FIFA milliy terma jamoalar reytingini yangilaganini e’lon qilindi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1449,12 ochko bilan ikki pog‘ona yuqorilab, 55-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Temur Kapadze boshchiligidagi jamoa iyun oyida Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida ikkita uchrashuv o‘tkazdi. 5 iyun kuni Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi safardagi o‘yin 0:0 hisobida yakunlangan bo‘lsa, 10 iyun kuni Toshkentda Qatar ustidan 3:0 hisobida yirik g‘alaba qayd etildi.
Mazkur natijalar O‘zbekiston reytingiga bevosita ta’sir ko‘rsatdi. BAAga qarshi o‘yindagi durang uchun jamoa 1,30 ochko yo‘qotgan bo‘lsa, Qatar ustidan qozonilgan g‘alaba evaziga 13,40 ochko qo‘shib oldi. Yakunda jamoaning umumiy reyting ochkolari soni 1449,12 ga yetib, reytingda 57-o‘rindan 55-o‘ringa ko‘tarildi.
Hozirda O‘zbekiston Osiyodagi terma jamoalar orasida 6-o‘rinni egallab turibdi. Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya, Avstraliya, Qatar bizdan yuqorida joylashgan.
Ma’lumot uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini CAFA turniri doirasida Ummonga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bahs 30 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.