Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Neftchi» klubining yangilangan qarorgohi tantanali ravishda ochildi (video)

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Neftchi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Kecha Farg‘onaning Qirguli mavzesidagi «Neftchi» futbol klubining yangilangan, butunlay maftunkor maskanga aylantirilgan qarorgohi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Bu tantanada nafaqat viloyat rahbarlari, balki mehnat va sport faxriylari, Farg‘ona futbolining mamlakatda ko‘zga ko‘ringan vakillari, sport va futbol maktablarining tarbiyalanuvchilari hamda ko‘plab futbol muxlislari ishtirok etdilar. Mehmonlar dastlab futbolchilar yotoqxonasi, dam olish xonalari, oshxona va sport zallari bilan yaqindan tanishdilar. So‘ngra yangitdan qurib bitkazilgan zaxira maydonlari, yosh futbolchilar uchun yaratilgan alohida xonalar va boshqa qulayliklar bilan tanishdirilar. Shundan so‘ng tantana qatnashchilari oldida bu yerda amalga oshirilgan ulug‘vor ishlar tashabbuskori va boshlovchisi, viloyat hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Hayrullo Hayitbayevich Bozorov nutq so‘zladi:

— Barchangizni «Neftchi» futbol klubining tubdan qayta ta’mirlangan qarorgohining foydalanishga topshirilishi munosabati bilan chin dildan tabriklayman.

1970 yilda bunyod etilgan mazkur sport majmuasi zamonaviy talablarga mos ravishda yangilanib, samarali mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.

Shu tariqa, qarorgoh hududida joylashgan yotoqxonalar, zaxira maydonlari, suv inshootlari, oshxona, gulzor va bog‘lar to‘la yangilanib, zamonaviy kshrinishga keltirildi.

Quvonarlisi, endi bu yerda asosiy jamoa bilan birga ayollar, yoshlar – (U-19) va (U-21) jamoalari ham faoliyat olib boradi. Bu «Neftchi» jamoasining yanada kengayishi, yosh avlod orasida futbolga qiziqish ortganini ko‘rsatadi.

«Neftchi» nafaqat viloyatimiz, balki butun yurtimiz futbolining faxri hisoblanadi. Klub o‘z tarixi davomida bir necha bor milliy chempionat va kuboklarda munosib ishtirok etgan, yuksak yutuqlarga erishgan, ko‘plab mashhur futbolchilarni yetishtirgan. Muxlislar muhabbati esa «Neftchi»ni haqiqiy kuchga aylantirdi.

Bugun «Neftchi» jamoasi nafaqat maydonda, balki tashkiliy, infratuzilmaviy va ijtimoiy jihatdan ham kuchli va jips jamoa sifatida faoliyat olib bormoqda. Jamoaning so‘nggi yillardagi muvaffaqiyatli o‘yinlari, tarkibga jalb qilingan iqtidorli yoshlar, professional murabbiylar, shuningdek, muxlislar qo‘llab-quvvati uni haqiqiy kuch bo‘lib harakat qilayotganini yaqqol ko‘rsatmoqda.

Shu bois, bugun foydalanishga topshirilayotgan zamonaviy mashg‘ulot majmuasi «Neftchi» jamoasining katta maqsad va yuksak marralarga intilishida muhim omil bo‘ladi.

«Neftchi» jamoasiga yangi muvaffaqiyatlar, yorqin g‘alabalar va xalqaro maydonda munosib ishtirok tilayman, — deya o‘z nutqini yakunladi viloyat hokimi. So‘ngra O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vise prezidenti Odil Ahmedov, Farg‘ona futbolining taniqli va mashhur faxriysi Tohir Kapadzelar so‘zga chiqib, O‘zbekiston futbolini jahonga mashhur qilish va rivojlantirishda Farg‘ona viloyati barakali hissa qo‘shayotganligi va boshqalarga ibrat ko‘rsatayotganligini ta’kidladilar. Katta tantanaga yosh sportchilarning quvonch va mehr muhabbatlari qo‘shilib ketdi. Viloyat hokimi futbol maktablarining tarbiyalanuvchilariga qimmatbaho sovg‘alarni tantanali ravishda topshirib, ularning quvonchi va sportga bo‘lgan ishtiyoqini baland ko‘tardi. Tantanani viloyatimizning taniqli san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy qo‘shiqlar yakunladi.

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 06:02, 20.07.2025. O'qildi: 1532 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик