‘FA 2028 yil Los-Anjeles Olimpiadasi va Osiyo Kubogi orqali Jahon chempionatiga yo‘l olishni ayollar jamoasi uchun maqsad qilgan.

Toshkentdagi stadionlar har kuni mashg‘ulotlar va o‘yinlar bilan to‘la. Ota-onalar kechqurun farzandlarini maydonlarga olib kelib, sport orqali faol va intizomli hayotga undamoqda.

Manba: www.kathmandupost.com
Kiritildi: 14:32, 06.07.2025. O'qildi: 2553 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик